Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1.Tilning tabiiy biologik hodisa emasligini ko‗rsatuvchi
qanday omillar mavjud?
2. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ko‗rsatuvchi bir nechta
omillarni sanab o‗ting.
3.Til alohida tizim sifatida qanday vazifalarni bajaradi?
4.Fikrlash bilan so‗zlash o‗rtasida qanday bog‗liqlik va farq
bor?
5. ―Tafakkur‖ so‗zining ma‘nosini izohlang.
6.Til va tafakkur ayrim-ayrim holda mavjud bo‗lishi
mumkinmi?
7.Tafakkur va til o‗rtasidagi munosabatni misollar asosida
tushuntirib bering.
8. Til birliklari va nutq birliklari sanang. Ularning birini
ikkinchisidan farqini tushuntiring.
Adabiyotlar:
1.Azizov O. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent: O‗qituvchi,
1995. –B.7-8.
2. Ismoilov B. Dunyoni bilishda til va tafakkur birligi. –
Toshkent: Fan? 1966. –B. 55-90.
3. Ne‘matov X., Bozorov O. Til va nutq. –Toshkent:
O‗qituvchi, 1993. –B. 5-28.
4.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent: O‗qituvchi,
1972. –B.148-151.
5. Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2007. –
B.23-29.
25
6.O‗rinboev B., Karimov S. Tilshunoslik nazariyasi.
Ma‘ruzalar matni. – Samarqand, 2004. –B.164-168.
7.Pardayev A. Tilshunoslik nazariyasi. Uslubiy qo‗llanma. –
Samarqand: SamDU nashri, 2015. – 37-40.
Qo„shimcha o„qish va mustaqil ishlar mavzulari uchun:
(2-mavzuga ilova)
Til madaniyati va nutq madaniyati. Adabiy til va me‟yor
Peja:
1.Til madaniyati va nutq madaniyati.
2.Adabiy til va me‘yor.
Tayanch so‘z va iboralar:
til madaniyati, nutq madaniyati,
to„g‟ri, aniq, tushunarli qilib gapirish, ifodali o„qish, urg„u,
ohang, adabiy til.
Til madaniyati va nutq madaniyati hodisalari bir-birini inkor
qilmaydigan, biri ikkinchisi bilan aloqador sohalar sanalsa-da,
bu terminlarning birini ikkinchisiga qorishtirmaslik kerak. Til
madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til tizimining
o‗zini, masalan, o‗zbek adabiy tili tizimining vosita va
imkoniyatlarini ko‗zda tutadi, uning madaniylik darajasini
ko‗rsatadi.
Til madaniyati tushunchasi o‗z mohiyatiga ko‗ra ancha
murakkab hodisadir. Birinchidan, til madaniyati ma‘lum
adabiy til sohasidagi madaniylik uchun kurash tarixini, bundagi
shakllanish, rivojlanish jarayonlarini ko‗rsatadi. Ikkinchidan, til
madaniyati adabiy tilning muayyan davridagi madaniy til
sifatidagi kamolot darajasini ko‗rsatadi. Demak, til madaniyati
deganda, adabiy tilni qayta ishlash (nazariy jihatdan),
silliqlashtirish,
adabiy
tilning
yanada
rivojlanishiga,
takomillashuviga ko‗maklashish, adabiy tilga bo‗lgan ijobiy
munosabat tushuniladi.
Nutq madaniyati madaniy, ma‘naviy hayotning zaruriy
talablari asosida paydo bo‗lgan hodisadir. Tildan foydalanishda
o‗z fikrini to‗liqroq, aniqroq va hatto ifodali hamda ta‘sirchan
qilib ifodalash, madaniy gapirishga intilish, to‗g‘ri, aniq,
26
tushunarli qilib gapirish, tilning ifoda vositalaridan – so‗zlar,
qo‗shimchalar, urg‘u va ohang kabilardan o‗rinli va unumli
foydalanish nutq madaniyatining o‗ziga xos sifatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |