O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Камю  А.  Избранное.  М .,  1990,  18-bet



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet360/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Камю  А.  Избранное.  М .,  1990,  18-bet.

2  0 ‘sha  joyda.

360



moiy  fikrlash  taraqqiyotiga  sezilarli  ta’sir  o'tkazdi.  Aniqroq  qilib 

aytganimizda,  ekzistentsializm  falsafasidagi  fikr-mulohazalar  ba’zi 

mamlakatlarning  ommaviy-ijtimoiy  harakatlar  dasturlaridan  mu- 

nosib  o‘rin  oldi.  Shu  g'oyalar  ta’siri  ostida  jahonning  bir  qator 

mamlakatlarida  inson  huquqlarini  himoya  qilish,  qurollanish  poy- 

gasiga  chek  qo‘yish,  jahonni  termoyadro  umshlari  halokatidan  saqlab 

qolish,  ekologik,  eneigetik,  demografik  fojialaming  sodir  bo‘lishiga 

yo‘l  qo'ymaslik  kabi  umumbashariy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  dastur- 

lar  ishlab  chiqildi.

Xo‘sh,  ekzistensializm  falsafasi  olg'a  surgan  asosiy  konsep- 

tual  g‘oyaIar  nimalardan  iborat?  Ulardan  biri  —  inson  borlig‘ini 

o'rganish  orqali  olam  borlig‘ini  bilish  g‘oyasidir.  Boshqacha  ayt­

ganimizda,  ekzistensializm  falsafasi  olamning  haqiqiy  manzara- 

sini  bilmoq  uchun,  eng  awalo,  inson  borlig‘ini  bilmoq  darkor, 

degan  g‘oyani  olg‘a  suradi.  Bunday  g‘oyani  birinchilardan  bo‘lib 

nemis  ekzistensializmining  asoschisi  Martin  Xaydegger  «Borliq 

va  zamon»  (1927-y.)  asarida  olg‘a  surgan  edi.

Martin  Xaydeggeming  tushuntirishicha,  ekzistensialistik  on- 

tologiyaning  birinchi  asosi  —  inson  borlig‘idir.  Borliqning,  in­

son  shaklining  o ‘ziga  xos  xususiyati  shundan  iboratki,  u  nafaqat 

borliqning  boshqa  ko'rinishlarini,  balki  o‘zini  o‘zi  bilishga  ham 

qodir.  Shuningdek, 



inson

  borliqning  boshqa  shakllari  bilan  turli 

munosabatlar  o'rnatish  xususiyatiga  ega.  Shuning  uchun  bunday 

borliq,  ya’ni  ekzistensiya  ontologiyaning  funda



m enti

  bo'lmog'i 

darkor.

Inson  borlig‘ini  bunday  tahlil  qilish,  turgan  gapki,  ma’lum 

asosga  ega  bo‘ladi.  Chunonchi,  olamda  mavjud  bo‘lgan  tirik  mavju- 

dotlaming  birontasi  fikrlash  madaniyatiga  ega  emas,  yoki  ular­

dan  birontasi  olam  to ‘g‘risida  u  yoki  bu  fikrni  bayon  qila  ol- 

maydi.  Insondan  boshqa  tirik  mavjudot  olamda  o‘zi  egallab  tur­

gan  o ‘rni  haqida  aniq  tasawurga  ega  emas.

Martin  Xaydeggeming  borliq  to ‘g‘risidagi  ekzistensialistik 

ta ’limotiga  asoslanib  Karl  Yaspers  yangi  variantdagi  ontologik 

ta ’limot  yaratdi.  Nemis  ekzistensialistlari  M.Xaydegger  va  K. 

Yasperslaming  inson  borlig'i  to‘g‘risidagi  qarashlarini  fransuz 

faylasufi  J.P.Sartr  o‘zining  «Borliq  va  hech  nima»  asarida  yangi 

dalillar  bilan  boyitdi.  Lekin  inson  ekzistensiyasi  haqida  Sartr  va 

Xaydegger  qarashlari  o‘rtasida  ayrim  tafovutlar  ham  bor  edi. 

Xususan,  Sartr  inson  borlig'i  haqida  fikr  yuritganda  asosiy

361



e’tiborni  individual  tanlovga,  kishi  mas’uliyatiga,  har  bir  shaxs- 

ning  o‘ziga  xos  «Men»ini  topishga  harakat  qildi.  Shuningdek, 

Sartr  inson  ekzistensiyasi  haqida  gapirganda,  inson  borlig‘i 

borliqning  boshqa  shakllari  bilan  aloqador  ekanligini  hamisha 

nazarda  tutadi.  Xaydegger  esa  butun  e’tibori  bilan  inson  borlig'ini 

o‘rganish  orqali  olam  borlig'ining  mohiyatini  ochib  berishga 

urinadi.

M.Xaydegger,  J.P.Sartrlarning  fikriga  ko‘ra,  inson  ekzisten- 

siyasining  mohiyatini  bilish  yordamida  uning  nimalarga  qodir 

ekanligini  bilib  olish  mumkin.  Xuddi  shu  vosita  yordamida  in- 

soniyatni  boshi  uzra  xavf  solib  turgan  turli  dahshatlardan,  ay- 

niqsa,  o‘z  «borlig'ini  unutish»  fojiasidan  eson-omon  saqlab  qolish 

mumkin.  0 ‘z  borlig‘ini  unutgan  kimsalar  tabiat  boyliklaridan 

foydalana  turib,  inson  va  tabiat  bir  butun,  yaxlit  ekanligini 

unutib  qo‘ydilar.  Boshqa  birovlar  esa  inson  borlig‘i  —  eng  oliy 

darajadagi  umuminsoniy  qadriyat  ekanligini  unutib,  undan  faqat 

vosita,  omil  sifatida  foydalanishga  urinadilar.

Yuqoridagi  fikr-mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  inson 

borlig‘ining  mohiyatini  bilish  hoziigi  zamon  insonshunosligining 

eng  dolzarb  muammolaridan  biridir.  Ayniqsa,  ilmiy-texnika  taraq- 

qiyoti  jadallashib  borayotgan  hozirgi  sharoitda  insonning  tashvish- 

lari  va  quvonchlari  haqida,  erishilgan  sivilizatsiya  natijalarini  saqlab 

qolish,  atrof-muhit  musafFoligini  ta’minlash  kabi  masalalar  inson 

borlig‘ida  vujudga  kelgan  muammolar  ko‘p  ekanligidan  dalolat 

beradi.

Zero,  ekzistensialistlar  ta ’kidlashganidek,  falsafa  o‘zining  bu­

tun  e’tiborini  inson  borlig‘ini  har  tomonlama  o‘rganishga  qarat- 

gandagina,  xususan,  olamni  o ‘rganishni  insonni  o‘rganishdan 

boshlagandagina  chinakam  hayotiy  realizm  yo‘lidan  boradi,  chi- 

nakam  gumanizm  pozitsiyasida  turadi.

Inson  o‘z  borlig‘ini  bilishdan  olam  borlig‘ini  bilish  tomon 

bora  turib,  olamga  yangicha  mazmun  ato  qiladi.  Olam  bilan  biiga 

qo'shilib  harakat  qiladi.  EkzistensiaUzm  tarafdorlkri  klassik  falsafa 

tomonidan  «insonga  xos  emas»  deb  hisoblangan  borliqning  bar- 

cha  ko'rinishlarini  hozirgi  zamon  falsafasi  insonparvarlashtirmog‘i 

darkor,  deb  tushuntiradi.

XX  asr  ekzistensializmi  inson  borlig‘ining  o‘ziga  xos  xususi- 

yatlarini  tushuntirib  berishga  harakat  qildi.  Jumladan,  Sartr 

o ‘zining  «Ekzistensializm  —  bu  gumanizm»  asarida  ta’kidlashicha,

362



insonning  boshqa  tirik  mavjudotlardan  farqi  shundaki,  u  ish 

qilmoqchi,  xususan,  bironta  asbob  yasamoqchi  bo‘Isa,  unga 

qilmoqchi  bo‘lgan  yumushini,  yasamoqchi  bo‘lgan  asbobni  oldin- 

dan  tasaw ur  qiladi,  ya’ni  tasawuridan  o ‘sha  asbobni  keltirib 

chiqaradi.  Shuning  uchun  ham,  bu  yerda  mohiyat  —  asbob  yoki 

narsaning  mavjud  bo'lishi  uchun  o'tmish  vazifasini  bajaradi. 

Insonning  o‘zida  esa  ushbu  jarayon  mutlaqo  boshqacha  kechadi. 

Chunonchi,  inson  bolasi  tug‘ilibdi,  demak,  u  mavjud.  Lekin 

o'sha  tirik  mavjudot  inson  darajasiga  ko'tarilishi  uchun  insonga 

xos  insoniylikning  mohiyatini  o‘zida  mujassamlashtirmog‘i  darkor. 

Bu  yerda  mavjudlik  mohiyat  uchun  o‘tmish  vazifasini  bajaradi.

Ekzistensializm  falsafasining  tushuntirishicha,  insonning  o‘ziga 

xos  xususiyatlaridan  biri,  u  o'zini  o ‘zi  yasaydi,  mavjud  bo‘la 

turib,  o‘z  mohiyatini  bunyod  etadi.  Ekzistensializmning  birinchi 

qoidasi  shundan  iborat.  Shu  qoidadan,  inson  tabiati  u  yaral- 

gunga  qadar  mavjud  bo'lmaydi  va  individning  o‘zidan  boshqa 

hech  qanday  tashqi  kuch  uni  insonga  aylantirish  qudratiga  ega 

emas,  kabi  xulosalar  kelib  chiqadi.  Mabodo,  individ  inson 

darajasiga  ko‘tarilganda  uning  ongi  va  faoliyatida jiddiy  nuqsonlar 

mavjud  ekan,  buning  uchun,  eng  awalo,  o‘sha  kishining  o‘zi 

aybdor.  Bunday  g‘oyani  olg‘a  surish  bilan  ekzistensial  falsafa 

insonning  shakllanishida  uning  o‘zi  mas’ul  ekanligiga  e’tibomi 

qaratadi.  Insonning  boshiga  qanday  balo-qazo  yog‘ilsa,  buning 

uchun,  eng  awalo,  uning  o‘zi  aybdor  ekanligini  ta’kidlaydi.

Inson  borlig‘ining  eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  —  u  o‘zida 

mavjud  bo‘lgan  fikrlash  qobiliyati,  xatti-harakati,  his-tuygcularini 

tekshirib  ko‘ra  oladi.  Hatto,  nafaqat  borliqni  qanday  bo‘lsa  shun- 

dayligicha  gavdalantirish  malakasiga,  balki  o'sha  tasawumi  turli 

savol-javoblar  yordamida  tekshirib  ko‘rish  qobiliyatiga  ham  ega 

bo'ladi.  Chunki  inson  kundalik  faoliyatida  nafaqat  olam  to‘g‘risida, 

balki  o‘zi  to‘g‘risida  ham  yangi-yangi  ma’lumotlami  to‘plab  bo- 

radi.


Inson  o‘z  navbatida,  xuddi  risolalarda  orzu  qilinganidek, 

ya’ni  «loyiha»dagidek  yashashga  intiladi.  Lekin  ushbu  «loyiha» 

amalga  oshishi  ham,  oshmasligi  ham  mumkin.  Chunki  individda 

insoniylikning  shakllanish  jarayoni  turli-tuman  ziddiyatlar  bilan 

to ‘la  bo‘ladi.  Ushbu  jarayon  insonning  butun  umri  davomida 

davom  etadi.  Sartming  tushuntirishicha,  insonning  individual 

«loyiha»sida  mavjud  bo‘lmagan  fazilatlar  uning  kundalik  amaliy

363



faoliyatida  ham  namoyon  bo'lmaydi.  Xususan,  inson  umrida  bi- 

ron  kishini  yaxshi  ko'rm agan  b o ‘lsa,  biron  kishi  bilan 

do‘stlashishga  moyilligi,  intilishi  bo'lmasa,  demak,  uning  indi­

vidual  «loyiha»sida  bunday  tuyg‘ular  yo‘q  va  bo'lgan  emas.

Ekzistensial  falsafaga  ko‘ra  insonning  ma’naviy  olamidagi  eng 

asosiy  tuyg'u  —  erkinlikdir.  Bunday  tuyg‘u  har  bir  individda 

mavjud  bo'ladi.  Lekin  ushbu  tuyg‘uning  inson  uchun  qanchalik 

kafolatlanganligini  hisoblab  chiqish  amri-mahol.  Inson  —  erkin, 

uning  o‘zi  —  erkinlik,  deb  ta’kidlagan  edi  Sartr.  Individning 

erkin  bo'lishi,  unga  bo'lgan  e’tiborning  ortib  borishi,  o‘z  nav- 

batida,  uning  kulfatidir.  Shuning  uchun  shaxs  muammosi  — 

inson  shaxsiy  xarakteristikasi,  individual  xususiyatlarini  tahlil 

qilish  —  XX  asr  ekzistensializmining  eng  sevimli  mavzularidan 

biridir.  Ushbu  mavzuga  o‘z  muxlislarining  e’tiborini  yanada  oshir- 

moq  uchun  ekzistensialistlar  turli  badiiy  lavhalar,  obrazlar, 

to ‘qimalar,  adabiy  asarlar  kolliziyalarida,  falsafiy  asarlardagi 

abstrakt  kontekstlarda  hayotni  har  tomonlama  tahlil  qiladilar.

Ekzistensializm  falsafasi  inson  faoliyatida  ratsional  momentning 

ahamiyati  beqiyos  ekanligiga  diqqatni  qaratdi.  Xususan,  inson 

faoliyatida  turli  konfliktlar  sodir  bo'lganda  aql-zakovat  hukmiga 

quloq  solish,  aql  kuchi  bilan  har  qanday  murakkab  vaziyatdan 

chiqish  uchun  yechim  topish  —  inson  amaliy  faoliyatining 

muhim  sharti  ekanligini  ta’kidladi.  Ekzistensializm  falsafasi  namo- 

yandalarining  aytishicha,  bu  yerda  gap  «hamma  narsani  biladi- 

gan»  olim  haqida  borayotgani  yo‘q,  balki  oddiy  kishilar  haqida 

borayotir.  Xuddi  o‘sha  oddiy  insonlarning  «hushyor  hisob-kito- 

blari»  har  qanday  og‘ir  vaziyatda  ham  insonni  balo-qazolardan, 

turli  fojia  va  dahshatlardan  eson-omon  saqlab  qoladi.  Eng  og‘ir 

damlarda  ham  o‘zi  bilan  o‘zi  maslahatlashishga  imkon  yaratadi, 

tavakkal  qilib  ish  yuritishga  yo‘l  bermaydi.  Ya’ni  o‘z  ekzisten- 

siyasini  topgan  kishi  konfliktga,  dahshatga  qarshilik  ko‘rsatish, 

uni  matonat  bilan  yengishga  jasorat,  kuch-quwat  topadi.

Fransuz  ekzistensialistlari  ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  vu­

judga  kelgan  «Qarshilik  ko‘rsatish»  antifashistik  harakatida  ishtirok 

etgan  matonatli  faoliyatni  xuddi  shunday  fikr-mulohazalar  qarichi 

bilan  tahlil  qildilar.  «Qarshilik  ko'rsatish»  harakati  qatnashchilari 

butun  Yevropa  fashizm  dahshatlari  alangasi  ichida  qolgan  bir 

paytda  o‘zlari  bilan  o'zlari  maslahatlashdilar,  o‘z  qalblari  sadosiga 

o‘zlari  quloq  soldilar.  Insoniyat  boshiga  ko‘z  ko‘rib,  quloq  eshit-

364



magan  dahshat,  qo'rquv  olib  kelgan  fashizmdek  baloga  qarshi 

mardonavor  kurash  olib  bordilar.  «Qarshilik  ko‘rsatish»  harakati- 

ning  ishtirokchilari  fashizmdek  dahshatga  bir  o‘zlarining  kuch- 

lari  yetmasligini  bilar  edilar.  Lekin  fashizmga  qarshi  turgan  an- 

tifashistik  harakatning  ertami-kechmi  butun  dunyoga  yoyilishiga 

qattiq  ishonar  va  g‘alabani  ham  katta  umid  bilan  kutar  edilar. 

Shunday  qilib,  inson  har  qanday  murakkab  vaziyatda  ham  o‘z 

erki,  o‘zining  o‘zligi,  «Men»i  (o£z  ekzistensiyasi)  uchun  kura- 

shish  imkoniyatiga  ega  bo'ladi.

XX  asr  ekzistensializmi  olg‘a  surgan  eng  muhim  konseptual 

g'oyalardan  yana  biri  —  inson  olamdagi  tirik  mavjudotlar  ichida 

o ‘ta  noyob  ekanligi  haqidagi  g‘oyadir.

Ekzistensializm  falsafasi  insonning  o‘ta  noyob  mavjudot  ekan- 

ligini  isbotlovchi  bir  qator  yangi  ontologik  dalillar  keltiradi. 

Chunonchi,  inson  hamisha  o‘zidan  boshqalarga  o‘xshamaydigan 

qiliqlarni,  holatlarni  qidiradi,  boshqalarga  o'xshamaydigan 

«Men»ini  topishga  intiladi.  Klassik  falsafa  ham  har  bir  kishining 

o ‘ziga  xos  individual  qiyofasini  aniqlashga  uringan  edi.  Lekin 

klassik  falsafa  XX  asr  ekzistensialistlari  tushuntirganidek,  o‘sha 

«Men»ning  haqiqiy  qiyofasini  «Men»  bo'lmagan  narsalar  orqali 

aniqlashga  harakat  qildi.  Ayniqsa,  «Men»ning  mohiyatini  inson- 

dan  tashqarida  unga  qarshi  turgan  «Men  emas»dan  izladi.  «Men 

emas»  insonga  xos  bolm agan  qiliqlar,  odatlar,  inson  borlig'iga 

dushman  bo‘lgan  begonalashuvning  ramzi  edi.  Alber  Kamyu 

«Men  emas»ni  mustahkam,  befarq,  xavfli  devorga  o‘xshatdi. 

Chunki  «Men»da  «Men  emas»dan  qo£rquv  yashaydi.  Shunday 

bo£lishiga  qaram asdan,  inson  yashashi  uchun  o £zini  o £zi 

yaratmog£i  darkor.  Ekzistensial  falsafaning  individga  mo‘ljallangan 

dasturi  asosida  «Men  emas»da  (ya’ni  insondan  tashqarida)  bo‘lgan 

o £zgarishlardan  qo‘rqish,  o‘z  navbatida,  unga  qarshi  kurashish 

lozimligi  haqidagi  fikr  yotadi.

Odamni  «Men»ga  dushman  bo£lgan  reallik  sifatida  talqin  qi­

lish  XX  asr  ekzistensialistlari  asarlaridan  keng  o£rin  oldi.  Xu- 

susan,  M.Xaydegger  inson  borlig‘ini  —  borliqning  boshqa  shak- 

llari  bilan  birga  mavjud  bo£lishini  tahlil  qilish  uchun  «ekzisten­

sial»  tushunchasidan  foydalanish  lozim,  deb  hisoblaydi  va  ne- 

mischa  «Man»  (noaniq  shaklning  almashishi)  so‘zi  bilan  ifoda- 

laydi.  Ushbu  «Man»ni  «yaqinlashtirish»,  «tenglashtirish»  tushun- 

chalari  yordamida  tushuntirib  beradi.  Shunday  ma’noda  ekzisten-

365



sial  falsafa  hanuzgacha  standartlash  tendensiyasining  dushmani 

bo‘lib  qolmoqda.  Bunday  tendensiya  XX  asrda  ommaviy  tus  oldi 

hamda  moddiy  va  ma’naviy  ishlab  chiqarishning  turli  sohalarida 

namoyon  bo‘ldi.

Sobiq  Ittifoq  olimlarining  asarlarida  «Man»  —  kapitalistik  tur- 

mush  tarziga  xos  tushuncha,  deb  qoralandi.  Xaydegger  esa  ushbu 

tushunchaga  abstrakt  tarixiy  taraqqiyotdan  tashqarida  tuigan  ma’no 

baxsh  etdi,  deb  tanqid  qilindi.  Xaydegger  o'zining  ekzistensia­

listik  prinsiplarini  oqlash  maqsadida bunday  usuldan  foydalangan 

edi.  Chunki  inson  borlig‘ining  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  bir- 

biriga  yaqinlashish,  tenglashish  zaruriyatining  mavjud  bo‘lishidir. 

Xaydegger  xuddi  o ‘sha  «Man»  tushunchasi  yordamida  inson 

borlig‘idagi  mavjud  ziddiyatlarni  tahlil  qilishga  urinadi.

Martin  Xaydeggeming  ta’kidlashicha,  inson  o‘z  borlig'idagi 

ziddiyatli  tomonlami  birdaniga  ilg'ab  olavermaydi.  Chunki  inson 

biri  ikkinchisidan  o‘i]ganadi,  biri  ikkinchisiga  o‘rgatadi.  Ana  shun- 

day  o‘zaro  muloqotlar  jarayonida  har  bir  kishi  o‘z  «Men»ini 

bilib  oladi  va  uni  takomillashtirish  imkoniyatiga  ega  bo'ladi.  Bir 

ibora  bilan  aytganda,  inson  o'zgalar  bilan  aloqada  bo‘lish  jara­

yonida  nafaqat  umumiylik  tomon  yaqinlashadi,  balki  o‘z  shaxsi, 

o‘z  borlig‘ining  individual,  takrorlanmas  xususiyatlarini  aniqlab 

va  mustahkamlab  boradi.

Ekzistensializm  falsafasi  insonning  kundalik  hayoti,  turmush 

tarzi  o‘ta  murakkab  jarayon  ekanligiga  e’tiborini  qaratadi  va  undagi 

umumiylikni  aniqlashga  harakat  qiladi.  Ya’ni  ushbu  jarayonni 

o'rganish  «o‘rtachalik»  yoki  «shaxsiy  noaniqlik»  degani  emas. 

Kishilaming  umumiy  boyligiga  nafaqat  standartlar,  stereotiplar, 

shablonlar,  balki  «o‘rtachalik»dan  yuqori  turuvchi  holatlar  — 

originallik,  ijodiylik,  noyoblik  ham  kiradi.  Odamlaming  kundalik 

aloqalarini  «o'rtachalik»  nuqtayi  nazaridan  tahlil  qilish  yoki 

ushbu  aloqalami  o‘rta  hoi  deb  hisoblash  —  insonning  o'zaro 

munosabatlarini  soddalashtirishdan  boshqa  narsa  emas.

XX  asr  faylasuflari  «o‘rtachalik»,  «ommaviyiik»ning  shablon 

va  standartlari  kundalik  turmushda  hukmron  bo'lib  olganligini 

chuqur  his  eta  boshladilar.  Turmushning  barcha  jabhalarining 

«ommaviylashuvi»dan  xavfsiragan  ayrim  faylasuflar  F.Nitsshe  kabi 

elitar  ideallami  himoya  qila  boshladilar.  Ayrim  faylasuflar  esa 

turmush  va  madaniyat  «ommaviylashuvi»ni  unda  mavjud  bo‘lgan 

real  ziddiyatlar  orqali  tahlil  qilmoqchi  bo‘ldilar.

366



Antiklassik  va  noklassik  falsafaning  XIX  asr  oxiri  XX  asr 

boshlaridagi  namoyandalari  ham,  XX  asrning  o‘rtalarida  ijod 

qilgan  faylasuflar  ham  olg‘a  surgan  g'oyalar  markazida  inson­

ning  begonalashuvi  muammosini  tahlil  qilish  yotadi.

M a’lumki,  XIX  asrda  jahonning  bir  qator  mamlakatlarida 

ijtimoiy  inqiroz  tufayli  odamlar  jamiyatdan,  hatto  kishilar  o‘zlari 

o ‘zlaridan  begonalasha  boshladilar.  S.  Kyerkegor  aytganidek,  ka- 

pitalistik  jamiyat  shaxs  bilan  jamiyat  o'rtasidagi  ziddiyatlarni 

bartaraf  eta  olmadi.  Aksincha,  bu  ziddiyat  keskinlashib,  shaxs 

nivelirovkasi  jarayoni  kuchayib  ketdi.  Oqibatda,  shaxs  tuban- 

lashdi  va  xudbinlashdi.

Insonning  jamiyatdan  begonalashuvi jarayonini  K.  Marks  ham 

har  tom onlam a  o'rgangan  edi.  Afsuski,  ekzistensialistlar 

o'zlarining  begonalashuv  jarayonini  o‘rganishga  bag‘ishlangan 

tadqiqotlarida  K. Marks  fikr-mulohazalarini  chetlab  o‘tdilar.

K. Marks  o‘zi  yaratgan  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  nazariya- 

siga  tayanib,  XIX  asr  kapitalizm  sharoitida  insonning  jamiyat- 

dan  begonalashuvi  jarayonini  tahlil  qildi.  U  begonalashuv  jara- 

yonini  ko'proq  ijtimoiy  munosabatlaming  iqtisodiy  negizi  aso- 

sida  tadqiq  etdi.  Ekzistensialistlar  esa  K.Marksdan  farqli  oiaroq, 

insonning  jamiyatdan  begonalashuv  jarayonini  o‘rganganda  na- 

faqat  kapitalizm,  balki  turli  ijtimoiy  tuzumlar  sharoitida  shaxs 

bilan  jamiyat  orasidagi  ziddiyatlarni  ham  hisobga  oldilar.  Ayniq- 

sa,  inson  aql-farosati,  kayfiyati,  ma’naviyatidagi  begonalashuv 

va  uni  vujudga  keltirgan  tabiiy-ijtimoiy  ildizlarni  aniqlash  zarur 

ekanligini  ta’kidladilar.  Ekzistensialist  faylasuflarining  fikriga  ko‘ra, 

XX  asr  sharoitida  insonning  jamiyatdan  begonalashuvi  ortib 

borayotganligining  asosiy  sababi  —  dahshat,  vahima,  qo‘rquvdir. 

Bu  tuyg‘ulamng  ortib  borishi  XX  asr  kishisi  turmush  tarzining 

eng  muhim  xususiyatlaridan  biridir1.

Qo‘rquv,  dahshat,  vahima  insoniyat  boshiga  qora  quzg'undek 

yopirilib  kelayotgan  bir  paytda,  ekzistensialistlar  fikriga  ko‘ra, 

falsafaning  ma’nosi  va  mazmuni  nafaqat  begonalashuv  jarayoni­

ni  o‘rganishdan,  uni  ma’qullashdan  iborat  bo‘lib  qolmog‘i,  balki 

qo‘rquv,  dahshat,  vahimadan  aqldan  ozayotgan  insonga  yordam 

qo‘lini  cho‘zmog‘i  darkor.

Ekzistensializm  falsafasining  tushuntirishicha,  hozirgi  zamon


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   356   357   358   359   360   361   362   363   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish