O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy


T arbiya  jarayon ining  qonuniyatlari



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/158
Sana11.01.2022
Hajmi4,55 Mb.
#351125
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158
Bog'liq
hjacki 2119 pedagogika

T arbiya  jarayon ining  qonuniyatlari
Tarbiyaning  maqsadini  pedagoglar  ham,  ota-onalar  ham  yaxshi 
bilishlari  lozim.
U m um ta'lim   maktablarida  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  sifatida 
shaxsning  har  tom onlam a  kamolotga  erishuvi  asos  qilib  olinadi. 
Shaxsning  har  tom onlam a  kamolotga  erishuvi,  bu  uning  ayrim 
qirralari  yoki  xislatlarining  to'laqonligi,  jism oniy,  axloqiy,  siyosiy, 
estetik  qarashlari  у ig‘indisini  o ’z  ichiga  oladi.
Tarbiya  moddiy  boyliklarni  ishlab  chiqarish  usuliga, jamiyatning 
ijtimoiy  tuzilishiga,  siyosiy  tizimga,  mafkuraga  b o g 1 liqdir.
Tarbiyaning  shaxs  rivojlanishi  bilan  birligi  va  o ‘zaro  b o g‘liqligi 
uning  muhim  qonuniyati  hisoblanadi.
Shaxsning  rivojlanishi  tarbiyaning  sifatiga  bogMiqdir.  Ayni 
c ho g ‘da  tarbiyaning  mazmuni,  shakli  va  metodlari  shaxsning 
rivojlanish darajasiga bogMiq. Tarbiya jarayoni murakkabdir.  Shuning 
uchun  ham  u  tarbiyachidan  bolaning  ruhiy  holati,  aqliy  va jism oniy 
imkoniyatlarini  hisobga  olib,  mehribonlik  bilan  yondashishni  talab 
qiladi.  Tarbiyachi  tarbiyalanuvchi  shaxsini  diqqat  bilan  o ‘rganishi, 
ularni  tushunishi,  hurmat  qilishi  lozim.
T a rb iy a la n u v c h ila rn in g  
hayotiy 
faoliyati 
ja m iy a t 
uchun 
q an ch alik  foydali,  m aqsadg a  m uvofiq  va  ularning  m unosabatlari 
o qilona  tashkil  qilinar  ekan,  tarbiya j a ra y o n i  shunchalik  samarali 
am alga  oshiriladi.
Insonni  uning  atrofini  qurshab  turgan  vositalar:  oila,  ota-onasi, 
maktab,  d o ‘stlari,  atrof-muhit,  om maviy  axborot  vositalari,  sairat, 
adabiyot,  tabiat  va  hokazolar  tarbiyalaydi.  Shaxsning  rivojlanish  va 
shakllanish jarayonini  boshqarib  borish  kerak.
Shunga  ahamiyat  berish  lozimki,  amalda  tarbiyaviy  jarayon 
umumxalq  ishi  va uzluksiz b o i s i n ,  barcha yoshdagi  bolalarni  qamrab


olsin,  turli  ijtimoiy, jam o a t  va  davlat  institutlari  va  muassasalarining 
shaxs  kamolotini  shakllantirish  borasidagi  harakatlari  mujassam- 
langan  b o ‘lsa,  ayni  m aqsadga  muvofiq  b o ‘ladi.
Tarbiyada  inson  shaxsini  oliy  ijtimoiy  qadriyat  deb  tan  olish, 
har  bir  bola  betakror  va  o ‘ziga  xosligini  hurmatlash,  uning  ijtimoiy 
huquqi  va  erkinligi  e ’tiborda  tutilishi  zarur.
Tarbiya 
m uayyan 
maqsad 
bilan 
rejali 
ravishda 
amalga 
oshiriladigan  davomli  ishdir.
Yosh  avlodga  har  bir  tarixiy  davrdagi  jam iyatning  o ‘ziga  xos 
ishlab  chiqarish  metodi  va  ijtimoiy  munosabatlarga  muvofiq  tarbiya 
beriladi.  Bu  tarbiyaning  asosiy  qonuniyatidir.
Tarbiya jam iyat hayoti  bilan  b o g ‘liq, jam iyat o ‘zgarib rivojlanishi 
bilan  tarbiya  ham  o ‘zgarib,  rivojlanib  boradi.
Tarbiya jarayoni  hayotiy,  amaliy  xususiyat  kasb  e tm o g ‘i  lozim. 
Tarbiyaviy  jarayonning  barcha  qatnashchilari:  pedagoglar,  ota- 
onalar,  jamoatchilik,  yoshlar  tashkilotlari  va  mehnat  j a m o a l a r i -  
ham m a  kasbiy-pedagogik  tayyorgarlikka  ega  b o ‘lishlari  lozim.
Tarbiya  nazariyasida  ham  pedagogika  fanida  b o ‘lgani  kabi, 
yangi  vujudga  kelayotgan  qarashlar  bilan  eskirib  borayotgan 
qarashlar  o ‘rtasida  kurash  ketgan.  Tarbiya  nazariyasidagi  va 
amaliyotidagi  muhim  y o ‘nalishlarni  tanqidiy  o ‘rganm ay  turib, 
tarbiya  nazariyasining  asosiy  masalalarini  tushuna  olish  qiyin.  Keng 
tarqalgan  nazariyalardan  biri  avtoritar  (boshqalarga  k o ‘r-ko‘rona 
b o ‘ysinish) tarbiya nazariyasi  edi.  Avtoritar tarbiya XVI  asrda paydo 
b o ‘lib, hozirda Ispaniyada, Lotin Amerikasining ba ’zi m amlakatlarida 
yaqqol  ifodasini  topgan.  Avtoritar  tarbiyani  ilmiy  ravishda  asoslab 
berishga  uringan  nemis  pedagogi  Fridrix  Gerbart  (17 71 -184 1 )  bola 
t u g ‘ilganda  « y o w o y i   sho ‘xlikka»  xos  b o ‘lish  fikrini  o lg‘a  suradi. 
Shu  bilan  u  tartibni  buzgan  o ‘quvchilar  uchun  jarim a  jurnalini


tashkil  etishni  taklif etadi.  U  tartibni  buzgan  o ‘quvchilarni  ovqatsiz 
qoldirish,  burchakka  turg ‘izib  q o ‘yish,  karserga  qamash,  jarim aga 
tortish  kabi jazolash  turlarini joriy  etadi.
Avtoritar tarbiyani  birinchi  b o ‘lib  J.  J.  Russo  tanqid  qildi  va  o ‘zi 
erkin  tarbiya  nazariyasini  ilgari  surdi.
0 ‘zbek  maktablarida  t a ’lim-tarbiya  bir-biridan  ajralmas  deb 
hisoblanadi.  Sinfdagi  har  qanday  ish  doimo  tarbiyaviy  ishdir,  biroq 
tarbiyaviy  ishlarni  t a ’lim  berish  bilan  cheklash  mumkin  emas.
Tarbiya  yosh  avlodni  m uayyan  maqsad  y o ‘lida  har  tomonlam a 
o ‘stirish,  uning  ongi  va  xulq-atvorini  tarkib  toptirish jarayonidir.
Tarbiya  -   m a ’naviy  m anbalar  va  hozirgi  zamon  talablari  va 
ehtiyojlarini  nazarda  tutgan  holda,  o ‘qituvchining  o ‘quvchi  bilan 
aniq  bir  m aqsadga  qaratilgan  o ‘zaro  amaliy  va  nazariy  muloqotidir.
Tarbiya  -   tarbiyachi  xohlagan  sifatlarni  tarbiyalanuvchiga 
singdirish  uchun  tarbiyalanuvchining  ruhiyatiga  muayyan  suratda 
m a ’lum  bir  m aqsadga  qarata  va  muntazam  suratda  t a ’sir  qilishdir. 
Bu  xildagi  t a ’r if  tarbiya  tushunchasiga  kiradigan  ham m a  narsani, 
chunonchi:  m uayyan  dunyoqarash,  axloq,  ijtimoiy  xulq-atvor 
qoidalarini  singdirish,  m uayyan  xarakter  va  iroda,  odat  va  axloq 
yaratishni  o ‘z  ichiga  oladi.
Tarbiya  -   shaxsni  m aqsadga  muvofiq  takomillashtirish  uchun 
uyushtirilgan pedagogik jarayon b o ‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga 
muntazam  va  tizimli  ta ’sir  etish  imkonini  beradi.
Tarbiya  jarayoni  o ‘zaro  b o g ‘liq  b o ‘lgan  ikki  faoliyatni  -  
o ‘qituvchi va o ‘quvchi  faoliyatini o ‘z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida 
o ‘quvchining  ongi  shakllana  boradi,  his  va  tu y g ‘ulari  rivojlanadi, 
ijtimoiy  hayot  uchun  zarur  b o ‘lgan  va  ijtimoiy  aloqalarga  xizmat 
qiladigan  xulqiy  odatlari  hosil  b o ‘ladi.
Tarbiya  jarayonida  bolalarning  hayoti  va  faoliyatini  pedagogik 
jihatdan  t o ‘g ‘ri  uyushtirish  g ‘oyat  muhimdir.


Faoliyat  jarayonida  bola  tashqaridan  kelayotgan  tarbiyaviy 
t a ’sirga  nisbatan  m a ’lum  munosabatda  boMadi.  Bu  munosabat 
shaxsning  ichki  ehtiyoji  va  xohishlarini  ifodalaydi.
Psixologlar  va  pedagoglarning  tadqiqotlari  shaxsga  tashqi 
omillarning  (xoh  ijobiy.  xoh  salbiy)  t a ’siri  bolaning  ularga 
munosabatiga  bogMiqligini  koMsatadi.  Bolaning  shaxsiy  tajribasi 
ehtiyoj lari tashqi ta ’sirga munosabatinibelgi lab beradi va uning xulqida 
aks  etadi.  Shuning  uchun  bola  faoliyatini  uyushtirishning  o ‘zigina 
kifoya  qilmaydi.  T o ‘g'ri  tarbiyalash  uchun  tarbiyalanuvchining  bu 
faoliyatga  nisbatan  qalbida  paydo  boMayotgan  munosabatni,  turli 
xil  kechinmalarni  qanday  anglashni,  baholashni,  his  qilishni  hamda 
ulardan  o ‘zi  uchun  nimalarni  maqsad  qilib  olayotganini  bilish  zarur. 
Yana  shuni  hisobga  olish  kerakki.  bularning  barchasi  turli  kishilar 
bilan  aloqa  qilish, jam oadagi  munosabatlar asosida  ro ‘y  beradi.  Bola 
u lg ‘aya  borishi  bilan  bu  xil  aloqa  va  munosabatlar  murakkablashib 
boradi  va  bola  shaxsning  kamolga  yetishida  yo  ijobiy  yoki  salbiy 
t a ’sir  etadi.  Shuning  uchun  tarbiya  maqsadga  muvofiq  muntazam 
ta ’sir etishni  k o ‘zda tutadi,  zeroki  shu  yoM  bilan jam iyatning shaxsga 
q o ‘yadigan  talablari  tarbiyalanuvchining  xulqini  idora  qilib  turuvchi 
ichki  ehtiyojga  aylanadi.
T a r b iy a   j a r a y o n i d a   o ' q u v c h i n i n g   o n g i n ig i n a   e m a s ,  balki 
h i s - t u y g ‘u larin i  ham   о ‘stirib   b o ris h ,  u n d a  j a m i y a t n i n g   s h a x s g a  
q o ‘y a d ig a n   a x lo q iy   ta la b la r ig a   m u v o fiq   k e la d ig a n   x u lq iy  
m a l a k a   va  o d a tla rn i  ho sil  q ilish   lo zim .  B u n g a   e ris h is h   u c h u n 
o ‘q u v c h in i n g   o n g ig a   ( t a ’lim  j a r a y o n i   a s o s id a ),  h i s s i y o ti g a  
( d a r s d a   va  s in f d a n   ta s h q a r i  is h la rd a )  va  iro d a s ig a   (fa o liy a tn i 
u y u s h ti r is h ,  x u lq n i  id ora  q ilish   j a r a y o n i d a )   m u n ta z a m   t a ’sir 
e tib   b o rila d i.  A g a r   o ‘q u v c h in i  t a r b i y a l a s h d a   b u la r d a n   b iro rta si 
(o n g i,  h is s iy o ti,  iro d a s i)  e ’tib o r d a n   c h e td a   q o lsa ,  m a q s a d g a  
e r i s h is h   q iy in la s h a d i.  S h u n in g   u c h u n   t a r b i y a   j a r a y o n i   k o ‘p


q irra li  va  m u r a k k a b d ir .  M a k ta b d a g i  t a r b iy a  j a r a y o n i   t o ‘x to v s iz  
d a v o m   e ta d ig a n   j a r a y o n   boMib,  u n g a   o ‘q itu v c h i  ta rb iy a c h i 
r a h b a r lik   q ila d i  v a   u  t a r b iy a n in g   ayni  v a q t  uch u n   z a ru r  
boMgan  m a q s a d in i,  shu  m a q s a d n i  hal  q ilis h g a   x iz m a t  e ta d ig a n  
f a o liy a tin i  b e lg ila y d i.  0 ‘q u v c h il a r n i n g   shu  f a o l i y a t ig a   ish tiro k  
e tis h in i  t a ’m in la b ,  u la r  o ‘rta s id a   ijtim o iy ,  j a m o a   va  o ‘rto q lik  
a lo q a la ri  va  m u n o s a b a ti  uch u n   s h a ro it  y a ra ta d i.
0 ‘quvchilami  faoliyatda  qatnashishlari  orqali  ulam ing  musta- 
qilligi,  ijodiy  tashabbuskorligi  o ‘sib  borishiga  erishiladi.  Ana  shu 
jarayonda  bolaning  qarashlari,  e ’tiqodlari  va  voqea  hodisalarga 
nisbatan  o ‘z  nuqtayi  nazari  vujudga  keladi  va  mustahkamlanib 
boradi.  Bular bolaning atrof-muhitning ta'siriga qanday munosabatda 
b o ‘lishini  belgilaydi.
Shunday  qilib,  maktabdagi  tarbiya  inson  shaxsini  tarkib  toptirish 
va  kamolga  yetkazish  jarayonidan  iborat  b o ‘lib,  uning  mazmuni 
ta’limdagidek  alohida  predmetlarda  emas,  balki  o ‘quvchilarning 
hayot-faoliyatlari  va  o ‘zaro  munosabatlaridan  tashkil  topadi.  Mana 
shulardan  tarbiya  jarayonining  o ‘ziga  xos  xususiyatlari  kelib 
chiqadi.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish