O’ O`zbekiston respublikasi



Download 7,69 Mb.
bet65/232
Sana29.12.2021
Hajmi7,69 Mb.
#79575
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   232
Bog'liq
Algoritm

4-misol.

var A,B: real;

I,N: integer;

C: char;


I: =0; N: =I+1;

A: =0.25; B: =Sqrt(A); C: =’#’;

Writeln(A:5:2,B:6:2); { 0.25 0.50}

Writeln(‘I=’,I:4); {I=0}

Writeln(C:4); { #}

Writeln(‘B=’,Sqrt(A):6:2); {B=0.50}

Writeln(‘***************’); {***************}

Writeln(‘*A=’,A:4:2,’*B=’,B:4:2,’*’); {*A=0.25*B=0.50*}

Writeln(‘***************’); {***************}


15-Mavzu: Ma’lumotlarning sanab o‘tiluvchi va chegaralangan turlari


Reja:

  1. Sanab o‘tiluvchi turning berilishi

  2. Turlarning aniqlanish usullari

  3. Chegaralangan turning berilishi

Ixtiyoriy standart bo‘lmagan ma’lumotlar turi programmada tur e’lon qilish yordamida aniqlangan bo‘lish kerak. Sanab o‘tiluvchi turni berilishi quyidagicha yoziladi:



:: = ( {,});

Qavs ichidagi vergul bilan ajratib yozilgan larni sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslardir. Ular sanab o‘tiluvchi turning qiymatlar to‘plamini hosil qiladi. Sanab o‘tiluvchi turning qiymatlar to‘plami tartiblangan va tartib nomeri 0 dan boshlanadi.

Ma’lumotlarning sanab o‘tiluvchi turida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan barcha qiymatlar sonli cheklangan bo‘ladi. Yuqorida ko‘rilgan integer, word, char, boolean turlari ham sanab o‘tiluvchi turlarga kiradi: word uchun qiymatlar 0 dan 65535 gacha; char turi uchun 256 belgi aniqlangan bo‘lib, ularning kodlari 0 dan 255 gacha; boolean turi ikkita qiymatni - True va False qabul qiladi.

Sanab o‘tiluvchi tur foydalanuvchi tomonidan aniqlanishi mumkin. Bunda qavs ichida sanoqli tur qiymatlari qatori ko‘rinishida yoziladi.

type

nota = (do,re,mi,fa,sol,lya,si);



oy = (yan,fev,mar,apr,may,iyn,iyl,avg,sen,okt,noy,dec);

var


musika : nota;

oy_x : oy;

bu yerda musiqa, oy_x o‘zgaruvchilari faqat tur aniqlashdagi qavs ichidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Masalan:

musika : = fa;

oy_x : = apr;

Programmada e’lon qilinayotgan turlarning ko‘pchiligini (sanab o‘tiluvchi va chegaralangani ham) ikki usul yordamida aniqlash mumkin:

1) yangi turning aniqlanishi turlar bo‘limida bu turni e’lon qilish va unga nom berish yo‘li bilan aniqlanadi:

:: = =

yoki =

Masalan, type name=(mike,nike,jane,olga,ada);

Boshqa boshqa turlarning e’lon qilishda bir xil nomlarni ishlatish mumkin emas. So‘ng bu turga tegishli o‘zgaruvchilar var bo‘limida e’lon qilinadi: var child:name;



  1. bu turning berilishi var bo‘limida o‘zgaruvchining e’lon qilish joyida komponentaning o‘rniga yoziladi.

Masalan, var child:(mike,nike,jane,olga,ada);

Sanab o‘tiluvchi turning qiymatlari ustida faqat taqqoslash va qiymat berish amallarini va succ(x), pred(x), ord(x) standart funksiyalarini ishlatish mumkin. Turni berilishida birinchi bo‘lib yozilgan nom uchun pred va oxirgi yozilgan nom uchun succ funksiyalarning qiymatlari aniqlanmagan. Sanab o‘tiluvchi turning qiymatlarini o‘qish-yozish uchun oddiy o‘qish-yozish protseduralarini ishlatib bo‘lmaydi, Case operatoridan foydalanish kerak.

Turbo-Paskalda foydalanuvchi aniqlashi mumkin bo‘lgan turlardan biri chegaralangan tur bo‘lib, uning yordamida asosiy turlarning biror oralig‘idagi (diapazondagi) qiymatlarni qabul qiluvchi yangi tur aniqlanishi mumkin. Bu yerda asosiy tur sifatida ixtiyoriy sanaluvchi tur bo‘lishi mumkin. Chegaralangan turdagi o‘zgaruvchilar faqat turda ko‘rsatilgan oraliqdagi qiymatlarnigina qabul qiladi. Har bir chegaralangan tur berilgan tartiblangan tur, shu jumladan, sanab o‘tiluvchi tur asosida aniqlanadi. Bu berilgan tartiblangan tur chegaralangan turga nisbatan asosiy deyiladi va oraliq yordamida aniqlanadi. Oraliq o‘zining chegaralari, asosiy turdagi qiymatlari bo‘lib, quyidagicha beriladi:

:: = . .

bu yerda va - asosiy turga tegishli va birinchisi ikkinchisidan katta bo‘lmasligi kerak. Sanab o‘tiluvchi turga o‘xshab, chegaralangan tur ham yuqorida aytilgan ikki yo‘l bilan e’lon qilinishi mumkin:

Chegaralangan turlarni aniqlashga misollar:

1) type boy=(mike. . nike);

raham = 1..9;

liter = 'a'..'ya';

oylar = yan..avg;

2) var d: jane. . ada;

c: boy;

son : raham;

...

son : = 7;...



3) Type MONTH=(Feb,Mar,Apr,May);

COLOR=(Red,Green,Blue);

Var X:MONTH;

Y:COLOR;


4) X: =Mar; Y: =Green;

Pred(X) =Feb;{ro‘yxatdagi oldingi element}

Succ(Y) =Blue;{ ro‘yxatdagi keyingi element }

Ord(X) =1;{ ro‘yxatdagi elementning nomeri (nomerlash noldan boshlanadi)}

5) Type MONTH=(Feb,Mar,Apr,May);

Var X:Feb..Apr;

Y:Mar..May;

Day:1..31;

Year:1990..1998;

6) Y: =; Pred(Y) =

Day:=12; Dec(Day,10)=22 {argument Day ning qiymati 10 ga orttiriladi)

Year: =1990; Inc(Year) =1991{ argument Year ning qiymati 1 ga kamaytiriladi)

Day: =10; Day: =Day+12;{Day=22 qo‘shish amali}



Download 7,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish