Poliksen (Pt, Fe). Tarkibida platina 80–88 % va temir 9–11 %; u kub singoniyali. Tabiatda yaxlit kub shaklida kamroq uchraydi, asosan noto‘g‘ri donalar ko‘rinishida bo‘ladi. Poliksen rangi – kumushdek oq, ba’zan po‘latdek kul rang. Qattiqligi 4–4,5. U ham boshqa metallardek eziluvchanlik xususiyatiga ega, ulanish tekisligi yo‘q. Poliksen magnitga tortiladi va elektrni yaxshi o‘tkazadi, ammo kislotalarda erimaydi. Platina guruhi minerallari genetik jihatdan o‘ta asos magmatik jinslar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tipik magmatik konlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |