O ‘zbek tili va adabiyoti fakulteti “Himoyaga tavsiya etilsin” Fakulteti dekani



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/50
Sana21.07.2022
Hajmi1,11 Mb.
#832041
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Bitruv malaka ish O\'rolova

“Epik asarlarni tahlil
qilishning usullari” 
deb nomlangan bo‘lib, unda epik turga mansub bo‘lgan 
hikoya, qissa va roman janriga oid bo ‘lgan asarlarning o ‘ziga xos xususiyatlari 
hamda ularni tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha usul va tavsiyalarimizni 
berishga harakat qildik.
Hikoya janriga oid bo‘lgan asarlar tahlilini amalga oshirishda hikoya 
janrining adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o ‘qituvchi va o ‘quvchi 
faoliyati quyidagi uch yo ‘nalish: tekstual tahlil, timsoliy tahlil, muammoli tahlil 
yo‘nalishida uyushtirilishi mumkinligi haqida m a’lumot berdik.
Hikoya 
janriga oid bo‘lgan asarlarni tahlil qilish usullarini G ‘afur
G ‘ulomning “Mening o ‘g ‘rigina bolam” hikoyasi misolida ko ‘rsatib berishga 
urindik. O ‘qituvchi o ‘quvchilarining tayyorgarligi ruhiy-aqliy darajasini hisobga 
olib, tahlilga chuqurroq kirishga undaydigan o‘z savol-topshiriqlarini va darslik 
mualliflarining yo‘naltiruvchi savollaridan foydalanishi mumkinligi, buning uchun 
“Bu kim, bu nima, bu qayer?”, “Nodir tashbehlar”, hikoya mazmunidan 
anglashiladigan insonlarga xos bo ‘lgan fazilatlar hamda illatlarning namoyon 
bo‘lish o ‘rinlarini aniqlashga qaratilgan jadvalni to ‘ldirish, “Nima uchun?”, “Eng 
m uhim i...” kabi usullarni tavsiya qilganmiz.
Bitiruv malakaviy ishimizning “Qissa janriga oid b o ‘lgan asarlar tahliliga 
innovatsion yondashuv” qismida esa qissa janrining o ‘ziga xos xususiyatlari 
hamda uni tahlil qilishning innovatsion usullarini k o ‘rsatishga harakat qildik.
67


Ushbu o ‘rinda Ch. Aytmatovning “Oq kema” qissasi tahliliga alohida to ‘xtalishga 
qaror qildik. 
O ‘quvchilarning asar matni bilan to ‘liq tanishgan yoki 
tanishmaganligini tekshirish uchun “Mushohada” usulidan, o ‘qituvchi bolakay 
obrazini kengroq va chuqurroq ochib berish maqsadida “Ibtido va intiho” usulidan, 
tushunchalarni izohlash” usulidan, asar qahramonlari xarakterini ochib berish 
uchun “Men kimman?” usulidan, asar matni bilan bog‘liq bo‘lgan savol va 
topshiriqlar bilan ishlash qismida “O ‘n ikki oy bir yilda” usulidan foydalanishni 
tavsiya qildik.
“Roman janriga oid bo ‘lgan asarlarni tahlil qilishga oid k o ‘nikmalarni 
shakllantirish usullari” qismida esa katta hajmga ega bo‘lgan epik asarlarni tahlil 
qilishning murakkab tomonlari hamda o ‘ziga xosliklari haqida nazariy 
m a’lumotlarni berdik. Shuningdek, ushbu b o ‘limda romanlarni tahlil qilishning bir 
qancha usullarini O ‘.Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanini tahlil qilish 
misolida ko‘rib chiqdik. Asar qahramonlarining namuna bo ‘lishi mumkin bo‘lgan 
sifatlarini yaqqolroq namoyon bo ‘lishi uchun “Mening qahramonim” usulidan, 
romanda ro‘y bergan voqealar hamda qahramonlarning xatti-harakatlariga nisbatan 
o‘quvchilarning shaxsiy fikrini aniqlash uchun “Meni hayajonga soldi... ” usulidan, 
urush davrining qancha qiyinchiliklarni o‘zbek xalqining boshiga solganligini, 
urushning oqibatlari nimalarga olib kelganligini, front va front ortidagi 
qiyinchiliklarni yanada yaxshiroq his ettirish uchun “Taqqoslash” usulidan 
foydalanish mumkinligi aytib o‘tilgan.
Bitiruv 
malakaviy 
ishimizning 
uchinchi 
“Tajriba-sinov 
ishlari 
samaradorligi” bobida yuqorida biz tavsiya qilgan usullarimiz asosida badiiy 
asarlarni tahlil qilish jarayonlarini amaliyotda qo‘llab ko‘rganmiz. 5-sinfda 
“Mening o ‘g‘rigina bolam” hamda 10-sinfda “Ikki eshik orasi” romani bilan 
tanishish” mavzulari yordamida tajriba - sinov ishlarini amalga oshirdik. 
O ‘tkazilgan tajriba - sinov ishlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini jadvallar 
asosida foiz ko‘rsatkichlarida ko‘rsatib berishga harakat qildik.
Umuman olganda, badiiy asarni tahlil qilishning tamoyillarini hisobga olgan
holda amalga oshirilgan har qanday tahlil o ‘quvchining adabiy ta ’lim jarayonida,
68


badiiy asarni o ‘qib-o‘zlashtirishda, badiiyatga daxldor nazariy m a’lumot va 
tushunchalarni shakllantirishda, shu asnoda m a’naviy barkamol shaxslarni 
tarbiyalashda, o‘quvchilar qalbida badiiyatga, nafosatga, ezgulikka muhabbat 
uyg‘otishda, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda birlamchi 
vazifani bajaradi degan xulosaga keldik.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish