O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Ushbu  miniatyura  hozir  Vashingtondagi  Frir  galereyasida  saqlanmoqda  (Xalq



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

Ushbu  miniatyura  hozir  Vashingtondagi  Frir  galereyasida  saqlanmoqda  (Xalq 

so ‘zi,  2000,  23-noyabr).

271


salla,  egnidagi  turli  naqshlar  bilan  to'ldirilgan  libos,  bir-biriga 

mos  tushgan.  O'sha  shohona  libosning  yelka  va  ko‘krak  oldi 

naqshlarida,  o‘sha  zamonning  naqqoshlik  san’ati  o‘z  aksini  top- 

ganligini  darhol  payqash  mumkin.

Husayn  Boyqaro  ruhiy-ma’naviy  olamining  o‘ziga  xos  xu­

susiyatlari,  xususan,  uning  didining  balandligi,  nozik  tabiatli 

inson  ekanligi  uning  qo‘l  harakatlarida  o‘z  ifodasini  topgan. 

Boyqaroning  kipriklari,  qoshlari,  barmoqlarining  holatidan  tabiiy- 

ijtimoiy  muhitda  sodir  bo'layotgan  o‘zgarishlarni  ilg‘ab  olish 

mumkin.  Ana  shu  aloqadorlik  asarda  o‘ta  ustakorlik  bilan  tasvir- 

langan.  Xuddi  shuning  uchun  ham  Husayn  Boyqaroning  port- 

retdagi  chehrasidan  uning  go‘zallikka  intilishi,  odamlarga  yaxshi­

lik  istashi  sezilib  turibdi.  Bir  ibora  bilan  aytganda,  «Sulton 

Husayn  Boyqaro»  portreti  yordamida  Kamoliddin  Behzod  o‘z 

zamonasi  hukmdorining  quvonchlari  va  tashvishlari  haqida  aniq 

m a’lumot  berishga  harakat  qiladi.

Kamoliddin  Behzod  asarlarida  kishilarni  tabiat  manzaralaridan 

zavq  olishi,  ovdagi  holatlari,  jang  voqealarini  ham  tasvirlashga 

alohida  e’tibor  berilgan.  Xuddi  shuning  uchun  ham  Amir  Temur 

saroyida  bir  necha  bor  qabul  marosimlariga  ishtirok  etgan  ispan 

elchisi  Klavixo  de  Gonsales  o‘z  kundaligida  qayd  etganidek, 

«Jang  voqealari»,  «Ov  m anzaralari»,  «O shiq-m a’shuqlar 

uchrashuvlari»  qabulxona  devorlarida  ham  o‘z  aksini  topgan  edi.

Kamoliddin  Behzod  o‘zi  yashab  ijod  qilgan  ijtimoiy  muhit- 

ni,  zamonasida  yuz  berayotgan  voqealar  tafsilotini,  odamlar 

ijtimoiy  qiyofasida  sodir  bo'layotgan  o'zgarishlami  yuksak  ma- 

horat  bilan  tasvirlagan.  Uning  asarlarida  o‘z  mehnati  bilan  za- 

mon  tashvishlarini  yelkasida  ko‘tarib  turgan  sodda,  beg‘ubor 

oddiy  odamlar  qiyofasi  tasvirlangan.  Bunday  holatni  uning 

«Zanjirband  sher»,  «Samarqanddagi  masjid  qurilishida»,  «Doro 

va  cho'ponlar»  kompozitsiyalaridan,  Sa’diy,  Navoiy,  Nizomiy, 

Jomiy,  Dehlaviy  va  boshqa  adiblaming  asarlariga  ishlangan  il- 

lyustratsiyalardan  darrov  ilg‘ab  olish  mumkin.

Behzod  qalbida  tug‘yon  urib  turgan  his-tuyg‘ulami,  ayniqsa, 

jamiyat  hayotida,  odamlar  xulq-atvori,  xatti-harakatida  mavjud 

bo'lgan  salbiy  holatlar,  g'ayriinsoniy  qiliqlardan  nafratlanish 

tuyg'usini  uning  asarlarida  tasvirlangan  qiyofalar,  basharalardan 

ilg'ab  olish  uncha  ham  qiyin  emas.

Shunday  qilib,  Kamoliddin  Behzod  Sharq  san’at  maktablari 

faoliyatini,  o'sha  maktablarda  yaratilgan  san’at  uslublarini  ma’lum



272


bir  sistemaga  solib,  yaxlit  bir  butun  Sharq  miniatyura  makta- 

bini  yaratdi.

Zamonasidagi  o‘zgarishlar,  ayniqsa,  insonning  ruhiy-ma’naviy 

qiyofasida  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlarning  real  holatini  o‘z 

asarlarida  tasvirlab,  jahon  sivilizatsiyasi  taraqqiyotiga  munosib 

hissa  qo‘shdi.  Shuning  uchun  ham  Sharqning  mashhur  tarixchisi 

Xondamir  o‘zining  «Habib  us-siyar»  solnomasida  Behzodni  afso- 

naviy  musawir  Moniyga  tenglashtirib,  uni  «Moniyi  Soniy»  («Ik- 

kinchi  Moniy»)  deb  ta’riflagan.

Shunday  qilib,  tasavvuf  o‘rta  asr  musulmon  falsafasining 

eng  yirik  yutug'i  bo‘lib,  insonning  ruhiy-ma’naviy  kamoloti 

to ‘g‘risidagi  ta’limotdir.  Bu  ta ’limot  musulmon  falsafasi  va  ax- 

loqi  zaminida  vujudga  keldi.  Lekin  musulmon  falsafasi  va  axloqi 

yutuqlari  bilan  chegaralanib  qolgani  yo‘q,  balki  jahon  ilm-fani 

yutuqlariga  tayandi.  Xususan,  Hind,  Xitoy,  Eron,  Turon  va 

Yunon  madaniyati  xazinasidan  bahramand  bo‘ldi.  0 ‘z  navba­

tida,  musulmon  madaniyati,  xususan,  falsafasiga  yangi  ma’no, 

yangi  mazmun  ato  etdi.  Uni  demokratlashtirdi.  Nafs,  mol-u 

dunyo,  ta’ma  va  shahvoniy  hirs  qurbonlariga,  shon-shuhrat, 

mansab  va  amal  shaydolariga,  ikkiyuzlamachi,  riyokor  taqvo- 

dorlarga  shafqatsiz  zarba  bo‘ldi.

Tasavvuf  har  qanday  aqidaparastlikdan  ustun  turadigan 

ta ’limotdir.  Aqidaparastlik,  mazhabparastlik  insonning  ruhiy- 

ma’naviy  olamini  toraytiradi,  zaiflashtiradi.  Tasavvuf  ta’limotining 

bilimdoni,  professor  Najmiddin  Kornilov  ta ’kidlaganidek,  in­

sonni  muayyan  bir  sxolastik  tushunchalar  kishaniga  solib  qo'yadi1. 

Xuddi  shuning  uchun  ham  tasavvuf  mazhablari  orasida  sodir 

bo'lgan  turli  bahs,  munozaralarni  ma’nosiz,  behuda  qilingan 

sa’y-harakatlardir,  deb  qaraydi.  Musulmonlarni  ushbu  haqiqatni 

anglab  olishga  va  yagona  sunniylik  g'oyalari  atrofida  birlashishga 

da’vat  etadi.  Tasavvuf  gumanizmining  umumjahon  ma’naviy 

madaniyatining  tarkibiy  qismiga  aylanib  ketishining  asosida  ham 

xuddi  shu  haqiqat  yotadi.

Tasawufning  jahon  ma’naviy  madaniyati  xazinasiga  qo‘shgan 

eng  muhim  hissalaridan  biri  —  uning  taqlidchilik,  zohirbinlik- 

ning  jaholat  ekanligini  isbotlab  berganidir.




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish