O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy


P E D A G O G IK A N IN G   U M U M IY   A SO S L A R I



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/158
Sana11.01.2022
Hajmi4,55 Mb.
#351125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
hjacki 2119 pedagogika

P E D A G O G IK A N IN G   U M U M IY   A SO S L A R I
I  bob.  PEDAGOGIKA  PREDM ETI,  M AQSADI
 
VA  VAZIFALARI,  ILM IY-TADQIQOT  METODLARI
Milliy  istiqlol  tufayli  jadal  rivojlanib  borayotgan  mamlakati- 
mizda  yosh  avlodning  bilim  darajasini  jah on   andozalari  talablariga 
javo b  beradigan,  fan-texnika  yangiliklaridan  xabardor,  mustaqil 
fikrlay  oladigan,  hayotga  dadillik  bilan  kirisha  oladigan,  tadbirkor, 
m a ’naviy  jihatdan  barkamol  qilib  voyaga  yetkazish  dolzarb 
vazifalardan  hisoblanadi.  Bu  esa,  avvalo,  pedagogika  fanini,  t a ’lim- 
tarbiya tizimini  zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirishni 
taqozo  etadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  « T a ’lim  to ‘g ‘risida»gi  Qonunida 
(1997-y.)  t a ’lim  davlatimiz  ijtimoiy  taraqqiyotida  ustuvor  soha  deb 
e ’lon  qilinishi  pedagogika  fani  zimmasiga  m as’uliyatli  ulug ‘vor 
vazifalarni  yukladi.
0 ‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  bilimi  va  ularning  kelajakda 
qanday  kasb-hunar  egallashlariga  qarab,  mamlakatiniz  kelajagini 
tasavvur  qilish  mumkin.  Yoshlar  farovon  hayotimiz  mezonidir. 
Yoshlarga  ta ’lim-tarbiya  berish  har  bir  ota-onaning,  o ‘qituvchU' 
tarbiyachining  Vatan  oldidagi  muqaddas  burchidir.
Bu vazifani amalga oshirish uchun qanday y o ‘l tutish va nimalarga 
e ’tibor  bermoq  lozim?  Bu  savollarga  m a ’lum  darajada  pedagogika 
fani jav o b   beradi.  Pedagogika  fani  nima  va u  qachon  paydo  b o ‘lgan? 
Mazkur  savolga  jav o b   berishdan  oldin  tarixiy  manbalarga  murojaat 
etaylik.  Manbalarda  yozilishicha  kishilik  jamiyati  paydo  b o ‘lgach, 
ijtimoiy  hayotda  orttirilgan  tajribalarni  yoshlarga  o ‘rgatish  ehtiyoji


tu g ‘ildi.  Tajribalam ing  t o ‘planishi  natijasida  t a ’lim-tarbiyaning 
dastlabki  omillari  vujudga  keldi.  Tabiat,  ijtimoiy  hayot  haqidagi 
tajribalar  asosida  bilimlar  boyib  bordi.
T a ’lim-tarbiya  ishlari  bilan  sh u g ‘ullanuvchi  tarbiyachilar  kasb- 
hunar  homiylari  sifatida  ajralib  chiqa  boshladi.  Ularning  ta ’lim- 
tarbiya  borasidagi  faoliyatlari  va  to ‘plangan  tajribalaridan  o ‘rinli 
foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi.  Shu 
asnoda  dastlabki  maktab  k o ‘rinishidagi  m uassasalar  vujudga  keldi, 
va  taraqqiy  etib  bordi.  Shunday  qilib,  pedagogika ta ’lim-tarbiyaning 
maqsad  va  vazifalari,  ularning  mazmuni,  metodlari  ham da  tashkil 
etish  shakllari  haqida  m a ’lumot  beruvchi  fanga  aylandi.
Dem ak,  pedagogika  fani  o ‘sib kelayotgan yosh avlodni  barkamol 
inson  qilib tarbiyalash uchun ta ’lim-tarbiyaning mazmunini,  umumiy 
qonuniyatlari  va  amalga  oshirish  y o ‘llarini  o ‘rgatuvchi  fandir.
B a ’zan,  pedagogika  fanining  nima  keragi  bor?  Pedagogikadan 
xabari  y o ‘q  b o ‘la  turib,  lekin  bolalarga  yaxshi  tarbiya  bergan  ota- 
onalar  k o ‘pk-u?  Yoki  aksincha,  pedagogika  fanini  bilgan  holda 
hatto  o ‘z  farzandlarini  ham  risoladagidek  tarbiyalay  olmaganlar 
ozm uncham i? -  degan  savol  tu g ‘iladi.
Agar  pedagogika  fanidan  xabarsiz  boMgan  kishilar  pedagogika 
fanini  o ‘z vaqtida  o ‘rganib,  yutuqlaridan  samarali  foydalanganlarida 
edi,  yoshlarni  yana  ham   yaxshiroq  tarbiyalagan  boMur  edilar. 
Pedagogikadan  yaxshi  xabardor  boMgan  kishilar  esa  o ‘z  bilimlarini 
tajribada  qoMlay  olmaganliklari  uchun  ham  tarbiya  jarayonida 
muvaffaqiyatga  erisha  olmaganlar.
Pedagogika  fanini  ham  nazariy,  ham  amaliy  jihatdan  puxta 
o ‘rganish  lozim.  T a ’lim  tarbiyadan  k o ‘zlangan  maqsadni  anglash  va 
ular  tizimida  yangi  bilimlar  berish  bolalarni  t o ‘g ‘ri  tarbiyalashning 
shartidir.  Bunda  tarbiyachining  b e g ‘araz  mehnati,  bolalarni  sevishi 
tarbiya  samaradorligini  t a ’minlaydi.


Biroq,  ijtimoiy jarayon d a to ‘plangan tajribalar tarbiya mazmunini 
tashkil  etsa-da,  ularning  hammasini  yosh  avlodga  o ‘rgatishning 
imkoniyati  y o ‘q  edi.  Faqat  xalq  ta ’limi  tizimiga  kiruvchi  b o ‘g ‘inlar 
orqali  orttirilgan  tajribaning  m uayyan  qismini  qamrab  olish  mumkin 
edi.
Bu  yerda  ham  m uam m o  yuzaga  keldi.  Hozirgi  kunda  barcha 
turdagi  tajriba  shakllari  tarbiya mazmunini  tashkil  eta oladimi? Yosh 
avlod tarbiyasiga aloqador tajribalarni  qanday ajratish  m umkin?  Kim 
bunday  ish  bilan  shu g ‘ullanadi?
Tabiiyki,  barcha  xildagi  tajriba  shakllari  ham  tarbiya  mazmunini 
tashkil  etavermaydi.  Chunki,
-   birinchidan,  pedagogika,  xususan,  o ‘zbek  xalq  pedagogikasi 
taraqqiyotida  ju d a   murakkab  jihatlar  (hatto  bu  murak- 
kablikning  n o m a ’lum  qismlari)  mavjudki,  ularni  yoshlar  d a f -  
atan  o ‘zlashtira  olmaydilar.  Masalan,  sharq  falsafasi  yoki 
mutafakkirlarimizning  m a ’naviy  merosini  falsafa,  tabiiy  va 
gumanitar  fanlar,  diniy  manbalardan  yaxshi  xabardor  b o ‘la 
olmaganligimiz  sababli  o ‘rganishimiz  qiyin  kechadi;
-   ikkinchidan,  tarbiyalanuvchilarning  yosh  xususiyatlariga k o ‘ra 
va  ham  metodik,  ham  moddiy  asosning  yetishmasligi  sababli 
t o ‘plangan tajribalarni  m ukam m al  egallash  imkoniyati  mavjud 
emas.  Eng  muhimi,  jam iy at  taraqqiyotining  ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlariga  va  kelajakda  kutiladigan  o ‘zgarishlami  hisobga 
olib  tarbiya  mazmunini  shakllantirish  darkor.
0 ‘zbek  pedagogikasining  vazifasi  Respublikamizda  yashovchi 
turli  millat-elatlarning  orzu-istaklariga  monand  ta ’lim-tarbiyaning 
ham  nazariy,  ham  amaliy  muammolarini  milliy  qadriyatlar  asosida 
to ‘g ‘ri  hal  etib  berishdir.  Bunda  islom  dunyosida  qalam  tebratgan 
allomalardan  tortib,  zamondosh  olim-u  fuzalolaming  t a ’limotlaridan 
t a ’lim-tarbiyaga  oid  qirralarini  izlab  topish  taqozo  etiladi.  Yosh
7


avlod  dunyoqarashini  shakllantirishda  istiqloldan  avval  qoralangan 
t a s a w u f   ilmidan  ham  foydalanish  joiz.  Negaki,  bir  mafkura  yakka 
hokimligiga  endilikda  y o ‘l  q o ‘yib  b o ‘lmaydi.  Erkin  fikrlash  tizimi 
yosh  avlod  ruhini  tarbiyalashdagi  bosh  omillardan  biridir.
«Pedagogika»  atamasi  «Peyne»-«bola»va  «aygogeyn»-«yetak- 
lamoq»  degan  m a ’noni  bildiruvchi  lotincha  «daydagogos»  so‘z- 
laridan  iborat  b o ‘lib,  quyidagicha  izohlanadi:  eramizdan  oldingi 
I  asrlarda  Gretsiyada,  quldorlam ing  bolalarini  ovqatlantiradigan, 
sayr  qildiradigan,  tarbiyachi-qullarni  «pedagog»  deb  atashgan. 
U  bolalarning  kamolga  yetishiga  m a s ’ul  b o ‘lgan.  Quldorning 
bolasini  maktabga  olib  borgan  va  olib  kelgan.  M aktabda  ishlovchi 
o ‘qituvchilarni  «didaskallar»  («didayko-men»  o ‘qitaman) deyishgan. 
Feodalizm jam iyatiga  kelib  esa  har  ikki  kasbdagi  kishilar hamkorligi 
natijasida  ta ’lim-tarbiya  bilan  m axsus  sh u g ‘ullanuvchilar  vujudga 
kelgan.  Ularni  chex  pedagogi  Y .A .K a m e n s k iy   t a ’kidlaganidek, 
«pedagog»  deb  nomlaganlar.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish