Oʻ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I


I bob. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida badiiy asarlar oʻrgatishning nazariy asoslari



Download 379 Kb.
bet9/18
Sana31.12.2021
Hajmi379 Kb.
#237509
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Ro'zmatova Gulhayo (2) 28.05.2021

I bob. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida badiiy asarlar oʻrgatishning nazariy asoslari

1.1-§. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida badiiy adabiyot oʻqitishning maqsad va vazifalari

Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslari oʻz mohiyati, maqsad va vazifalariga koʻra ta’lim tizimida alohida oʻrin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini oʻqish ta’limisiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Oʻquvchi matnni toʻgʻri, tez, tushunib oʻqish, mazmunini oʻzlashtirish bilan ilk bor oʻqish darslarida yuzlashadi. Oʻqish darslari orqali oʻquvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari boʻyicha oʻzlashtirishlari koʻzda tutilgan oʻquv-biluv koʻnikma malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yoʻl ochiladi. Aynan oʻqish ta’limida insonning, a’lo, oʻzligini, qolaversa olamni anglashga boʻlgan intilishlariga turtki beriladi.

Oʻquvchi matnni toʻgʻri, tez, tushunib oʻqish, mazmunini oʻzlashtirish bilan ilk bor oʻqish darslarida yuzlashadi. Oʻqish darslari orqali oʻquvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari boʻyicha oʻzlashtirishlari koʻzda tutilgan oʻquv- biluv koʻnikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yoʻl ochiladi. Aynan oʻqish ta’limida insonning, avvalo, oʻzligini, qolaversa olamni anglashga boʻlgan intilishlariga turtki beriladi.

Shu maqsadda «Oʻqish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni oʻrab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar doʻstligi va tinchlik kabi turli mavzular boʻyicha atroflicha tushunchalar berishga moʻljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

Oʻqish darslari savod oʻrgatish davrida oʻquvchilarni boʻgʻin, soʻz va gaplar bilan tanishtirish va ularni oʻqish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, oʻqish texnikasi egallangandan soʻng oʻqish muayyan mavzular boʻyicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.

Boshlangʻich sinf “Oʻqish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular oʻquvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida toʻgʻri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga koʻra, oʻqish darslarining etakchi xususiyati oʻquvchilarning savodxonligini ta’minlash bilan birga oʻquvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.

Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng boʻlib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.

Oʻqish darslari uchun tanlangan mavzular oʻquvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar boʻyicha ham bilim va tarbiya berishni koʻzda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan koʻzlangan maqsad oʻzlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq tuygʻularni uygʻotishdir.

Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz oʻtmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulugʻ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar toʻgʻrisida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar oʻquvchilarni faqat oʻtmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuygʻusi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz oʻtmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida oʻquvchilar oʻtmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega boʻladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha boʻlsa-da, tushuncha hosil qiladilar.

Tabiatga oid mavzular yordamida oʻquvchilar tabiatdagi oʻzgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar oʻquvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan toʻgʻri munosabatda boʻlishga oʻrgatadi.

Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bagʻriga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka oʻrgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.

Umuman, «Oʻqish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular oʻquvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lugʻatini boyitishga, ogʻzaki va yozma nutqini toʻgʻri shakllantirish va nutq madaniyatini oʻstirishga ham qaratiladi.

Amaldagi «Oʻqish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga oʻtgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda oʻrgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirogʻi», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa oʻquvchilarning oldingi bilimlari toʻldiradi va boyitadi.

Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli oʻlaroq, boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bogʻlab olib boriladi.

Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang- barangligiga, poetik mukammalligiga, oʻquvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Oʻquvchilar darsliklar yordamida oʻzlashtiriladigan bilim, koʻnikma va malakalarining kelajak hayotda zarur boʻlishini tushunib yetishishlariga erishish oʻqituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.

Boshlangʻich ta’lim boʻyicha DTS va «Oʻqish» oʻquv dasturida oʻqish ta’limi oldiga qoʻyilgan talablarni amalga oshirish sinfda oʻqishni toʻgʻri tashkil qilish, oʻqitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilgʻor pedagogik texnologiyalardan oʻrinli foydalanishga koʻp jihatdan bogʻliqdir.

”Umuman olganda, oʻqish darslari oldiga qoʻyiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:


  1. Oʻquvchilarda yaxshi oʻqish sifatlari: toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqish malakalarini shakllantirish.

  2. Oʻquvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga oʻrgatish, kitobga muhabbat uygʻotish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga koʻtarish.

  3. Oʻquvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

  4. Oʻquvchilarni axloqiy, estetik jihatdan etuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  5. Oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini oʻstirish.

  6. Oʻquvchilarning xayolot olamini boyitish.

  7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.”1

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud boʻlib, ular zamonaviy oʻqitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan oʻzaro bogʻliq holda va sinfdan tashqari oʻqish mashgʻulotlari jarayonida hal qilinadi.


Download 379 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish