O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet344/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A



Фейербах  JI.  Избранные  философские  произведения.  В  двух  томах.  Том

1.  М .,  1955,  190-bet.

337



Feyerbax  odamlarning  baxtli-saodatli  bo‘lishlarini  orzu  qiladi. 

Uning  e’tirof  etishicha,  odamlarning  baxtli-saodatli  bo‘lishi  ijti­

moiy  muhit  bilan  bog‘liq.  Chunonchi,  ijtimoiy  muhit  insonning 

baxt-saodatga  erishishi  uchun  qulay  shart-sharoit  yaratishi  yoki 

to‘sqinlik  qilishi  mumkin.  Odamlar  baxtli-saodatli  bo‘lishlari  uchun, 

jamiyatning  barcha  sohalarida  ijtimoiy  adolat  prinsiplari  hukm- 

ronlik  qilmog‘i  darkor.  Baxt-saodat,  eng  awalo,  insonning  mod- 

diy-ma’naviy  ehtiyojlarining  qondirilishida  namoyon  bo‘ladi.  In­

sonning  baxt-saodatga  erishishida  uning  irodasining  mustahkamli- 

gi,  prinsipialligi  alohida e’tiborga  molikdir.  0 ‘z  navbatida,  inson 

baxt-saodatga  erishmog'i  uchun  boshqalar  bilan  birlashmog‘i  lozim, 

degan  g‘oyani  ilgari  suradi.  Faylasufning  ta’kidlashicha,  odam- 

laming  baxt-saodatga  intilishi,  u  yaratgan  axloq  ilmining  asosini 

tashkil  etadi.

Feyerbax  jamiyatda  ijtimoiy  adolat  prinsiplarini,  kishilar 

o‘rtasida  tenglik,  do‘st-u  birodarlikni  qaror  toptirishning  yagona 

yo‘li,  yangi  din  —  muhabbat  dinini  shakllantirishdir,  deb  biladi. 

Uning  fikriga  muvofiq,  bunday  din  gumanistik  axloq  rolini 

bajarmog'i,  fuqarolami  bir-birlariga  nisbatan  mehr-oqibatli  qilib 

tarbiyalamog‘i  lozim.  Bu  dinga  ko‘ra,  «Inson  insonga  Xudo»ga 

aylanmog‘i  kerak.  Kishilar  tabiatida  mavjud  bo‘lgan  xudbinlik, 

hasad  kabi  g'ayrigumanistik  illatlami  bartaraf  etmog‘i  zarur.

Feyerbaxning  fikriga  ko‘ra,  yangi  dindagi  muhabbat  xudbin­

lik,  hasadning  o‘zi  emas,  balki  kishilami  undan  ozod  qiluvchi 

vositadir.  Muhabbat  —  kishilami  xudbinlikdan,  hasaddan  quti- 

lishga  undovchi,  ulami  yaxshilikka,  ezgulikka  da’vat  etuvchi  buyuk 

quroldir.  Aniqroq  qilib  aytganda,  Feyerbax  yaratgan  bu  qurol  — 

yaratish,  bunyod  etish  qurolidir.  Shuning  uchun  ham  muhabbat 

dini  jamiyat  hayotining  muhim  prinsipiga  aylanmog‘i  darkor. 

Faylasufning  muhabbat  haqidagi  fikr-mulohazalari  o‘zining  sodda, 

oddiyligiga  qaramasdan  yangi  gumanistik  g'oyalami  yaratish  uchun 

asos  yaratdi.

Feyerbaxning  tushuntirishicha,  antropologiya  tufayli,  inson 

dinning  haqiqiy  mazmunini  bilib  oladi.  Uning  fikriga  muvofiq, 

inson  tabiatida  mavjud  bo'lgan  turli  his-hayajonlar,  kechinma- 

lar,  iztiroblar,  chunonchi,  quvonch  va  tashvish,  muhabbat  va 

loqaydlik,  qo'rquv  va  jasorat  mavjudligi  uchun  yuzaga  keladi. 

Bunday  ruhiy  kechinmalar  bo'lmasa  dinga  ehtiyoj  tug‘ilmas  edi.



338


Yuqoridagi  fikr-mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  klassik  fal­

safa  namoyandalari  insonning  inson  darajasiga  ko‘tarilishida  aql 

asosiy  rol  o‘ynaydi,  deb  tushuntirdilar.  Insondagi  intellektual 

imkoniyatlarni  qadrladilar.  Lekin  inson  tarixiy  taraqqiyotning 

mahsuli  ekanligini  e’tiborga  olmadilar.  Shunday  bo‘lishiga  qara- 

masdan,  klassik  falsafa  namoyandalari  inson  falsafasi  taraqqiyo- 

tiga  munosib  hissa  qo'shdilar.  Chunonchi,  nemis  klassik  falsafa­

sining  namoyandalari:  birinchidan,  dialektika  ta’limotini  har 

tomonlama  rivojlantirdilar.  Uni  faqat  «sof  aqlni  tanqid»  qiluvchi 

vosita  (Kant)  emas,  balki  insonning  eng  nodir  qobiliyati  — 

bilishning  yaxlit  bir  butun  sistemasi,  deb  tushuntirdilar.  Ik- 

kinchidan,  dialektik  fikrlash  uslubini  tarixiy  taraqqiyot  jarayo- 

niga  tatbiq  etib,  ijtimoiy  taraqqiyot  qonunlarini  yaratishga  urinib 

ko‘rdilar.  Uchinchidan,  ijtimoiy  taraqqiyot  doimo  harakatda 

bo‘lgan  jarayon  ekanligi,  ertami-kechmi  faylasuflar  ijtimoiy 

taraqqiyot  qonunlarini  bilib  olishlariga  ishonch  hosil  qildilar. 

Gumanistik  g‘oyalarni  har  tomonlama  ulug‘ladilar.  Insonni 

e’zozlash  falsafaning  vositasi  emas  (Kant),  balki  asosiy  maqsa- 

didir,  uning  universal  predmetidir  (Feyerbax),  degan  xulosaga 

keldilar.

XIX  asming  ikkinchi  yarmida  Yevropada  bir  guruh  fayla­

suflar  klassik  falsafa  an’analarini  qattiq  tanqid  qilgan  bo‘lsalar, 

ikkinchi  guruh  faylasuflar  uning  asosiy  qoidalarini  himoya  qila 

boshladilar.  Boshqacha  aytganimizda,  Yevropa  falsafiy  tafakkuri- 

ning  bir  qutbida  klassik  falsafaning  tanqidchilari,  ikkinchi  qut- 

bida  uning  himoyachilari  to ‘plana  boshladilar.  Shuning  uchun 

ham  XX  asr  falsafasining  eng  muhim  xususiyati  —  antiklassik 

va  noklassik  falsafa  paydo  bo‘lganligi  bilan  xarakterlanadi.

XIX  asrning  40—50-yillarida  neokantchilik,  neogegelchilik, 

neotomizm,  marksizm  tarafdorlari  klassik  falsafa  an’analarini 

himoya  qila  boshladilar.  Xususan,  neokantchilik  falsafasi  asosiy 

qoidalarini  shakllantirishda  Marburg  va  Baden  maktabi  namo­

yandalari  fidoyilik  qildilar.  Marburg  maktabining  asoschilari: 

G .K ogen 

(1842—1918-y.), 

P .N ato rp  

(1854 -1 9 2 4 -y .),

E.Kassirerlar  (1874—1945-y.)  Immanuil  Kantning  transenden- 

tal  falsafasini  rivojlantirishga  harakat  qildilar.  Boshqacha  aytga­

nimizda,  bilishning  transendental  uslubini  yaratishga,  ilmiy  bil­

ish  jarayonini  psixologizmdan  xalos  qilishga  urindilar.

339



Marburg  falsafa  maktabi  namoyandalari  fikriga  ko‘ra,  inson 

ilmiy  bilimlarining  manbai  bilinishi  zarur  boigan  subyekt,  ya’ni 

inson  ongining  strukturasi  emas,  balki  fanning  mantiqiy  struk- 

turasidir.  Ko‘rinib  turibdiki,  marburgliklaming  ishontirishicha, 

bilish  jarayoni  ichki  strukturasini  o'rganishni  bilish  jarayonining 

o‘zidan  emas,  balki  bu  jarayondan  tashqarida  turgan  boshqa 

aloqalardan  boshlash  zarur.  Bunday  holatda  bilish  jarayoni  sof 

bilish  mantig‘iga  aylanib  qoladi.  Shuningdek,  marburgliklar  in­

son  bilimlarini  hosil  qilish  jarayonini  aniq  fanlarning  mantiqiy 

asosiga  tayanib  o‘rganish  lozim,  deb  tushuntiradilar.  Mantiq  inson 

bilimlarining  haqiqatga  muvofiqligini  emas,  balki  to‘g‘riligini, 

vujudga  kelish  jarayonidagi  umumiylik  va  zaruriylik  qonuniyat- 

larini  o ‘rganmog‘i  lozim,  degan  fikr-mulohazalarni  o'rtaga  tash- 

laydilar.

Neokantchilik  g‘oyalarini  har  tomonlama  rivojlantirishda  Baden 

falsafa  maktabi  namoyandalari:  V.Vindelband  (1848—1915-y.), 

G.Rikkert  (1863—1936-y.)  munosib  ulush  qo‘shdilar.  0 ‘zlarining 

butun  sa’y-harakatlarini  ilmiy  bilish  metodologiyasini  yaratishga 

qaratdilar.  Badenliklarning  tushuntirishicha,  tabiiy  fanlar  hodisa 

va  voqealarning  takrorlanib  turadigan  tomonlarini  o‘rganmog‘i, 

bunda  umumlashtirish,  qonunlashtirish  (rasmiylashtirish)  uslub- 

lariga  tayanmog‘i,  madaniyat  haqidagi  fanlar  esa  individuallash- 

tirish,  tasvirlash  uslublaridan  foydalanishi  zarur.

Baden  falsafa  maktabi  namoyandalari,  olamdagi  eng  noyob 

mavjudot  —  insonni  o‘rganishda,  uning  individual,  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini  umuminsoniy  qadriyatlar  chig‘irig‘idan  o'tkazib 

tahlil  qilish  zarurligini  alohida  ta’kidlaydilar.  Insonning  inson  bo‘lib 

shakllanish  jarayonida  umuminsoniy  qadriyatlarning  ahamiyati 

beqiyos  ekanligini  ta’kidlash  bilan  birga,  G.Rikkert  aytganidek, 

qadriyatlami  baholash  bilan  qo‘shib-qorib  yuborib  bo‘lmaydi. 

Chunki  baholash  —  bu  aniqlangan  dalillar  chig‘irig‘idan  tashqariga 

chiqa  olmaydigan,  subyektiv  munosabatlardir.  Qadriyatlar  esa 

subyektga  bog‘liq  bo‘lmagan  reallikdir.  Ulaming  har  qaysisi  o‘zicha 

alohida  harakat  qiladi.  Qadriyatlar  aprior,  transendental,  umum 

ahamiyatga  ega  bo'ladi.  G.Rekkert  o‘rinli  ta’kidlaganidek,  qadri­

yatlar  individuallikning  ta’rifi  emas,  balki  shaxs  individual  ongi 

orqali  ijtimoiy  aloqalami  vujudga  keltiruvchi,  ijtimoiy  ongning 

ideal  shaklidir.  Individual  va  ijtimoiy  ong  orasidagi  o‘zaro  aloqa-

340



dorlik  tarix  va  madaniyat  to‘g‘risidagi  fanlarda  o‘z  ifodasini  topadi 

hamda  qadriyatlami  individuallashtirishning  muhim  sharti,  deb 

hisoblanadi.

Kant  asos  solgan  nazariy  va  amaliy  aql  o'rtasidagi  farqqa 

tayanib,  neokantchilar  falsafa  bilan  fan  o‘rtasida  chegara  bor, 

deb  o‘ylaydilar.  Ularning  fikriga  muvofiq,  fan  nazariy  fikr-mu- 

lohazalarga,  hodisalar  va  voqealar  to ‘g‘risidagi  em pirik 

ma’lumotlarga  asoslansa,  falsafa  turli  normalami,  qadriyatlami 

o‘rganishi  zarur.

Shuning  uchun  falsafa  —  aksiologiya,  ya’ni  qadriyatlar 

to‘g‘risidagi  ta’limot  bo'lib,  uning  predmeti  subyekt  bilan  qadriyat 

orasidagi  aloqadorlikni  o'rganishdan  iborat  bo‘lmog‘i  lozim  emish. 

Shunday  qilib,  neokantchilar  inson  o‘zligini  anglash  taraqqiyo- 

tida  qadriyatlarning  ma’lum  ierarxiyasini  aniqlab  berishga  intil- 

dilar.  Falsafiy  bilimlarning  yangi  tarmog‘i,  qadriyatlar  haqidagi 

fan  —  aksiologiyaga  asos  soldilar.

Noklassik  falsafa  taraqqiyotiga  diniy  falsafa  ham  o‘z  ta’sirini 

o'tkazdi.  Bunday  holatni  klassik  falsafa  an’analarini  himoya  qilib 

chiqqan  falsafiy  oqim lardan  biri  —  neotom izm da  yaqqol 

ko‘rishimiz  mumkin.

Neotomizm  —  katolitsizmning  tarmoqlaridan  biri  bo‘lib,  XIX 

asming  70-yillarida  Vatikanning  qarorlari  ta’sirida  vujudga  keldi. 

Uning  asoschisi  —  Rim  papasi  Lev  XIII  dir.  Neotomizm 

g'oyalarini  jahonda  targ‘ibot  va  tashviqot  qilishda  XX  asming 

mashhur  neotomistlari:  J.M ariten  (1882— 1973-y.),  E.Jilson 

(1884— 1978-y.),  G .M arsel  (1889—1973-y.),  P.Teyyar  de 

Shardenlar  (1881—1955-y.)  jonbozlik  qildilar.

Neotomizm  o‘rta  asr  tomizmidan  tubdan  farq  qiladi.  Unda 

Foma  Akvinskiy  qarashlaridagi  asosiy  g'oyalar  nemis  klassik  fal­

safasining  asoschilari  Kant,  Shelling,  Gegel  qarashlari  bilan 

birlashtiriladi.  Ana  shunday  nuqtayi  nazar  bilan  fikr-mulohaza 

yuritgan  neotomistlaming  tushuntirishicha,  insoniyat  bosib  o‘tgan 

tarixiy  taraqqiyot  har  bir  kishining  xatti-harakatiga  bog'liq  bo lib, 

oldindan  transendental  kuchlar  tomonidan  belgilab  beriladi.

Nemis  klassik  falsafasi  yutuqlariga  suyangan  neotomistlar 

din  bilan  fanni  bog‘lamoqchi  bo‘ladilar.  Neotom istlam ing 

tushuntirishicha,  din  va  fan  hech  qachon  biri  —  ikkinchisiga 

zid  kelmaydi,  balki  biri  ikkinchisini  to'ldiradi.  Din  ham,  fan



341


ham  aslida  odamlarni  yagona  maqsadga  yetaklovchi  ikki  yo‘ldir. 

Ular  yagona  maqsad  deganda  Xudo  tom on  borishni  nazarda 

tutadilar.

Neotomistlar  fikriga  muvofiq,  inson  aqliy  bilishining  manbai 

tafakkurdir.  Olamdagi  barcha  mavjudotlar  yaratuvchisi  Xudo 

bo‘lganidek,  inson  tafakkurini  ham  Xudo  yaratgan.  Shuning 

uchun  inson  aql-zakovatining  asosiy  maqsadi  —  Olloh  marha- 

matini  bilishga  qaratilmog'i  darkor.  Lekin  insonning  bilish  bo­

rasidagi  faoliyatining  chegarasi  bor.  Inson  ilmiy  bilish  yorda­

mida  faqat  tabiatda  sodir  bo'ladigan  hodisalar,  voqealar  sir-u 

sifatlarini  bilib  olishi  mumkin,  afsuski,  dinda  bo‘ladigan 

o‘zgarishlarning  sababini  bila  olmaydi.  Chunki  diniy  aqidalar 

inson  aqli  imkoniyatlaridan  ustun  turadi,  inson  aql-zakovati 

yordamida  Xudo  borlig'ini  bilib  bo‘lmaydi.  Inson,  yuqorida  e’tirof 

etilganidek,  faqat  moddiy  olamda  sodir  bo‘ladigan  o'zgarishlarni 

bilish  orqali  Olloh  qudrati  va  ifodasini  biladi.

N em is  klassik  falsafasining  ratsionalistik,  gum anistik 

an’analariga  suyangan  neotomizm,  XIX  asming  70-yillarida  olam 

bilan  odam  orasidagi  o'zaro  aloqadorlik  muammolarini  Xudo 

borlig'i,  uning  karom atlari,  olijanob  fazilatlari,  xislatlari 

chig‘irig‘idan  o‘tkazib  tahlil  etgan  bo'lsa,  XX  asrga  kelib  o‘zining 

hayotdagi  mo'ljallarini  (orientatsiyasini)  tubdan  o‘zgartirdi. 

Boshqacharoq  aytganda,  neotomizm  ham  diniy  falsafaning  boshqa 

yo'nalishlari  kabi  o‘zining  hayotdagi  orientatsiyasini  qayta  ko‘rib 

chiqdi.  Taig'ibot  va  tashviqot  markaziga  inson  va  uning  manfaat- 

larini  himoya  qilishni  maqsad  qilib  qo'ydi.  Butun  kuchini  odam­

larni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  sadoqat  ruhid^  tarbi- 

yalashga,  jahonda  tinchlikni  barqaror  qilishga  safarbar  etdi.

Klassik  falsafa  an’analarini  himoya  qilishda  neogegelchilar: 

R.Kroner  (1884—1974-y.),  G.Lasson  (1862— 1932-y.),  B.Kroche 

(1866—1952-y.),  J.Jentile  (1875-1944-y.),  F.Bredli  (1846-1924- 

y.),  J.Roysa  (1855—1916-y.),  J.Val  (1888-1974-y.),  A.Kojev 

(1902—1968-y.).  J.Ippolit  (1907—1968-y.)  «Gegel  tomon  orqaga 

qaytish»  shiori  ostida  targ'ibot  va  tashviqot  ishlarini  olib  bordilar. 

Klassik  falsafa  qoidalarini  tanqidiy  o‘iganishda  va  uning  gumanistik 

asoslarini  har  tomonlama  rivojlantirishda  nemis  mutafakkirlari  Karl 

Marks  (1818—1883-y.)  va  Fridrix  Engels  (1820—1895-y.)  fido- 

yilik  qildilar.



342


Hozirgi  zamon  ilmiy-falsafiy  adabiyotlarda  Karl  Marks  va 

Fridrix  Engelsning  gumanistik  qarashlari  yuzasidan  bir-biriga 

qarama-qarshi  fikrlar  bayon  qilinmoqda.  Xususan,  ayrim  tad- 

qiqotchilar  Karl  Marksning  inson  to ‘g‘risidagi  ta ’limotini  tan- 

qidiy  tahlil  qilsalar,  ikkinchi  guruh  jamiyatshunoslar  Karl 

Marks  ijtimoiy-iqtisodiy  qarashlarida  inson  muammosiga  e’tibor 

bermagan,  o ‘zining  butun  diqqat-e’tiborini  kapitalistik  ishlab 

chiqarish  usulining  mohiyatini  ochib  berishga  qaratgan,  de- 

yishmoqda.  Uchinchilari  esa  Karl  Marks  falsafada  inson  muam- 

mosini  hal  qilishda  baholi  qudrat  o‘z  hissasini  qo‘shdi,  de- 

moqdalar.

Fikr  va  mulohazalarning  turli-tuman  bo‘lishidan  qat’i  nazar 

Karl  Marksning  inson  to ‘g‘risidagi  qarashlariga  xolisona  baho 

berish,  inson  to‘g‘risidagi  fikr-mulohazalari  qanday  bo‘lsa  shun- 

dayligicha,  har  qanday  siyosiy  bo‘yoqlarsiz  kelajak  avlodlarga 

yetkazish,  bugunning  talablariga  javob  bermaydigan  qoidalarini 

tanqid  qilish  va  ijobiy  tomonlarini  saqlab  qolish,  undan  tan- 

qidiy  foydalanish  insonshunoslikning  dolzarb  vazifalaridan 

biridir.

Alohida  ta ’kidlash  zarurki,  K.Marks  falsafiy  ta ’limotining 

ayrim  tanqidchilari  uning  qarashlarini  soxtalashtirayotirlar. 

Marks  qarashlaridagi  gumanistik  fikr-mulohazalar  mohiyatini, 

undagi  fuqarolami  har  qanday  zulmdan,  zo‘ravonlikdan  ozod 

qilishga,  insonni  har  tomonlama  erkin  rivojlanishi  uchun  zarur 

bo'lgan  shart-sharoitlarni  yaratib  berishga  qaratilgan  ijtimoiy 

yo‘nalishni  tushunib  yetmayotirlar  yoki  tushunishni  istama- 

yotirlar.

Inson  to ‘g‘risidagi  markscha  konsepsiya  ham  jahon  ijtimoiy 

taraqqiyotining  rivojlanish  darajasidan  kelib  chiqdi.  Chunon- 

chi,  ijtimoiy  munosabatlardagi  keskin  o‘zgarishlar  insonning 

axloqiy  degrodatsiyaga  giriftor  b o iish i,  uning  ongi  va  faoli­

yatida  begonalashuvning  vujudga  kelishi  sabablarini  har  to ­

monlama  tahlil 


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish