asr falsafasida insonning, yuqorida ta’kidlab o ‘tilgan, ikki xil
holatga tushib qolganligi o‘sha zamon xristian antropologiyasi-
ning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
0 ‘rta asr falsafly fikr-mulohazalarida insonning oliy voqelikka
munosabati ham o‘zgacha bo‘ldi. Qadimgi zamon falsafasi
ta’kidlaganidek, har bir kishining shaxsi, Xudosi o‘ziga nisba-
tan bo‘ladigan barcha munosabatlarni ham belgilab berar edi.
Xuddi shu joydan — insonning ichki olamida bo‘ladigan
o'zgarishlarni bilishga qadam qo‘yilardi. Endilikda inson ichki
olamini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, hatto stoiklar zamonasiga
qaraganda ham ortib ketgan edi.
Ma’lumki, insonning ichki olami, ayniqsa, uning qalbini
qadimgi Yunon faylasuflari, ba’zan kosmik hayotga, ya’ni
«mikrokosm»ga, ba’zan esa bir butun ijtimoiy turmushga teng-
lashtirgan edilar. Qadimgi zamonda insonni aqlli ijtimoiy hay
von, deb atash urf bo‘ldi. 0 ‘sha paytlardan e’tiboran insonning
ma’naviy qiyofasi bilan u yashayotgan ijtimoiy muhit orasidagi
antik analogiya vujudga kelgan edi.
Qadimgi zamon Yevropa faylasuflarining inson ma’naviy qi
yofasi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini Avgustin yanada rivojlantirdi.
Avgustinning
tu sh u n tirish ich a,
kosmos
ustida
faoliyat
ko‘rsatmoqchi bo‘lgan bunyodkor inson qalbi o‘ta murakkab
bo‘lib, uning sir-u asrori, hatto o‘ziga ham ma’lum emas. Bun
day qalbga faqat Xudoning o‘zi yo‘l topadi. 0 ‘z navbatida,
insonning o‘sha murakkab qalbiga yo‘l topish insoniyatni saqlab
qolish uchun zarur. Xuddi shunday yo‘l bilan insonda mavjud
bo‘lgan gunohkor, noxush o‘ylami yuvib tashlash uchun im-
koniyat yaratiladi.
Inson ichki olamini o‘rganishga bo'lgan e’tiboming ortib
borishi, undagi «Men» tuyg'usining kuchayib ketishiga katta turtki
bo‘ladi. Bunday tuyg‘u haqidagi mulohazalarni qadimgi zamon
xristian falsafasi hali eshitmagan va bilmagan edi. Xuddi shu
asnoda o‘rta asr xristian falsafasida «Men» tushunchasining shakl-
lanish jarayoni boshlandi. Boshqacha aytganimizda, o‘rta asrlarda
inson ichki olamini o'rganishga qadam qo‘yildi.
0 ‘rta asr xristian falsafasining eng muhim xususiyatlaridan
biri inson tarixiy taraqqiyot natijasidir, degan qoidaning yara-
tilishi edi. Chunonchi, o‘rta asrning boshlanishi bilan tarix muam-
molariga qiziqish avj olib ketdi. Boshqacha aytganimizda, qadimgi
61
zamon ijtimoiy ongidan o‘rta asr ijtimoiy ongi o‘zining tarixiy
taraqqiyot muammolariga intilishning ortib borganligi bilan tub-
dan farq qiladi. Qadimgi zamonda, masalan, qadimgi Yuno-
nistonda Gerodot, Fukodid kabi mashhur tarixchilar tarixiy
taraqqiyot jarayonini o‘rganishga e’tiborni qaratishgan bo‘lsa-da,
lekin tarix hali ontologik reallik deb qaralmas edi. Chunki qadimgi
Afinada, Rimda borliq deganda koinot, tabiat tushunilar edi.
Tarix, tarixiy taraqqiyot jarayoni esa borliq deb hisoblanmas
edi. 0 ‘rta asr xristian falsafasida qadimgi zamonning «Muqaddas
koinoti» o‘rniga «Muqaddas tarix» vujudga keldi.
0 ‘rta asr xristian falsafasida «Muqaddas tarix»ning vujudga
kelishi, Xudoning inson qiyofasida (ya’ni, lusis qiyofasida)
namoyon bo‘lishi — buyuk tarixiy voqea edi. Shuningdek, xris
tian diniga e’tiqod qilgan bandalarni, har qanday balo-qa-
zolardan ozod qiladigan zamonlarning kelishi haqidagi orzu-
istaklari ham buyuk tarixiy voqea edi. Tarixiy taraqqiyotning
oxirini kutish, jannat — behisht, bog‘i-Eramdagi farovon tur-
mush haqidagi orzular, boshqacha qilib aytganimizda, o'rta asr
tafakkuridagi esxatalogik1 yo‘l-yo‘riqlar, o‘rta asr Yevropa fay-
lasuflarini tarixiy taraqqiyot haqida fikr yuritishga majbur qildi.
Natijada, tarixiy taraqqiyot haqiqiy borliqqa aylandi. Lekin o'sha
borliq baribir «Muqaddas tarix» chig‘irig‘idan o‘tkazib o‘rganildi.
Ming yillar davomida yaratilgan muqaddas tarixiy yozuvlarni
o‘rganish, ulami turlicha tavsiflash, ta ’riflash, sharhlash, tarixiy
taraqqiyot jarayonini o‘rganishning yangi uslubini vujudga kel-
tirdi. Ushbu uslub keyinchalik germenevtika deb ataldi. Bu us-
lubdan o‘rta asrda xristian dini qoidalarini sharhlashda keng
foydalanildi. Bu uslub tarixiy voqealami chuqurroq, har to
monlama o ‘rganishga asos bo‘ldi.
»
Tarixiy voqelikni bilishga bo'lgan intilish inson qalbini, in
sonning ichki olamini o‘rganishga bo'lgan ehtiyoj bilan qo‘shilib,
inson xotirasi qobiliyatini bilishga turtki bo'ldi. Inson xotirasi
qobiliyatini o‘rganish esa, tarixiy bilimlaming antropologik asosini
tashkil etadi. Xuddi shu holatni, ya’ni inson xotirasini Avgustin
birinchilardan bo‘lib yangi tushuncha — zamon tushunchasi
yordamida o‘rganishni tashkil etdi.
Tarixiy taraqqiyot jarayonini, xususan, inson bosib o‘tgan
Do'stlaringiz bilan baham: