O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/48
Sana17.11.2019
Hajmi1,51 Mb.
#26258
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
uzbktarixi uzl


A d a b i yo t    50-80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi. 

Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning «Nur 

qidirib» va «Quyosh qoraymas», Sh.Rashidovning «Qudratli to’lqin», 

Shuhratning «Shinelli yillar», Said Ahmadning «Ufq», O.Yoqubovning «El 

boshiga ish tushsa», H.G’ulomning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi. 

Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi 

«Oltin vodiydan shabadalar »(Oybek ), «Qo’shchinor chiroqlari» va «Sinchalak» 

(A.Qahhor), «G’oliblar» va «Bo’rondan kuchli» (Sh.Rashidov), «Ixlos» 

(I.Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning 

«O’qituvchi» romani qishloq ziyolilari faoliyatini ochib berdi . 

Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O.Yoqubovning 

«Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamondashlarimizning 

ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettirildi. Rahmat Fayziyning «Hazrati 

inson», O’.Umarbekovning «Odam bo’lish qiyin», O’.Hoshimovning «Nur borki, 

soya bor» romanlarida odob-axloq masalalari yoritildi. 

O’zbek she’riyatining 60-80-yillardagi tarqqiyoti A.Oripov, E.Vohidov, 

Sayyor, N.Nazrullaev, B. Boyqobilov, E. Oxunova, O.Hojieva, 

H.Hudoyberdieva, O.Matjon va boshqa ko’plab shoirlarning ijodiy kamoloti 

bilan bog’liq holda kechdi. Uyg’unning «Abu Rayhon Beruniy», O.Yoqubovning 



 

255


«Ulug’bek xazinasi»,M.Shayhzodaning «Mirzo Ulug’bek» kabi tarixiy 

mavzudagi asarlari yaratildi.  

 

S a n ‘ a t    O’bekistonda teatr va musiqa san’ati bir muncha o’sdi. Hamza 

nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va «Yuliy Tsezar», Uyg’unning 

«Navbahor», Abdulla Qahhorning «Shohi so’zana», N.Hikmatning «Sevgi 

afsonasi», Uyg’un va I.Sultonning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi . 

O’zbek davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali faoliyat 

ko’rsatdi. Faqat T.Jalilov nomidagi O’zbek davlat orkestri repertuaridan 1300ga 

yaqin asarlar o’rin oldi. «Lazgi», «Shodlik», «Go’zal» xoreografik ansabllari 

ham o’zbek va boshqa qardosh xalqlar ashula va raqslarini namoyish etdilar. 

«Bahor» xalq raqs ansambli, Yalla vokal cholg’u ansambllari jamoalarining 

kontsertlari xalqqa manzur bo’ldi.  

O’zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M. Uyg’ur, E.Bobojonov, 

A.Ginzburg, T.Xo’jaevlar, aktyorlardan Abror Hidoyatov, O.Ho’jaev, A.Bakirov, 

S.Eshonto’raeva, Sh.Burhonov, N.Rahimov, R.Hamraev, Z.Muhammadjonov, 

B.Qorieva, Ya.Abdullaeva, G’.A’zamov, Yo.Ahmedov va boshqa san’atkorlar 

salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqimiz o’zbek san’ati dovrug’ini baland ko’targan 

H.Nosirova, M.Turg’unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova 

nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda. 

 

1946-1985 yillar O’zbekiston kino san’atining yuksalish yillari bo’ldi. 



N.G’aniev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo’ja Nasriddinning 

sarguzashtlari», «Farg’ona qizi» kabi kinofilmlar xalq olqishiga sazovor bo’ldi.  

 

60-70-yillarda o’zbek kino san’atiga  yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar 



kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroev, R.Botirov, E.Eshmuhammedov, 

H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning «Mahallada duv-duv gap» 

(1961), «Sen etim emassan»(1963), «Toshkent - non shahri» (1970), «Abu 

Rayhon Beruniy»(1974), A.Hamroevning «Shidddat»(1971), R.Botirovning 

«Seni kutamiz, yigit» (1972), E.Eshmuhammedovning «Nafosat»(1967) va 

«Umid qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu 

izlanishlari tasvirlangan. 

 

Tasviriy san’at rivojlandi. Ch.Ahmarov va O’.Tansiqboevlar devoriy 



rasmlar, mozaika va manzara janri bo’yicha, V.E.Kaydalov va M.Nabievlar 

portret janri bo’yicha muhim asarlar yaratdilar. Rassomlar, haykaltaroshlar va 

arxitektorlar birlashib yirik monumental binolarni, maydonlarni ta’mirlash, 

naqshlar, rassomlik va haykaltaroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. 

Poytaxtning yirik jamoat binolari M.Usmonov rahbarligida ganch o’ymakorligi, 

Q.Haydarov va O.Fayzullaev rahbarligida yog’och o’ymakorligi bilan bezatildi.  

O’zbek tsirk ustalari - Toshkenboevlar, Zaripovlar, Xo’jaevlar, 

Madalievlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqalarning 

chiqishlari, nafaqat O’zbekistonda, shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham 

muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi. 



 

256


 

Shunday qilib, Respublika madaniy-manaviy hayotida 1945-1985 yillarda 

muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o’rta maxsus ta’lim tarmog’i, 

aholining umumiy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxasislar, ijodiy ziyolilar 

darajasi sezilarli yuksaldi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa 

asarlari yaratildi, ma’naviy hayotda iste’dodli yoshlar o’rin olib bordi.  

 

3.  Ma’naviy hayot sohalaridagi mafkuraviy cheklashlar, byurokratik 

holatlarning avj oldirilishi va uning  oqibatlari 

 

Ikkinchi jahon urushidan keyingi O’zbekistonning ma’naviy-madaniy 

hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining 

bosimi tobora kuchayib borganligiga amin bo’lamiz. Negaki, kommunistik 

mafkura butun choralar bilan jamiyat ma’naviy hayotini o’z domiga tortishga, 

fuqarolarning ongi, dunyoqarashini o’z  g’oyalari, qarashlari ruhida tarkib 

toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida 

yoxud adabiyot va san’atda birdek namoyon bo’ldi. 

Kompartiya va sovet hukumati O’zbekistonda go’yo xalq ta’limi tizimini 

rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot bilan bog’lash 

bahonasi bilan haqiqatda bu sohaning asl mazmun, mohiyatini mafkuralashtirish 

yo’lini tutdi. O’sha davrda xalq ta’limi tizimining hukmron Markaz inon-

ixtiyorida bo’lganligini Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o’quv jarayonining 

barcha bo’g’inlariga taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo’llanmalar va 

boshqa o’quv jihozlari ham to’liq tasdiq etadi. Sovet mutasaddilari nima 

sababdan bu muhim sohani o’z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko’zlagan 

maqsadlari ma’lumdir. Shu bois Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek, «Eski 

qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski 

mafkuradan xalos bo’lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga 

o’rgatolmaymiz, axir». 

Ayniqsa kadrlar tayyorlash sifati past edi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, 

ko’pchilik xaqiqiy  bilim olish yoki malaka ortirish maqsadida emas, amal-taqal qilib 

diplomli  bo’lib  olish ilinjida oliy o’quv yurtlariga kirardi.  

  Buning ustiga o’quv yurtlariga kirgan talabalar, aytaylik, chinakam milliy ruhda 

chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan mahrum etilgandi. Negaki, bu ta’lim tizimi 

o’z mohiyati e’tibori bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi bilan yo’g’rilgan edi. U  

davrda yaratilgan barcha o’quv dasturlari, ta’lim andozalari, qo’lanmalar, darsliklar va 

boshqa o’quv jihozlari mana sha ruhda tayyorlanardi. 

Markazda bir guruh «bilog’on» mutaxassislar tayyorlagan, milliy huddudlar, u erda 

yashovchi odamlarning o’ziga xos hususiyatlari, milliy o’zliklari,  hayotiy tajribalari, 

an’analarini mutlaqo inkor etgan o’quv dasturlari, ta’lim hujjatlari butun SSSRdagi 

maktablar, o’quv yurtlariga to’g’ridan-to’g’ri majbur etilardi. 

Shuningdek, o’quv yurtlarining o’quv rejalari va dasturlari turli sabablar 

orqasida 60-70 yillarda uch marta o’zgartirildi. Har safar o’qitiladigan fanlar 

yangilari hisobiga ko’payib, o’quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning 



 

257


mustaqil o’qib, o’rganishlariga ajratiladigan vaqt esa tobora kamayib bordi. 

Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo’jalik ishlariga surunkali jalb etilishi ham 

o’quv jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. 

O’quv yurtlarida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug’chilik, oshna-

og’aynigarchilik, poraxo’rlik, tamagirlik singari xavfli illatlarning ildiz otishi 

hollari ham bu tizim obro’siga jiddiy putur etkazdi. Ayniqsa bundan kadrlar 

tayyorlash sifati sezilarli zarar ko’rdi.  

Ayni chog’da hukmron tuzum tazyiqi ilm-fan sohasini ham chetlab 

o’tmadi. Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida faoliyat ko’rsatuvchi 

ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ko’p sonli iqtidorli, salohiyatli 

ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va uning keng tarmoq otgan ilmiy 

markazi tasarrufiga bo’ysundirilgandi. Bu kuchlar sobiq tuzum mutasaddilari 

buyurtmasini bajarib, ko’p zamonlar milliy respublikalarda ilmu fan ravnaqiga, 

uning zahmatkash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e’tirof topishiga to’sqinlik 

qilardilar. Buning natijasida olimlarimizning ko’p yillik izlanishlari mahsuli 

bo’lgan qancha-qanchalab noyob kashfiyotlar, ixtirolar hayot yuzini ko’rmay, 

amaliyotga tatbiq etilmay qolaverardi. Buning ustiga ilm-fanda katta kashfiyotlar 

qilgan, o’z maktabini yaratgan respublikaning ne-ne mashhur allomalari ham 

sovet fanining bosh markazi – SSSR Fanlari Akademiyasi nazar-e’tiboridan 

chetda qolaverdi. Sovet hukmronligining butun 70 yillik davri davomida sobiq 

SSSR FA tarkibiga O.Sodiqov, H.Abdullaev, S.Yunusov, E.Yusupov singari 

barmoq bilan sanarli o’zbek olimlaringgina a’zo bo’lib saylanganligi fakti ham 

bunga jonli misol bo’la oladi.  

Hukmron sovet mafkurasi tazyiqi va iskanjasi ta’siridan respublikaning 



adabiy va madaniy jarayoni jabhasi ham chetda qolmagan, albatta. O’zbek 

adabiyoti o’zining buyuk istiqlol sari asta-sekin ilgarilab borishi davomida tez 

o’zgaruvchan tarixiy jarayonlarning kutilmagan ne-ne sinovlariga, hukmron 

tuzumning zarbalariga duch kelganligi shubhasiz. Shu nuqtai nazardan o’zbek 

ijodkorlari faoliyatiga baho beradigan bo’lsak, so’z sa’natkorlari vaziyat taqozosi 

bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi talablari va yo’l-yo’riqlarini 

bajarishga majbur etildilar. Shu bois ular sinfiylik, partiyaviylikka, marksizm-

leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod qildilar. Ijod erkinligining bunday 

cheklanganligi, tabiiyki, ijod ahlining emin-erkin faoliyat yuritishiga halaqit 

berar, ko’plab muhim ijtimoiy masalalarni haqqoniy, to’laqonli yoritishdan 

mahrum etardi. Shunday tarzda ijod etishga majbur bo’lishlik ko’plab shoiru 

adiblar uchun o’sha zamonda qismat bo’lgan. 

Hukmron tuzum mafkurasining kuchli bosimi san’at asarlari va ularning 

ijodkorlari faoliyatida ham o’z yaqqol ifodasini topmay qolmadi.  

 

Xo’shsovet davrida yaratilgan asarlarda qanday g’oyalar, tushunchalar 



ko’proq o’rin olgan edi? 

Agar bunga xolis javob beradigan bo’lsak, ularning ko’pchiligida sobiq 

tuzumni ulug’lash, sotsialistik jamiyat afzalliklarini, uning «yangi zamon 


 

258


kishilari» uchun ochib bergan «mislsiz» imkoniyatlarini ko’klarga ko’tarib 

maqtash ohanglari «ufurib» turadi. Bu hol amaliy, tasviriy san’at yoxud 

monumental san’at asarlariga ham birdek xosdir. 

Chunonchi, sovet hokimiyati davrida O’zbekistonda yaratilgan mahobatli 

haykallarning asosiy qismi «Inqilob yo’lboshchisi» - Leninga bag’ishlanganligi 

aniqdir. Shuningdek, Lenin va kompartiya mavzularini keng rejada yoritish va 

ulug’lash respublikada ishlangan va ekranlarga chiqarilgan behisob 

kinofilmlarning bosh mazmuni,mohiyatini tashkil etgani faktdir. Bunday filmlar 

sirasiga «Inqilob tongi», «Inqilob chavandozlari», «Yo’lchi yulduz», «Lenin 

yo’llanmasi bilan», «Olovli yo’llar» singari kino mahsulotlarini nisbat berish 

mumkin. Ularning bosh qahramonlari, «harakatlantiruvchi» kuchlari 

hamishagidek Lenin va uning yaqin safdoshlari, komfirqa rahnomalari edi. 

Bordiyu bu asarlarga asosiy qahramon etib mahalliy inqilobchi yohud ilg’or 

mehnat kishisi olingan taqdirda ham voqealarning o’sishi, rivoji davomida uning 

faoliyati «ulug’ og’alar» g’oyaviy-tarbiyaviy ta’sirida ularga qorishib, singishib, 

sezilarsiz holga kelib qolardi. Sovetlar mamlakatida shakllantirilgan qudratli 

mafkuraviy vositalar - radio, televidenie, matbuot va boshqa ommaviy axborot 

kanallari to’lig’icha hukmron tuzum minbariga aylantirilib, ular vositasida xalq 

ommasining ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zabt etish uchun tom ma’noda 

informatsion kurash olib borilgan. 

Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o’zbek zaminida qilgan qabohati, 

qoldirgan asorati yana shundaki, namoyon bo’ladiki, ular xalqimizning ming 

yilliklar qa’riga borib tutashuvchi bebaho ma’naviy qadriyatlari, umrboqiy 

udumlari va an’analarini yo’q qilish uning imoni, e’tiqodini  suslashtirish va 

barham toptirishga zo’r berib harakat etdilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini 

hukmron tuzumning har qanday topshirig’ini so’zsiz passiv, loqayd, manqurt 

kishilarga aylantirishga umid bog’lagan edilar. Ayniqsa bunday xatti-harakatlar 

totalitar tuzum o’zining so’nggi nafasini kechirayotgan 80-yillarning ikkinchi 

yarmida avj oldirilganligi faktdir. Ma’naviyatimiz dushmanlari hatto xalqimiz 

asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan milliy bayramimiz – «Navro’z»ni ham 

tortib olish payida bo’ldilar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib etildi. 

Shunga qaramay iymon-e’tiqodi but, buyuk ajdodlar udumlariga sodiq o’zbek 

xalqi o’z Navro’zini xoh oshkora, xoh pinxona bo’lsin, baholi qudrat nishonlash, 

u bilan bog’liq xayrli marosimlarni o’tkazishda davom etdi va bu orqali yorug’, 

dorilamon zamonlar kelishiga umidvorlik tuyg’usi bilan intiqib yashadi.  

Nihoyat, Mustaqillik davri kelib boshqa bebaho milliy qadriyatlarimiz 

qatorida Navro’zimiz ham o’z munosib maqomiga ega bo’ldi va xalqimizning 

eng sevimli bayrami sifatida o’tkaziladigan bo’ldi.  

Xullas, o’zbek xalqi totalitar tuzumning barcha makkorona nayranglari, 

zug’umiga dosh berib, o’z boshiga tushgan og’ir sinov-sinoatlarni mardonavor 

engib, oxir-oqibatda g’olib chiqdi. Uning tabiatan bardoshligi, e’tiqodida 

sobitligi, ma’naviy, islomiy qadriyatlarga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi, 

qolaversa, buyuk bobokolonlarimiz ma’naviy sarchashmalaridan to’yinganligi – 


 

259


bular hukmron tuzum zulmkorlarining har qanday nayrangu urinishlaridan ustun 

keldi. 


 

Sinov savollari 

 

1. 


Sovetlarning «Madaniy inqilob» g’oyasining asl maqsad, muddaosi 

nimada edi? 

2. 

Ular O’zbekistonda xalq ta’limini rivojlantirishga qanday nuqtai 



nazardan yondashdilar? 

3. 


Respublikada Oliy va o’rta maxsus ta’limni shakllantirish va 

rivojlantirish zaruriyatini qanday sabablar va omillar taqozo etgandi? 

4. 

Oliy ta’lim muammolari nimalarda aks etgan edi? 



5. 

O’zbekistonda ilm-fan rivoji qay tarzda kechgan? 

6. 

30-yillarda etishib chiqqan taniqli olimlardan kimlarni bilasiz? 



7. 

O’zbekistonda «Ґujum» harakati mavsumini o’tkazishdan ko’zlangan 

maqsad nima edi? 

8. 


 20-yillarda respublikada «Ґujum» harakatini amalga oshirish uchun 

etarli ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar bormidi? 

9. 

«Hujum» harakati qanday oqibatlarni yuzaga keltirdi? 



10.  «Hujum» harakati o’zbek xotin-qizlari hayotiga qanday o’zgarishlar 

olib kirdi va qanaqa salbiy oqibatlarga sabab bo’ldi? 

11.  Nima sababdan O’zbekistonda din va dindorlarga qarshi hujumkor 

kurash avj oldirildi? 

12.  30-yillarda madaniy hayotda yuz bergan eng muhim voqealardan qaysi 

birlarini aytib bera olasiz? 

13.  O’zbek adabiyoti va san’atining shakllanishi va rivojlanishi jarayoniga 

munosabatingiz? 

14.  Mashhur adiblar va san’atkorlardan kimlarni bilasiz? 

15.  Urushdan keyingi respublika ta’lim tizimining ahvoli qanday kechdi? 

16.  Urushdan keyingi davrda O’zbekiston ilm-fanining rivoji va 

muammolari haqida taassurotlaringiz? 

17.  O’zbek adabiyoti va san’ati riovjlanishining o’ziga xos murakkab, 

ziddiyatli jarayonlariga sizning munosabatingiz? 

18.  Respublika ma’naviy hayoti jabhalariga Markazning zo’ravonlik ta’siri 

va tazyiqi qay tarzda kuchayib bordi? 

 

 

 



 

 

260


XIII BOB.  MUSTABID SOVET TUZUMINING O’ZBEKISTONDAGI 

QATAG’ONCHILIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI 

 

Tayanch so’z va iboralar: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo’lish. «18-lar 

guruhi». «Inog’omovchilar». «Qosimovchilar». Ziyolilar qatag’onligi. Diniy 

ta’qiblar. Qatag’onlikning yangi to’lqini. Fan va madaniyatga bosim. 

 

1. Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. 

Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi 

 

Totalitar rejimining qaror topishi  XX asrning 20 – yillari ikkinchi yarimlariga kelib 

sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish 

hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib 

borgan I. V. Stalin asta - sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun choralar bilan 

qaror toptirish harakatida bo’ldi. Shu maqsadga erishish yo’lida u o’z atrofiga bir guruh 

hushomadgo’y, labbaychi rahbar kadrlarni to’plab, ularni ishga solib, partiyaning ko’plab 

tajribali, inqilobiy kurashlarda jarayonida toblangan, g’oyaviy va siyosiy jihatdan etuk, 

nufuzli arboblarini obro’sizlantirishga intildi. 20-yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga 

kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim 

masalasida sog’lom, xolis fikr bildirgan kadrlarni  egallab turgan yuqori vazifalaridan 

chetlattirib borildi. Stalin o’z yo’liga g’ov bo’lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni 

tor - mor etish, o’z shaxsiy hokimiyati rejimini qaror toptirib borishda V.M.Molotov, 

K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari 

xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar, 

yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo’r 

berib ko’klarga ko’tarib maqtash, madh qilishga yo’naltirildi.  

20-yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari 

surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham 

shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g’oya butun mamlakat uchun halokatli 

oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir 

masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib bordilar. O’z davrida kompartiya 

va sovet hokimiyati rahbariyatining o’zak – negizini tashqil etgan Trotskiy, Buxarin, 

Kamenov, Zinovev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh 

vaqillari sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik qatag’onlik domiga 

duchor etildilar.  

Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917 yildan boshlab shakllanana boshlagan totalitar 

siyosiy rejim 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida to’liq qaror topdi. Totalitar 

rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat: 

¾  ko’ppartiyaviylik tugatiladi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlkatda yagona 

hukmron partiyaga aylanadi, uning qarorlari, ko’rsatmalari barcha hokimiyat 

organlari tomonidan so’zsiz bajarilishi majburiy bo’ladi; 

¾  davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida 

amalga oshiriladi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo’g’irchoq bo’lib qoladi; 



 

261


¾  ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo’rovonlik asosda 

tartibga solinadi, xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy 

erkinligi tugatiladi, rejali iqtisodiyot qaror topadi; 

¾  oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat’iyan man etiladi; 

¾  ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, ijodiy uyushmalar orqali targ’ibot-

tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy  (kommunistik) mafkura nuqtai 

nazardan qayta ishlanadi, ular ongiga mafkuraviy aqidalar singdiriladi; 

¾  siyosiy qatag’onlik shaxsning ongi va hatti-harakatlarini nazorat ostiga olish, 

mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, qo’llab-quvvatlash tuyg’usini 

singdirishning asosiy vositasiga aylanadi; 

¾  rasmiy mafkuraga mos bo’lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo’q qilishga, 

intellektual va ijodiy faoliyatni bo’g’ishga yo’naltirilgan tsenzura organi faoliyat 

yuritadi; 

¾  siyosiy qatag’onlikni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat 

va axloq tuzatish lagerlari tarmog’i tuziladi va faoliyat yuritadi, birga ishlovchi, 

qo’ni-qo’shnilardan kuzatuvchi, ig’vogar-chaqimchilar yollanadi, aholi qo’rquv 

ostiga olinadi. 

 

Respublika huquqlarining cheklanishi  Mamlakatda totalitar tizimning qaror topishi, 

shubhasiz, milliy sovet respublikalari hayotiga ham daxl qilib, ularning butun inon - 

ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog’lab qo’ydi. Bu O’zbekiston timsolida ham yaqqol 

qo’zga tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati boshqaruvining hamma bo’g’inlari to’liq 

ravishda SSR itifoqi organlariga bo’ysundirildi. Shuningdek, bu erdagi yagona rahbar 

tashkilot - O’zbekiston kompartiyasi ham VKP(b) ning viloyat bo’limi maqomida faoliyat 

yuritardi. Binobarin, hukmron partiya va uning Markazqo’mi qabul qiladigan har qanday 

qaroru farmoyishlar, rahbariy ko’rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan 

bajarilishi majburiy va shart edi.  

Respublikaning kasaba uyushmalari, yoshlar tashkiloti  (Komsomoli) va boshqa 

jamoat tashkilotlari ham Markazdagi shu xildagi tashkilotlarning aynan andozasi asosida 

tuzilgan bo’lib, ularga to’liq bo’ysungan holda faoliyat yuritardi. Shu bilan birlikda bu 

tashkilotlarning barchasi kompartiya etakchiligida, uning siyosiy - g’oyaviy ta’sirida 

bo’lib, o’z a’zolarining ongi, tafakkurini shu partiyaning mafkurasi, g’oyasi ruhida 

shakllantirib, tarbiyalab borishlari kerak edi. Negaki, mustabid tuzum sharoitida jamiyat 

a’zolarini boshqacha ruhda tarbiyalash to’g’risida gap bo’lishi mumkin emasdi.  

Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinarli va ko’zga ko’rinmas 

ming xil qizil iplar bilan O’zbekistonni o’z domiga ilintirib, uning amaldagi rasmiy 

mustaqilligini yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, 

xo’jalik, madaniy- ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil hal 

etishga haqli, huquqli emas edi. Buning uchun avvalo Markazning roziligini olish talab 

etilardi. O’zbekiston mustaqilligining nechog’lik rasmiy, yuzaki mazmunda bo’lganligi 

fakti uning yuksak qonuniy hujjatlarida ham o’z aksini topgan edi. Jumladan, 

O’zbekistonnning 1937 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham mohiyat e’tibori bilan 

asosan 1936 yil 5 dekabrdan kuchga kirgan SSSR konstitutsiyasining aynan nusxasi edi. 



 

262


Unda respublikaning mustaqilligi, fuqarolarining huquqlari, erkinliklari madh etilmasin, 

biroq ular amaliyotda nechog’lik soxta, quruq safsatalar bo’lib chiqqanligi hammaga 

ayondir. 


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish