20
15. Variant
Nazorat savollari
1. Wordda jadval yaratish jarayoni haqida gapirib bering.
2. Нарисовать таблицу asboblar paneli qanday imkoniyatlarga ega?
3. Avtoformat nima?
4. Necha hil yo‘l orqali jadval yaratish mumkin?
5. Yaratilgan jadvalga rasm, simvol qo‘yish mumkin-mi?
6. Matnni jadval ko‘rinishiga keltirish qanday amalga oshiriladi?
Adabiyotlar
1. X.Z.Ikramova ―Informatika‖ – T.TAQI, 2001 y.
2. M.Aripov ―Informatika va hisoblash texnikasi asoslari‖- T.Universitet, 2001y
3. M.M. Aripov va boshqalar ―Informatika, informasion texnologiyalar‖ - T.TDYUI,
2005 y.
4. R.T. Asadullina ―Informatika ‖ – Kuvasay, 2000 y.
5. N. O‘zarov ―Informatika‖ – T.Talqin, 2005 y.
6. S.S.G‘ulomov ―Iqtisodiy informatika‖ – T.TDIU,1999 y.
21
5- AMALIY MASHG’ULOT
MICROSOFT WORD PROGRAMMASI YORDAMIDA ELEKTRON HUJJAT
YARATISH.
Ishdan maqsad: Elektron hujjat yaratish imkoniyatlaini o‘rganish.
Vazifa: 1. Variantingiz mavzusi bo‘yicha axborot to‘plang;
2. Matnni kompyuterga kiriting;
3. Matnga gipermurojaatni qo‘llang;
4. Matnga «Тема» buyrug‘ini qo‘llang va «Сохранить как Web-страницу»
qilib saqlang.
5. Variantingizni disket (yoki diskka) saqlang va electron variantda
o‘qituvchiga topshiring.
Qisqacha ma’lumotlar
Elektron hujjat yaratishimizdan oldin gipermurojaat, gipermatn, zakladka nima
ekanligini aniqlab olaylik.
WWW (Web) tizimida ma‘lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn
boshqa matnli hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga tezda
o‘tish imkonini beradi (bu matnlar qaysi mamlakatning serverida turishidan qat‘iy nazar)
Bu o‘rinda aytib o‘tish joizdirki, matnlar o‘rnida rangli harakatdagi tasvirlarni, turli
videokliplarni, grafik, audiolarga ham murojaat tashkil qilsa bo‘lar ekan. Matndan
tashqari boshqa shakldagi ma‘lumotlarni ham beruvchi hujjatlar gipermedia hujjatlari
deyiladi.
Matnlarda kalit so’zlar deb ataluvchi so‘zlar orqali dunyoning ixtiyoriy burchagida
INTERNET doirasida joylashgan ma‘lumotlarga yoki kompyuterdagi mavjud fayllarga,
yoki fayl ichidagi o‘zaro murojaat qilish va u orqali ma‘lumotlarni topish gipermurojaat
deb ataladi.
Ajratilgan so‘zlar va frazalar – gipermatn aloqalari, qisqacha giperaloqalar deb
yuritiladi. Bu giperaloqalar orqali boshqa hujjatlarga murojaat qilib, unda yangi
giperaloqalarni yaratish mumkin.
Zakladka (―taxlash‖, ―joylashtirish‖ ma‘nosini anglatadi) – matnning, jadvalning,
rasmning qandaydir qismiga nomlangan ko‘rsatkich yoki hujjat ichidagi o‘rni.
Demak, gipermurojaatlarni asosiy vazifasi sizga kerakli bo‘lgan axborotlarni tez
topishdir.
Gipermurojaatni ishga tushirish yo‘llari quyidagicha:
1. Menyuning Вставка → Гиперссылка buyrug‘i;
2. Standart asboblar paneli →
Гиперссылка tugmasi;
3. Konteksli menyu →
Гиперссылка buyrug‘i.
Gipermurojaat orqali axborotimizni fayl,veb-sahifa bilan, hujjat ichidagi belgilangan joy
bilan, yangi hujjat bilan, elektron quti bilan bog‘lashimiz mumkin.
22
Yuqoridagi bog‘lanishlardan murakkabrog‘i hujjat ichidagi belgilangan joy bilan
bog‘lanishdir. Bunda bog‘lanish yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga bo‘ladi.
Bog‘lanishlar strukturasini quyidagi oynada ko‘rib turibsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: