12-Mavzu: Paskal tilida qiymat berish operatori.
Shartli operator va uning turlari
Reja:
Qiymat berish operatorining sintaksisi.
Operand tushunchasi.
O‘tish operatori, tarkibli operator
Nishon e’lon qilinishi.
To‘liq shartli operator va qishartirilgan shartli operatorning ko’rinishi.
Shartli operatorga oid dastur tuzish. Case (tanlash) operatori Mustaqil bajarish uchun topshiriq.
Biror o‘zgaruvchiga qiymat berish uchun Paskal tilida quyidagicha amalga oshiriladi va qiymat berish operatori deb ataladi.
:=
Misol: x: =3
X o‘zgaruvchiga 3 uzatilgan yoki x o‘zgaruvchi 3 qiymatini kabul qiladi deyiladi. Paskalda o‘zgaruvchilar uchun kiritilgan integer, real, char va boolean turlariga mos ravishda
arifmetik ( integer va real uchun)
belgili
mantiqiy
turlar deyiladi.
Qiymat berish operatorlari kiritilgan qiymat berish operatorining sintaksisi quyidagicha yoziladi.
< qiymat berish operator > :: = < o‘zgaruvchi >:=< ifoda > .
Shunday qilib, qiymat berish operatorining bajarilish natijasida qaysidir o‘zgaruvchi yangi qiymat qabul qiladi, oldingi qiymati esa yo‘q bo‘lib ketadi.
Ifoda va o‘zgaruvchi bir xil turga tegishli bo‘lishi kerak. Ifoda operandlardan tuziladi. Operandlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
o‘zgarmaslar - ularning qiymatlari programma bajarilishidan oldin ma’lum va programma bajarilishi jarayonida o‘zgarmaydi;
o‘zgaruvchilar - ularning qiymatlari programma bajarilishida aniqlanadi va o‘zgarishi mumkin;
ifodalar-ularning qiymatlari hisoblashdan oldin ma’lum bo‘lmaydi.
Agar qiymat berish operatorining chap tomonida yozilgan o‘zgaruvchi va o‘ng tomonida yozilgan ifodaning turlari real yoki integer bo‘lsa, bunday operator arifmetik qiymat berish operatori deyiladi. Agar chap tomonida turgan o‘zgaruvchi real bo‘lsa, o‘ng tomonida yozilgan arifmetik ifoda real yoki integer bo‘lishi mumkin. Agarda chap tomonida yozilgan o‘zgaruvchi integer bo‘lsa, u holda ifoda faqat integer bo‘lishi mumkin. Arifmetik ifodaning hamma operandlarining turlari real yoki integer bo‘lishi shart. Ifodaning asosiy operandlari sifatida o‘zgarmas, o‘zgaruvchi yoki funksiya, amallar sifatida esa multiplikativ guruh amallari *, div, mod, / va additiv guruh amallari +, - ishlatilishi mumkin. Multiplikativ guruh amallarining prioriteti additiv guruhining amallaridan yuqori. Har bir guruhda amallarining prioriteti bir xil, va ular ifodada chapdan o‘nga harab bajariladi. Ifodani kerak bo‘lgan hisoblash tartibini qavs yordamida yozish mumkin.
A,B:real;
Lon:boolean;
s: shar var I, J:integer;
s:string
Begin
I: =12; J: =I+10; A: =0.25; B: =Sin(A); Lon: =A<>B;
s: =a;
s: =’Paskal’;
Do'stlaringiz bilan baham: |