Darsning maqsadi: Talabalarga gidromorf tuproqlar, ularni hosil bo’lish sharoitlari va klassifikatsiyasi to’g’risida malumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
16.1.1. Gidromorf tuproqlar, ularni hosil bo’lish sharoitlari to’g’risida tushintirib bera oladi.
16.1.2. Gidromorf tuproqlar klassifikatsiyasini so’zlab bera oladi.
1--asosiy savolning bayoni:
Gidromorf tuproqlar gidro - asosan suv ta’sirida ya’ni sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m.) bo’lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta’sirida hosil bo’ladigan o’tlok, botqoq, botqoq-o’tloq tuproqlar va sho’rхoklar kiradi. Gidromorf tuproqlar Cho’l va bo’z tuproqlar zonalarida tarqalgan bo’lib, daryolarning kuyi terrassalari, rel’efi depreesiyalari (cho’qmalari)da – ko’l atrofi, daryo va ko’llarning (qurib qolgan pastliklari va tof oldi qiya tekisliklari hamda tog’ oldi yoyilmalarida katta maydondarni egallaydi.
Gidromorf tuproqlar maydoni O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarini yarmini, O’zbekistonda esa 40% ini tashkil etadi.
Gidromorf tuproqlar namlanish sharoitiga qarab allyuvial rejimdagi va saz rejimli tuproqlarga ajratiladi. Allyuvial rejimdagi tuproqlar daryo vodiylarnda sizot" suvlari barqaror bo’lmagan sharoitda yuzaga keladi. Saz rejimli tuproqlar tog’oldi qiya tekisliklarda va yoyilmalarda toshardan sizib oqayotgan bosimli sizot suvlarning barqaror bo’lgan sharoitda hosil bo’ladi.
Yer osti suvlari yaхshi oqib ketadigan sharoitda, sizot suvlari odatda kam minerallashgan bo’lib - bu bo’z tuproqlarning yuqori zonalari uchun harakterli bo’lib, odatda bunday sharoitda gidromorf tuproqlar sho’rlanmagan bo’ladi. Yer oeti suvlari kam oqib ketadigan joylarda yer osti suvdarining minyerallashuvi bo’lganligi sababli, cho’l zonasidagi va qisman bo’z tuproqlarning quyi zonalaridagi gidromorf tuproqlar turli darajada sho’rlangandir. Gidromorf tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashkari har bir zonaning tabiiy sharoitlari-Iqlimi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslar tarkibi, o’simliklar qoplami va boshqalar ta’sir etadi. Shuning uchun ham zonal joylashuviga ko’ra, cho’l zonasining va bo’z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlariga ajaratiladi.
Cho’l va bo’z tuproqlar zonasi asosan gidromorf tuproqlarning tiplarn - o’tloq, botqoq va sho’rхok tuproqlari bo’lib, ular botqoq-o’tloq, o’tloq (tipik), sho’rхok va botqoq-sho’rхok tipchalarga ajratiladi.
Sho’rlanish darajasiga qarab: sho’rlanmagan, kuchsiz, o’rtacha va kuchli sho’rlangan tuproqlarga ajratiladi. O’tloqi tuproqlar gumus miqdoriga ko’ra och tusli (2% gacha gumus bo’ladi) va to’q tusli (2% dan ko’p) turlarga bo’linadi. Gidromorf tuproqlar sug’orish davriga qarab yangidan va qadimdan sug’oriladigan (voхa) tuproqlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |