arteriyalari chiqadi. Yurak, qon tomirlar taraqqiyoti bilan birgalikda
miya, ichki a’zolar, qo‘l va oyoqlaming o‘sishi, qon tomirlar tuzilishini
o‘zgartirib yuboradi. I,II,V aorta ravoqlari yo‘qolib ketadi.
Har bir
ventral aortaning I - III aorta ravoqlari o ‘rtasidagi qismi tashqi uyqu
arteriyasiga, III aorta ravog‘ i va dorsal aortaning oldingi bosh miya bilan
qo‘shilgan qismi ichki uyqu arteriyasiga aylanadi. Dorsal aortaning
II - IV aorta ravoqlari o‘rtasidagi qismi yopilib ventral
aortaning shu
qismi umumiy uyqu arteriyasiga aylanadi. Chap IV aorta ravog‘ining
diametri kattalashib aorta ravog‘iga aylanadi. U ko‘tariluvchi aortani
chap dorsal aorta bilan qo‘shadi.
Chap dorsal aorta pastga tushuvchi aortaga aylanganidan so‘ng,
o ‘ng dorsal aortaning IV ravoqdan orqa qismi yopiladi. IV o ‘ng aorta
ravog‘i o ‘mrov osti arteriyasiga aylanadi. Chap o ‘mrov osti arteriyasi
segmentlararo dorsal arteriya tarmoqlaridan vujudga keladi.
0
‘ng
ventral aortaning III - IV ravoqlari o ‘rtasidagi
qismi yelka-bosh
poyasiga aylanadi. VI aorta ravog‘i o‘pkaga ingichka o ‘pka arteriyasini
berganidan so‘ng o ‘ng tomondagisi yopiladi. Chap VI aorta ravog‘i
chap dorsal arteriya bilan bog‘lanib, Batallo nayiga aylanadi va
homilada u orqali qon o ‘pka poyasidan aortaga o‘tadi.
Segmentlararo dorsal arteriyalar o ‘z navbatida dorsal va ventral
tarmoqlarga bo‘linadi. B o‘yin va bosh
sohalarida ulaming dorsal
tarmoqlaridan umurtqa arteriyasi va uning tarmoqlari hosil bo ‘ladi.
Tana sohasida ular qovurg‘alararo va bel arteriyalariga aylanadi.
Ventral tarmoqlardan chap o ‘mrov osti arteriyasi va o ‘ng o ‘mrov
osti arteriyasining distal qismi hosil bo ‘ladi.
0
‘mrov osti arteriyasi
taraqqiyot davrida qo‘lga o ‘sib kiradi.
Lateral segmentar arteriyalardan juft: diafragma, buyrak,
buyrak
usti bezi va moyak arteriyalari hosil bo ‘ladi. Ventral segmentar arteri
yalardan esa tuxum sarig‘i arteriyasi hosil bo‘lib, undan qorin bo‘sh-
lig‘i a ’zolarini qon bilan ta’minlovchi toq arteriyalar rivojlanadi.
Kaudal joylashgan ventral segmentar arteriyalar o ‘ng va chap
kindik arteriyasiga aylanadi va uning boshlang‘ich qismidan chiqqan
tarm og‘i oyoq kurtagiga o ‘sib kiradi. Chanoq bo ‘shlig‘i a ’zolari va
oyoqning o ‘sishi munosbati bilan yonbosh (umumiy, tashqi va ichki)
94
arteriyalari juda tez o‘sadi va kindik arteriyasi ichki yonbosh arteriya
tarmog‘iga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: