Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar:
4.
Deutsche PISA-Konsortium (2001): PISA 2000. Basiskompetenzen von Schülerinnen und
Schülern im internationalen Vergleich. Leske+Budrich, Opladen
5.
Kneuper, D (2010): PISA und die Bildungsadministration. Bildungspolitische
Verarbeitungs-und Entschedungsprozesse zur Schulstrukturfrage nach PISA 2000. Der andere Verlag,
Bielefeld
6.
Trumpa, S., Wittek, D., Sliwka, A. (2017): Die Bildungssysteme der erfolgreichsten PISA-
Länder: China, Finnland, Japan, Kanada und Südkorea. Waxmann, New York.
PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI – TA‘LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH
OMILI
Lukmonova S. G.– Buxoro davlat universiteti,
Maktabgacha va boshlang„ich ta‟lim kafedrasi
o„qituvchisi
XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman oldingidan farq
qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz
sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar
hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar boʻyicha
mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi
planga tushib qoldi.
Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila
olish, xalq tili bilan aytganda ―kosa tagidagi nimkosa‖ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa
koʻtarilayapti.
Xalqaro baholash dasturi - PISA (inglizcha - Programme for International Student
Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‗quvchilarning savodxonligini (o‗qish, matematika, tabiiy
fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‗llash qobiliyatini baholovchi dastur.
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‗tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda
birinchi marta qo‗llanilgan. Bu dastur boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini baholash
maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va
2018 yillar) PISA dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi
rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qoʻshilishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki oʻquvchilarni testga tayyorlash
emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun
mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.
Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari
qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?
PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining
Do'stlaringiz bilan baham: |