Grammatik sath
Har bir tilning grammatik sathi so‗zlarning grammatik
formasi, so‗z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Tilning
boshqa sathlari kabi grammatikaning ham o‗z birliklari bor.
Eng kichik grammatik birlik morfema bo‗lib, morfemalardan
so‗zlar yasaladi, so‗zlar esa o‗z navbatida so‗z birikmalari va
gaplar qurilishida qatnashadi. Gap grammatikaning yirik va
mustaqil birligidir. Gapdan katta birliklar ham mavjud:
murakkab sintakik (birlik) butunlik, abzas va matn.
Til grammatik strukturasining o‗ziga xos xususiyatlari bor.
Birinchidan,
tilning
grammatik
qurilishi:
so‗zning
strukturasi , tuslanish va turlanish qoidalari, so‗z birikmalari va
53
grammatikaning turlari tarixiy taraqqiyotining mahsuli sifatida
juda sekin o‗zgaradi.
Ikkinchidan, grammatika umumlashtirish xususiyatiga
egadir. Masalan, arava
, maktab, tosh, bola
kabi so‗zlarning o‗z
leksik ma‘nosi bor, ammo, grammatik nuqtayi nazardan bu
so‗zlar predmetlik tushunchasini ifoda qilib, ot turkumini
tashkil qiladi. Bu so‗zlarni ularning leksik ma‘nosi emas,
grammatik ma‘nosi umumlashtiradi. Tilning grammatik
strukturasini morfologiya va sintaksis o‗rganadi. Morfologiya
so‗zning turkumlari va ularning grammatik formalarini
tekshiradi. Sintaksis esa nutqning grammatik strukturasini
o‗rganadi. Bunda gap asosiy birlikdir. Gapdan katta birliklar
ham sintaksisda o‗rganiladi.
Til tizimi til birliklari -fonema, morfema, so‗z, gap va til
sathlarining
bir
butunligidan
iborat.
Yuqoridagilardan
ko‗rinadiki, aloqa-munosat vositasi bo‗lgan tilning fonetik,
leksik, grammatik jihatlari muayyan ichki qonuniyat asosida
o‗zaro mutanosiblikni tashkil etuvchi tizimdir. Tizimni tashkil
qiluvchi mutanosiblik o‗ziga xos bo‗lgan alohida qoidalarda
namoyon bo‗ladi. Muayyan tildagi gaplar so‗zlardan, so‗zlar
bo‗g‘inlarning birikuvidan, bo‗g‘inlar nutq tovushlaridan hosil
bo‗ladi. Jumlani, gapni tashkil etuvchi so‗zlar o‗zaro til
qonuniyatlari asosida birikadi. Istalgan har qanday so‗zlar
yig‘indisi gap bo‗la olmaydi. Tartibsiz suratda yig‘ilgan so‗zlar
mazmun ifodalash uchun xizmat qilmaydi. So‗zlarning ketma-
ketligi ma‘lum tartib va umumiy qoidaga muvofiq bo‗lishi
talab etiladi. Shu holatning o‗ziyoq tilning tizim ekanligini
ko‗rsatadi. Ma‘lum bir tilga xos tovushlar shu tilning fonetik
tizimini, so‗zlar leksik tizimini tashkil etadi. Bir tildan ikkinchi
tilga o‗zlashgan so‗z shu tilning fonetik tizimiga-talaffuz
me‘yorlariga bo‗ysunadi. Masalan: o‗zbek tiliga rus tilidan
kirgan ayrim so‗zlar o‗zbek tili talaffuz me‘yorlariga
moslashadi:
chaynik-choynak, podnos-patnis.
Aksincha o‗zbek
tilidan rus tiliga o‗zlashgan so‗zlar rus tilining talaffuz
54
me‘yorlariga bo‗ysungan:
qorovul-karaul, karvon-karavan,
bozor-bazar.
Umuman, tilda tovushlar, lug‘at tarkibi, grammatik tartib
birikib, tizim sifatida bir butunlikni tashkil etadi. Til tizimini
tashkil etuvchi sathlar o‗zaro mutanosib holda bir-birini taqozo
qiladi. Ular orasidagi bog‘liqlik tilning umumiy qoyidalari va
qonuniyatlariga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |