O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Сахаров  А.Д.  Размышления  о  прогрессе,  мирном  сосущ ествовании  и



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Сахаров  А.Д.  Размышления  о  прогрессе,  мирном  сосущ ествовании  и 

интеллектуальной  свободе.  Вопросы  ф илософии,  1990,  № 2,  10-bet.

396


ekologik  vaziyatni  keskinlashtirib  yubordi.  Ekologik  vaziyatning 

keskinlashuvi  tabiat  bilan  jamiyat  orasidagi  ziddiyatni  kuchay- 

tirdi.  Buning  oqibatida  tabiat  muvozanati  buzildi.  Tabiat  muvo- 

zanatining  buzilishi  insoniyat  boshiga  ko‘z  ko‘rib,  quloq  eshit- 

magan  balo-qazolami  olib  kelayotir.

Ekologik  sistemadagi  asosiy-markaziy  me’yorning  buzilishi 

boshqa  tabiiy  holatlarning  ham  buzilishiga  sabab  bo‘ladi.  0 ‘z 

navbatida,  tabiiy  me’yor  bilan  ijtimoiy  me’yor  o'rtasidagi  zid- 

diyatlar  borgan  sari  keskinlashdi.  Bunday  ziddiyatni  bartaraf 

etmoq  uchun  tabiiy  me’yor  bilan  ijtimoiy  me’yor  o‘rtasidagi 

mutanosiblikni  ta’minlovchi  ilmiy  asoslangan  ma’lumotlarga  ega 

bo'lish  zarur.  Ilmiy  asoslangan  ma’lumotlarga  bo‘lgan  ehtiyoj- 

ning  uzluksiz  ortib  borishi  bir  tomondan,  jamiyatda  «informat- 

sion  portlash»ni  vujudga  keltirgan  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan, 

«informatsion  ochlik»ni  vujudga  keltirdi.

Jahonning  rivojlangan  mamlakatlarida  ekologik  vaziyat 

to ‘g‘risida  ilmiy  asoslangan  ma’lumotlardan  foydalanish  sur’ati 

yildan-yilga  ortib  bormoqda.  Fuqarolaming  yangi  ma’lumotlarga 

bo'lgan  ehtiyojlarini  kompyuterlar  bajarmoqda.  Mutaxassislar- 

ning  guvohlik  berishicha,  bunday  ma’lumotlarni  olish  uchun 

endilikda  faqat  elektronikadan  emas,  hatto  fotonlardan  ham 

foydalanilayotir.

Jamiyatni  ekologik  ma’lumotlar  bilan  uzluksiz  ta’minlab  tu- 

rish  uchun  uni  hozirgi  zamonning  ilg‘or  kompyuterlari  bilan 

ta’minlashning  o‘zi  yetarli  emas.  Buning  uchun  butun  jamiyatni 

informatsion  qayta  qurish,  yoki  har  bir  kishining  turmush 

tarzini,  butun  bir  ijtimoiy  muhitni  eski  bosqichdan  yangi  bos- 

qichga  ko‘tarish  lozim.  Xullas,  ekologiyasi  musaffo  jamiyat  ha­

qida  gapirganimizda,  eng  awalo,  ekologik  vaziyat  haqida  aniq 

informatsiyalarga  ega  bo'lgan  jamiyatni  tasawur  etmoq  kerak. 

Informatsiyalashgan  jamiyat  —  insoniyat  ijtimoiy  taraqqiyotining 

shunday  bir  holatiki,  bunda  odam  ijtimoiy  taraqqiyotga  keskin 

ta’sir  etuvchi  juda  katta  ma’lumotlar  hajmiga  ega  bo'ladi.  Xuddi 

o'sha  ma’lumotlar  oqimini  boshqarish,  muvofiqlashtirish  yor­

damida  «informatsion  portlash»  bilan  «informatsion  ochlik» 

orasidagi  ziddiyat  bartaraf  etiladi.

Ekologiyasi  musaffo  jamiyatni  barpo  etish  ijtimoiy-tabiiy

397



muhitni  qayta  qurish  bilan  ham  chambarchas  bog‘liqdir.  De- 

mak,  bunyod  etmoqchi  bo'lgan  jamiyatning  qiyofasi  faqat  o‘sha 

jamiyatda  yashovchi  fuqarolar  farovonligi,  sog'lom  turmush 

tarzi,  demokratiyasi,  insonparvarligining  darajasi  bilangina  emas, 

balki  o‘sha  jamiyat  a’zolari  uchun  yaratilgan  musaffo  tabiiy 

muhit  bilan  ham  belgilanadi.  Haqiqatdan  ham,  bo‘lgusi  jam i­

yatning  ekologik  qiyofasi  faqatgina  odamlaming  iqtisodiy  farovon­

ligi  bilan  emas,  ayni  paytda  fan  va  texnika  taraqqiyoti  bilan 

ham  xarakterlanadi.  Shuningdek,  ijtimoiy  hayotning  barcha 

jabhalarini  demokratiyalashtirish,  insonparvarlashtirish,  odam- 

larning  faolligi,  ijodkorligi,  mehnatga  vijdonan,  halol  muno- 

sabatda  bo‘lishi  uchun  mavjud  bo'lgan  barcha  shart-sharoitlar, 

madaniyatning  turli  sohalarida  shakllangan  umuminsoniy  qadri- 

yatlar  jam iy atn in g   ekologik  m uam m olari  ch ig ‘irig ‘idan 

o‘tkazilishi  darkor.

Jahonning  bir  qator  rivojlangan  mamlakatlarida  musaffo 

ekologik  m uhit  yaratishdek  umumbashariy  ishga  kirishildi. 

Ekologik  m a’lumotlar  yordamida  energiya,  xom  ashyo  va  turli 

tabiiy  resurslarni  tejab-tergash,  ekologik  sof  texnika  va 

texnologiyani  vujudga  keltirish  boshlangan.  Jahon  aholisining 

20  foizi  yashayotgan  ilg‘or  kapitalistik  mamlakatlarda  dunyo- 

da  ishlab  chiqariladigan  energiyaning  60  foizi  iste’mol  qilin- 

moqda.  Xuddi  o‘sha  mamlakatlar  sayyoramiz  tabiiy  m uhitin- 

ing  yarmini  ifloslantirayotir.  O'z  navbatida,  ekologik  tanglikni 

bartaraf  etish  yo‘llarini  izlab  topishda  ham  yetakchilik  qilayo- 

tirlar.  Musaffo  ekologik  muhitga  ega  bo‘lgan  jamiyat  qiyofasini 

yaratishda,  ekologik  vaziyatning  salbiy  oqibatlarini  bartaraf 

etishda  ham,  ushbu  jarayonning  nazariy,  amaliy  muammo- 

larini  o'rganishda  ham   o ‘sha  mamlakatlar  olimlari  ilg‘orlik 

qilayotirlar.  Atrof,  m uhit  sofligini  ta ’minlashda,  tabiiy  resurs- 

la rd a n   te ja b -te rg a b   fo y d alan ish d a  jo n b o zlik   q ilayotgan 

«ko‘kalamlashtirish»  ijtimoiy  demokratik  harakat  namoyandalari 

ham  bu  borada  fidoyilik  qilmoqdalar.

Ekologik  musaffo  jamiyatni  barpo  qilish,  jamiyat  bilan  tabi­

at  o'rtasidagi  aloqadorlikni  ham  qayta  qurishni  taqozo  etadi. 

Bunday  aloqadorlikning  oqilona  tashkil  etilishi  va  amalga  oshi- 

rilishi  ekologik  tanglik  yo'liga  mustahkam  g‘ov  bo'ladi.  Ekologik

398



jarayonlaming  tolmas  tadqiqotchilaridan  biri  U.D.Ursul  bu  alo- 

qadorlikni  jamiyatning  intensiv-koevolyutsion  holati,  deb  ba- 

holadi1.

Jamiyat  bilan  tabiat  orasidagi  ziddiyatning  mahsuli  bo'lgan 

ekologik  inqirozni  bartaraf  etish  kishilaming  ekologik  madani- 

yati  bilan  ham  bevosita  bog'liqdir.  Ekologik  madaniyat  deganda 

jamiyatdagi  u  yoki  bu  madaniy  yodgorliklarni  saqlab  qolishni 

tushunmaslik  darkor.  Ekologik  madaniyat  juda  keng  qamrovli 

tushuncha  bo‘lib,  bu  inson  tomonidan  yaratilgan  «ikkinchi  tabiat» 

ekologiyasidir.  Farqli  tomoni  shundaki,  ekologik  madaniyat  «birin- 

chi  tabiat»  yaratgan  noz-u  ne’matlarning  barchasini  saqlab 

qolish  bilan  chegaralanib  qolmaydi,  balki  ularni  umuminsoniy 

ehtiyoj,  umuminsoniy  qadriyatlar  uchun  qay  biri  zarur  bo‘lsa, 

o'shani  saqlab  qolish  demakdir.  Shuning  uchun  ham  ekologik 

madaniyat  milliy-madaniy  merosni  saqlab  qolish  funksiyasini 

bajarish  bilan  birga  umuminsoniy  ekomadaniy  vazifani  ham 

bajaradi.

Ekologiyasi  musaffo  jam iyatni  vujudga  keltirish  tabiiy 

muhitning  musaffoligi  bilan  uzviy  bog‘liq.  Tabiiy  muhit  musaf- 

foligini  ta’minlamasdan  turib,  ekologiyasi  musaffo  jamiyatni  barpo 

etish  haqidagi  gaplar  quruq  orzu  bo'lib  qolaveradi.  Ekologik 

vaziyatning  keskinlashib  borishi  bilan,  tabiiy  muhit  musaffoli- 

gini  ta’minlash,  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  uchun 

kurashning  avj  olib  borayotganligi  fikrimizning  isbotidir.

Ekologiyasi  musaffo  jamiyat  sharoitida  har  bir  shaxsda  yuk- 

sak  ekologik  madaniyat  shakllanadi.  Odamlar  o‘zlarining  yuksak 

axloqiy  fazilatlari  bilan  atrof-m uhitni  ifloslanishiga  yo‘l 

qo‘ymaydilar.  Atrof-muhit  sofligi,  musaffoligini  saqlab  turishga 

chorlovchi,  tabiiy  resurslardan  tejab-tergab  foydalanishga  un- 

dovchi  an’analar,  bayramlar,  marosimlar  avj  olib  ketadi.  Jami­

yat  a’zolarining  bunday  xayrli  faoliyati  asosida,  nafaqat  milliy, 

balki  umuminsoniy  qadriyatlar  yotadi.

Energiya  —  insoniyatning  yer  yuzida  mavjudligini  saqlab  tu­

ruvchi  eng  muhim  manbadir.  Yuqorida  eslatib  o‘tganimizdek, 

fan-texnika  yutuqlarini  xalq  xo‘jaligiga  tadbiq  etishning  uzluksiz


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish