O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Juzjoniy  A.Sh.  Shayx  Najmiddin  Kubro  —  vatansevarlik  ramzi.  Shayx  Najmid­



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Juzjoniy  A.Sh.  Shayx  Najmiddin  Kubro  —  vatansevarlik  ramzi.  Shayx  Najmid­

din  Kubro.  T o‘plam.  Toshkent,  1995,  41—42-betlar.

2  Najmiddin  Kubroning  ustozlari.  Ruzbexon  Misriy,  Ammor  Yosir  va  Ismoil 

Kasriylar  sunniylik  tarafdorlari  edilar.

1  Qarang:  Суфийские  ордена  в  Исламе.  Москва,  1989,  56—57-betlar.



Ilohiy  haqiqatni  bilishning  bunday  usulini  dastlabki  so ‘fiy  ustozlardan  biri 

Boyazid  Bistomiy  (vafoti  875-yil)  ishlab  chiqqan  edi.

228


Ilohiy  haqiqatni  inson  hushyorlik  bilan  ham  bilishi  mumkin, 

degan  fikr-mulohazalarni  kun  tartibiga  qo‘ydi.  Boshqacha  aytga- 

nimizda,  Kubro  ilohiy  qadriyatni  bilishda  Junayd  Bag‘dodiy  (va­

foti  910-yil)  asos  solgan  «sahv»,  ya’ni  «hushyorlik»  yo‘lini  yanada 

rivojlantirdi.  Shuning  uchun  ham,  butun  olam,  jumladan,  inson 

olami  sirlarini  bilishda  ham  axloqiy-zohiriy,  ham  botiniy-vajdiy 

bilimlarni  egallash  zarur  ekanligini  isbotlashga  urindi.

Najmiddin  Kubro  birinchilardan  bo‘lib  o‘sha  zamon  madaniy 

va  ma’naviy  olamida  mashhur  bo'lgan  «Ofoq  va  anfus»  nazari- 

yasini  tasaw uf  falsafasida  tatbiq  etdi.  Ushbu  nazariyaga  ko‘ra, 

olam  bir  butun  («olami  kubro»)  bo‘lib,  ilohiy  olam  («olami 

kabir»)  va  inson  olami  («olami  sag‘ir»)  birligidan  iborat.  Ilohiy 

olam  bilan  inson  olami  biri  ikkinchisi  bilan  dialektik  aloqador. 

Shuning  uchun  ham  inson  ongi  va  faoliyatida  bo‘ladigan 

o‘zgarishlar,  shubhasiz,  butun  olam  («olami  kubro»)  bilan 

chambarchas  bog‘liq.

Najmiddin  Kubroning  fikriga  ko‘ra,  insonning  o‘zi  ham  o‘ziga 

xos  kichik  olam  («olami  sug‘ro»)  bo‘lib,  unda  butun  olamning 

(«olami  kubro»)  barcha  xususiyatlari  o‘z  aksini  topadi.  Olamni 

yaxlit,  to‘la  tasavvur  qilmoq  uchun,  ya’ni  «olami  kubro»ning 

turli-tuman  xususiyatlari  haqida  aniq  ma’lumotga  ega  bo‘lmoq 

uchun  nafaqat  ilohiy  olam,  balki  inson  olamining  ham  sir-u 

sifatlarini  bilmoq  darkor.  Kubroning  e’tirof  etishicha,  insonning 

eng  muhim  xususiyatlaridan  biri  —  agar  u  tinimsiz  izlansa, 

ilohiy  olamning  ham,  inson  olamining  ham  sir-u  sifatlarini 

bilib  oladi.

Olamning  birligini  bilishda,  eng  awalo,  olami  kabir,  ya’ni 

ilohiy  olamning  sir-u  asrorini  bilib  olish  lozim.  Kubroning 

ta’kidlashicha,  ilohiy  sifatlar  osmon-u  falakning  turli  qatlam- 

larida  joylashgan.  Ilohiy  sifatlarni  inson  kamolot  pillapoyalaridan 

ko‘tarilib,  asta-sekin  egallaydi.  Lekin  bunday  murakkab  yo‘lni 

bosib  o‘tish  uchun  har  qanday  shogirdga  pir-u  komil,  haqiqiy 

ustoz  rahmonlik  qilishi  zarur.  Chunki  Olloh  vasli  tomon  inti­

layotgan  shogird  bosib  o‘tishi  uchun  zarur  bo‘lgan  murakkab 

yo‘lda,  ya’ni  zikr-u  xilvat,  muroqaba  va  mushohada  chog‘ida 

uning  boshida  turli  xayollar  charx  urib,  qalbini  har  xil  his- 

tuyg‘ular  qamrab  olishi  mumkin.  Ana  shunday  paytda,  unga

229



pir-u  murshid  rahnamolik  qilmasa,  murid  shaytoniy  yo'lga  kirib 

ketishi  hech  gap  emas1.

Inson  olami  ilohiy  olam  bilan  bevosita  bog'liq  bo'lganligi 

uchun  inson  olamining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  bilmasdan  turib, 

ilohiy  olam  haqidagi  qarashlarini  to‘la  deb  bo'lmaydi.  Afsuski, 

inson  ilohiy  olam  sirlarini  ko'zi  bilan  ko‘ra  olmaydi,  qulog‘i 

bilan  eshita  olmaydi,  balki  ruhiyatida,  kayfiyatida  bo‘ladigan 

o'zgarishlarni  o‘ta  hushyorlik  bilan  aql-farosat  yordamida  tahlil 

qilish  orqali  erishadi.  Shuning  uchun  Najmiddin  Kubro  ilohiy 

olamni  bilishda  intuitiv  tafakkur  muhim  ahamiyatga  ega  ekan­

ligini  har  tomonlama  isbotlashga  harakat  qildi.

Najmiddin  Kubro  o‘zi  yaratgan  «latoif»  nazariyasiga  asos- 

lanib,  inson  ruhiy  holatida  bo'ladigan  o'zgarishlar,  xususan, 

turli  his-tuyg‘ular,  kechinmalar,  xayajonlaming  vujudga  kelishi 

va  ularning  o'zaro  almashib  turishi,  turli  shakllar  va  ranglarda 

namoyon  bo'lishini  tushuntirib  berdi.  Uning  fikricha,  inson  ruhiy 

holatida  bo'ladigan  o'zgarishlar  turli  shakllarda,  chunonchi: 

nuqta,  dog‘,  doira,  shuningdek,  turli  ranglarda  namoyon  bo'ladi. 

Har  bir  shakl,  har  bir  rangda  m a’lum  m a’no  yashiringan 

bo'ladi.  Xususan,  doira  —  falakning  aylanib  turishini  ifodalasa, 

dog‘  —  dunyo  timsolidir,  nuqta  esa  vahdatdir.  Doira  o‘z  o‘qi 

atroflda  aylanib  turgani  uchun  nuqta  tomon  uzluksiz  intiladi. 

Shuning  uchun  ham  nuqta  mohiyatini  anglash  orqali  inson 

ilohiy  olam  mohiyatini  idrok  etadi.

Doira,  dog‘  va  nuqta  holatlarining  o‘zgarib  turishi,  turli 

ranglaming  almashinib  turishi,  inson  ruhiy  holatini  ifodalaydi. 

Najmiddin  Kubroning  ishontirishicha,  oq,  sariq,  zangori,  yashil, 

ko‘k,  qizil,  qora  ranglar  inson  ruhiy  kamoloti  darajasini  ifo­

dalaydi.  Xususan,  oq  rang  —  islomni,  sariq  rang  —  imonni, 

zangori  rang  —  ehsonni,  yashil  rang  —  ishonchni,  ko‘k  rang

—  to'liq  ishonchni,  qizil  rang  —  irfonni,  qora  rang  —  haya- 

jonni  (hayratni)  anglatadi.  Mutafakkiming  inson  ruhiy  qiyofa- 

sida  bo'ladigan  o'zgarishlar  darajasini  turli  ranglarda  qiyoslashi, 

o‘rta  asr  musulmon  falsafasining  buyuk  yutuqlaridan  biri  edi.

Najmiddin  Kubroning  tushuntirishicha,  inson  Xudo  vasliga 

yetmog‘i  uchun  nafaqat  ruhan  pok,  balki  m a’naviy  yetuk  ham




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish