Alohida – alohida baholashning taxminiy shkalasi
Natija
|
Jamoalar bo’yicha baholash ochkolari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
G’alaba
|
18
|
15
|
12
|
9
|
6
|
3
|
Durang
|
12
|
10
|
8
|
6
|
4
|
2
|
Mag’lubiyat
|
6
|
5
|
4
|
3
|
2
|
1
|
O’yinga kelmaganlik
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Musobaqada o’rinlar jamoalarning hamma o’yinlarda to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab uzil-kesil aniqlanadi. Eng ko’p ochko to’plagan jamoa g’olib hisoblanadi. Agar dastlabki bir necha jamoalarning to’plagan ochkolari soni bir xil bo’lsa, g’olibni uzil-kesil aniqlash uchun ular o’rtasida qo’shimcha o’yinlar o’tkazilishi mumkin yoki o’rinlar kiritilgan va o’tkazib yuborilgan to’plar nisbati bo’yicha, yoki ular o’rtasida musobaqa jarayonida o’tkazilgan o’yin natijalari
bo’yicha aniqlanadi.
Jismoniy tarbiya jamoalari musobaqada ishtirok etish natijasida to’plagan ochkolari yig’indisiga qarab klublar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi.
Quyida nisbatan qisqa muddatlarda ko’p jamoa ishtirokida o’tkaziladigan musobaqalarda qo’llaniladigan davrali o’yin tizimining xillarida biri keltiriladi. Bu tizimda hamma jamoalar bir necha guruhga bo’linadi. Har bir kichik guruhdagi o’yinlar davrali tizim bo’yicha ochkolar berish yo’li bilan o’tkaziladi. Shundan so’ng kichik guruh g’oliblaridan yoki kichik guruhlarda 1-2-o’rinlarni olgan jamoalardan yangi guruhlar tuziladi va bu guruhlar ham davrali tizim bo’yicha o’yinlar o’tkazadi. G’olibni aniqlash uchun bo’ladigan final o’yin guruh g’oliblari o’rtasida o’tkaziladi. Qolgan hamma o’rinlar kichik guruhlarda tegishli o’rinni egallagan jamoalar o’rtasida o’yinlar o’tkazish bilan aniqlanadi.
Masalan: Germaniyada bo’lib o’tgan 16 jamoa o’rtasidagi 1974-yilgi jahon birinchiligi musobaqalari shunday tizim bo’yicha o’tkazilgan. Dastlabki bosqichda hamma jamoalar to’rtta guruhga bo’lingan edi:
guruh: 1, 2, 3, 4-nomerlar III guruh: 9, 10, 11, 12-nomerlar
guruh: 5, 6, 7, 8-nomerlar IV guruh: 13, 14, 15, 16-nomerlar
Jamoalar raqamlari qur’a tashlash bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda, jahon birinchiligida bo’lgani kabi, har bir guruhga avvalgi jahon birinchiligida katta natijalar ko’rsatgan jamoalardan ajratiladi.
Kichik guruhlarda jamoalar davrali tizim bo’yicha o’ynaydilar. Kichik guruhlarda o’tkazilgan o’yin natijalariga qarab, har birida 4 tadan jamoa bo’lgan ikkita guruh tuziladi (mazkur musobaqada 1-bosqichdan keyin 8 ta jamoa o’yindan chiqib ketar va ularning o’rni aniqlanmas edi, garchi buni xuddi shunga o’xshash tizim bo’yicha aniqlash mumkin bo’lsa ham):
Do'stlaringiz bilan baham: |