1 Античные риторики. Под ред. А.А.Тихо-Годи. М ., 1978.
2 Qarang: Платон. Сочинения. В трех томах. Том 2. М., 1970, 238-bet.
46
lab ketdi. Uning falsafiy fikr-mulohazalari markazida inson va
uning ongini o ‘rganish turar edi. U « 0 ‘zing o ‘zligingni bil»,
degan hikm atni tez-tez takrorlagan.
Sokratning tushuntirishicha, insonning ongi turli holatlarda,
darajadalarda sodir bo‘lib, bir necha qatlamlardan iborat bo‘ladi.
O lsha murakkab ongning sohibi individdir. Individning ongi esa
ijtimoiy munosabatlarda nam oyon bo ‘ladi. Ongning mazmunini
oliy instantsiya belgilab beradi, oliy instantsiya esa, Sokratning
tushuntirishicha, aqldir. Aql turli bilimlarni vujudga keltiruvchi
manbadir. Lekin inson bilimni o'zining xatti-harakati bilan qo‘lga
kiritadi. Bilimlarni inson tashqaridan tayyor holda qabul qilib
olmaydi. 0 ‘sha bilimlarning haqiqiy yoki soxta ekanligini turli
munozaralar, bahslar aniqlaydi. Bahs, m unozaralar jarayonida
inson o‘z suhbatdoshining fikr-mulohazalarini tahlil qiladi, zarur-
larini o‘zida saqlab qoladi, ortiqchasini chiqarib tashlaydi. Shunday
yo‘l yordamida haqiqatga erishiladi. Hamma tan oladigan haqiqiy
bilim qo‘lga kiritiladi.
Sokratning fikriga muvofiq, aql ham m a narsaga doimo tan-
qidiy qaramog‘i darkor. Aqlning tanqidiy ishi tufayli chinakam
adolatga erishish, yaxshilikni tushunish mumkin. Jamiyatda mavjud
bo ‘lgan yaxshilik va yomonlik haqida fikr yuritgan mutafakkir,
odamlarning bir-biriga bo ‘lgan xayrixohligini har tom onlam a
ulug‘laydi, kishilar orasidagi turli munosabatlaming asosida adolat
yotishi zarur ekanligini qayta-qayta takrorlaydi, «adolat» va
«yaxshilik» tushunchalarining m ohiyatini ochib berishga harakat
qiladi. Faylasufning tushuntirishicha, «yaxshilik» va «yomonlik»ning
mohiyatini tushunmasdan turib, inson haqida, u yashayotgan
jamiyat haqida aniq, to ‘la m a’lum ot olish qiyin.
Sokratning inson falsafasida asosiy o ‘rinni axloqiy ratsiona-
lizm egallaydi. Uning fikriga ko‘ra, axloqsizlik haqiqatni bilrnas-
likdir. Agar inson nima yaxshi, nima yomonligini bilsa, yomon -
likka qo‘l urmaydi. Insondagi yomonliklar bilimsizlikning nati-
jasidir. Hech kim o ‘z ixtiyori bilan hech qachon xatoga yo‘l
qo‘ymaydi. Axloqiy nopokliklarning ildizi bilimsizlikka borib
taqalar ekan, demak, bilim axloqiy kam olotning negizidir.
Shuning uchun mustahkam bilimga ega b o ‘lish, Sokratning tu
shuntirishicha, yaxshilik tom on borish, insonni, albatta, baxtga
olib boradi.
Shunday qilib, Sokrat falsafasining markazida inson hayoti,
47
uning jamiyatdagi o ‘rni, odam lar farovonligini ta ’m inlovchi
adolatli tuzumni barpo etish muammolari turardi. U odamlarni
m a’rifatli qilish orqali chinakam axloqiy kamolotga erishish
mumkin, deb hisoblardi. Afsuski, butun umrini bilim, ziyo
orqali odamlarni ezgulikka, halollik va insofga chorlagan mash-
hur yunon faylasufi Sokratning o‘zi qadimgi zamonda yaxshilik
bilan baxt orasida uyg‘unlashuv yo‘q ekanligiga guvoh b o ‘ldi.
Eramizdan awalgi 399-yilda yetmish yoshli mutafakkirni xudo
bilan hisoblashmaslikda, qandaydir yangi xudoni joriy etm oq-
chi ekanlikda va o ‘zining bunday qarashlari bilan minglab yosh-
larni o ‘z o ta -o n a la ri gaplariga quloq solm aydigan qilib
qo‘yganlikda ayblashdi va odamlar axloqini «buzgani» uchun
o ‘lim jazosiga hukm qilishdi. Lekin Sokrat o ‘z e’tiqodidan qayt-
madi. Faqat ezgulikka intilgan inson baxtli bo‘ladi, degan fikriga
hech qanday o ‘zgartirish kiritmasdan zahar ichib, dunyodan
ko ‘z yumdi.
Sokratning inson to ‘g‘risidagi qarashlari uning shogirdi Pla
to n (Ailotun, eramizdan aw algi 427—347-yillarda yashagan)
tom onidan yanada rivojlantirildi. Uning tushuntirishicha, inson
ilohiy qudrat tom onidan yaratilgan. Boshqacha aytganimizda,
Platonning qarashlariga muvofiq, xuddi o ‘sha ilohiy qudrat in-
sonni yaratuvchi birinchi sabab (demiurg)dir. Xudolar xuddi
o ‘sha demiurgdan abadiy o ‘lmas jonni oldilar va uni tanaga
qamab qo‘ydilar.
Platon insonning mohiyatini tushuntirib berishga harakat qildi.
Uning fikriga ko‘ra, inson asosan ikki bo‘lakning uyushmasidan
iborat. Birinchi bo ‘lak — o ‘lmas jon, ikkinchi b o ‘lak — o ‘lib
turadigan tanadir. Jon xuddi g‘oya kabi bir butun bo ‘lib, u
bo‘linmasdir, tana esa allaqanday materialdan yasalganligi uchun
b o ‘linib turadi va bir necha qismlardan iboratdir. Jonning mo-
hiyati uning b o ‘linmasligida emas, balki doimo harakatda ekan-
ligidadir. 0 ‘zidan-o‘zi harakat qilib turgan barcha narsalar
o ‘lmasdir. Lekin o‘sha harakatni vujudga keltirgan har qanday
narsaning ham chegarasi bor. Shuning uchun ham o ‘sha chega-
rasi bor narsalar doimo o ‘lib turadi.
Platonning ta ’kidlashicha, insonning joni ham ikki qismdan
iborat bo‘ladi: oliy — yuqori qism va pastki — quyi qism. Oliy
qismda barcha aql-zakovat to ‘plangan, uning yordamida inson
abadiy g‘oyalar olamining sir-asrorini bilib oladi va farovonlik,
48
ezgulik tom on intiladi. Pastki qism esa his-hayajonga asoslanadi.
Jondagi bu ikki holat ikki otga o'xshaydi, birinchisi yuksalish
tom on boshlasa, ikkinchisi pastga, jarga tortadi. Ko‘rinib turib
diki, tana jonga nisbatan nafaqat past, balki zararli ham da salbiy
deb hisoblanadi.
Platon jonning ko‘chib yurishi haqidagi nazariya tarafdori
edi. Faylasufning tushuntirishicha, jon tana o‘lganidan so'ng uni
tark etadi. So‘ngra vaziyatga qarab, ezgulik uni yerga boshlaydi va
yana boshqa bir tirik mavjudot (odam yoki hayvon) tanasiga
o‘rnashib oladi. Eng takomillashgan, har tom onlam a sayqal
topgan jon, yer yuzida qoladi. Platonning fikr-mulohazalariga
asosan, tana jonning soyasi bo ‘lib, tanani tozalab turish uchun
jon vaqti-vaqti bilan uni tark etib turishi lozim. Chunki jon
hamisha oliy ezgulik tom on intiladi.
Platon qarashlariga asosan, jon tana ichida doimo o ‘zgarib
turadi. Boshqacha aytganimizda, jon tana ichida o ‘zgarib turuv-
chi holatlami: qoniqish va jabr-u jafo, jasorat va qo'rquv, g'azab
va umidni vujudga keltiradi. Bularning barchasi hali anglab olin-
magan his-tuyg‘ular va m ehr-m uhabbat bilan qorishtirib yubo-
riladi. Shunday qilib, eng aw alo, universal jinsdagi jo n yara-
tildi. So‘ngra xudolar inson tanasini yaratdilar, unga ovqat hazm
qiluvchi, nafas oluvchi, qon aylantiruvchi a ’zolarni ato qildilar.
Ayni paytda, inson um rining bolalik, yoshlik, yetuklik, kek-
salik, o ‘lim kabi bosqichlarini ham aniqlab berdilar1.
Platonning qarashlariga ko'ra, odam deb ataluvchi mavjudot
universal «dunyoviy ruh» bilan ham bevosita aloqadordir. Indi
vidual inson joni o ‘sha «dunyoviy ruh»ning sadosi, sasidir.
Xudolar esa, jon ato etilgan, tiriltirilgan g‘oyalardan boshqa
narsa emas. Shunga ko'ra, odam degan mavjudot ham o ‘sha
ilohiy g‘oyalarning moddiylashuvidan iboratdir. H ar bir kishi-
ning joni, Platon tom onidan inson bilan jamiyat o ‘rtasidagi
o ‘zaro aloqadorlik kontekstida tahlil qilinadi. Uning tushunti
rishicha, inson degan mavjudot hech qachon o ‘z ehtiyojini
yakka o ‘zi qondira olmaydi. Shuning uchun odamlar hamkorlik-
da va jamoa boMib faoliyat ko‘rsatishga hamisha zaruriyat sezadi-
lar. Platon o ‘zining «Davlat» nom li asarida yozganidek, «Har
bir kishi o ‘z ehtiyojini o ‘zi qondira olmaydi, chunki u ko‘p
Do'stlaringiz bilan baham: |