Tilni ehtimollik belgilariga ko„ra tahlil qilish
til
elementlarini statistik xarakteristikalar asosida baholash
demakdir. Til birligining gapda qo‗llanish chastotasi ehtimollik
deyiladi. Ehtimollik fonema, so‗z, so‗zlar guruhi, gaplarning
qo‗llanishidagi tasodifiy o‗lchovidr.
Tanlanma matn asosida statistik xususiyatlarni o‗rganish
natijasida chastotali lug‗atlar tuziladi.
Matematik tahlil metodlari tilshunoslikning yana ham
takomillashishiga, shubhasiz, katta yordam ko‗rsatadi. Natijada
kibernetika va elektron–hisoblash mashinasi bilan ishlashning
ravnaq topishi avtomatik tahlil metodining shakllanishiga olib
keldi. Bu metod tilni shunday shakliy qismlarga ajratadiki, bir
tilning elementlari boshqa tilning shu ma‘nodagi shakliy
elementlariga ekvivalent bo‗lishi lozim. Ekvivalentlik esa bir
tildan boshqa tilga mashina yordamida tarjima qilish
imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |