vollarga donishmandlar hamisha javob qidirdilar va hozir ham
izlayotirlar.
Yuqoridagi savollarga javob bermoq, boshqacha aytganimiz
da, odamning inson darajasiga ko'tarilish jarayonini to ‘la tasav-
vur etmoq uchun, awalo, uni olamda mavjud bo‘lgan turli
biologik mavjudotlar, ayniqsa, boshqa tirik maxluqotlardan ajratib
turuvchi eng muhim xususiyatlarini bilish zarur. Xo‘sh, olamda
mavjud bo‘lgan boshqa tirik maxluqotlardan insonning farqini
k o ‘rsatuvchi eng m uhim xususiyatlar nim alardan iborat?
Ta’kidlash zarurki, eng awalo, inson olamda mavjud bo'lgan
boshqa tirik maxluqotlardan o‘zining xotirasi, tafakkuri, tili
borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til uning ajdodlari va
avlodlari orasidagi aloqadorlik, vorislik vazifasini bajaradi. In
son nasliga xos barcha genetik-xususiyatlar, axloqiy normalar,
uning faoliyatini boshqaruvchi barcha dasturlar, yo‘l-yo‘riqlar,
ko‘rgazmalar, xuddi shu til orqali ajdodlardan avlodlarga uza-
tiladi.
Hozirgi zamonning turli ijtimoiy, antropologiya va etnografik
nazariyalarining tushuntirishiga ko‘ra, olamdagi boshqa tirik max
luqotlardan insonning tub sifatiy farqini ifodalovchi xususiyat
laridan yana biri, u o‘z amaliy faoliyatini tartibga, ya’ni ma’lum
bir normaga sola bilishidir. Boshqacha aytganimizda, inson o‘z
faoliyatini amalga oshirish madaniyatiga ega ekanligi bilan boshqa
tirik maxluqotlardan prinsipial farq qiladi. Shu holat insonning
insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat — madaniyat ekan-
ligini isbotlaydi. Madaniyat insonlarni ma’lum bir jamiyatga bir-
lashtirib turuvchi, uning kundalik amaliy faoliyatini ma’lum
maqsad tomon yo‘naltiruvchi qudrat ekanligidan ham dalolat
beradi. Inson amaliy faoliyatida ma’lum madaniyat talablariga
rioya qilishi va uni amalga oshirishi, kishilaming jamiyatga bir-
lashtirilishida muhim ahamiyatga ega bo'ladi, kishilik jamiyati
bilan hayvonlar galasi orasidagi tub sifatiy farqning mohiyatini
ochib beradi. Kishilarning ma’lum madaniyat talablari asosida
birlashishi, jamiyat tirik maxluqotlar oddiy galasi emas, balki
undan ustunroq turuvchi yaxlit ijtimoiy uyushma ekanligini is
botlaydi.
377
Insonni hayvondan farq qiladigan eng muhim xususiyatlari-
dan yana biri, u o'zining yashashi, turmushi uchun zarur
bo‘lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish mala-
kasiga ega ekanligidir. Tarixning guvohlik berishicha, hozirgacha
bironta hayvon ishlab chiqarish quroli yaratgani yo‘q. Juvoz
o'qini tinimsiz aylantirishga odatlangan mehnatkash ot o'zining
vafodor egasiga juvoz uchun o‘q yasaganini, yoki omochni
mahorat bilan tortib kun bo‘yi yer haydab, dehqon yumushini
oson qilgan zahmatkash h o ‘kiz o‘z xo‘jayiniga oddiy gavron
yasab berganini hech kim eshitgan ham, ko‘rgan ham emas.
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish faqat insonga xos xususi-
yat bo'lib, undagi barcha qobiliyat va malakalarni namoyon
qiluvchi ijodiyotdir. Ayniqsa, moddiy ishlab chiqarish jarayonida
insonda mavjud bo‘lgan barcha jismoniy va ma’naviy qobiliyatlar
yorqin namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon falsafasi shu holatni
insonning kundalik «amaliy faoliyat»i tushunchasida mujassam-
lashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: