6. Fayllardan matritsalar bilan ishlashda foydalanish
o‘lchovli matritsa to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi m ta satr va n ta ustuni bor sonlar jadvali deb haraladi. Oddiy holda matritsalardan foydalanishda ikki o‘lchovli massivlar ishlatiladi. Ushbu bo‘limdagi masalalarni bajarishda yordamchi massivni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
74. i, j butun sonlari va kvadrat matritsani saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Fayldagi matritsaning i-satri va j-ustunida joylashgan elementi chop etilsin (Nomerlash 1 dan boshlansin). Agar bunday element yo‘q bo‘lsa, 0 chiqarilsin.
75. Kvadrat matritsa elementlarini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Berilgan fayldagi matritsaning transponerlangan holatini saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
76. a va b kvadrat matritsalarni o‘zlarida saqlovchi sa va sb haqiqiy sonli fayllar berilgan. Berilgan fayllardagi matritsalarning ko‘paytmasini o‘zida saqlovchi sc yangi fayli tuzilsin. Agar fayllardagi matritsalarni ko‘paytirish mumkin bo‘lmasa sc fayli bo‘sh qoldirilsin.
77. i, j butun sonlari va haqiqiy sonli to’g’ri to’rtburchakli matritsa elementlarini saqlaydigan fayl berilgan. Fayilning birinchi satrida matritsa ustunlari soni joylashadi. Fayildagi matritsaning i-satr va j–ustunida joylashgan elementi chiqarilsin. Agar bunday element yo‘q bo‘lsa, 0 chiqarilsin.
78. To‘g‘ri to‘rtburchakli matritsa elementlarini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Faylning birinchi satrida matritsa ustunlari soni joylashadi. Berilgan fayldagi matritsaning transponerlangan holatini saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
79. To‘g‘ri to‘rtburchakli a va b matritsaning elementlarini saqlaydigan haqiqiy sonli sa va sb fayllar berilgan. Shu fayllarda saqlanayotgan matritsalarning ko’paytmasini o’zida saqlovchi sc fayl hosil qilinsin. Agar c matritsani hosil qilib bo’lmasa sc fayl bo’sh qoldirilsin.
80. Matritsaning yuqori uchburchak qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Matritsaning qolgan qismidagi elementlari nollardan iborat deb hisoblanib, shu qismni saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
81. Matritsaning quyi uchburchak qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Matritsaning qolgan qismidagi elementlari nollardan iborat deb hisoblanib, shu qismni saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
82. ▲ Uch dioganalli matritsa elementlarini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Matritsaning qolgan qismidagi elementlari nollardan iborat deb hisoblanib, shu qismni saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
83. i, j butun sonlari va matritsaning 0 bo’lmagan yuqori uchburchak qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Matritsa tartibi, uning i-satri va j-ustunida joylashgan elementi chop etilsin.Agar matritsaning talab etilgan elementi nol qismda joylashgan bo’lsa 0; agar matritsaning talab etilgan satr yoki ustuni mavjud bo’lmasa “-1” chop etilsin (elmentlar satr bo’yicha).
84. i, j butun sonlari va matritsaning 0 bo’lmagan quyi uchburchak qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Matritsa tartibi, uning i-satri va j-ustunida joylashgan elementi chop etilsin. Agar matritsaning talab etilgan elementi nol qismda joylashgan bo’lsa 0; agar matritsaning talab etilgan satr yoki ustuni mavjud bo’lmasa “-1” chop etilsin (elmentlar satr bo’yicha).
85. i, j butun sonlari va matritsaning 0 bo’lmagan uch dioganalli qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Matritsa tartibi, uning i-satri va j-ustunida joylashgan elementi chop etilsin. Agar matritsaning talab etilgan elementi nol qismda joylashgan bo’lsa 0; agar matritsaning talab etilgan satr yoki ustuni mavjud bo’lmasa “-1” chop etilsin (elmentlar satr bo’yicha).
86. Matritsaning 0 bo’lmagan yuqori uchburchak qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Berilgan matritsadagi barcha elementlarni saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
87. Matritsaning 0 bo’lmagan quyi uchburchak qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Berilgan matritsadagi barcha elementlarni saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
88. Matritsaning 0 bo’lmagan uch diagonalli qismini saqlovchi haqiqiy sonli fayl berilgan. Berilgan matritsadagi barcha elementlarni saqlovchi yangi fayl tuzilsin.
89. a va b matritsalarning 0 bo‘lmagan yuqori uchburchak qismini saqlovchi sa va sb haqiqiy sonli fayllar berilgan. Berilgan fayllardagi matritsalarning ko‘paytmasini o‘zida saqlovchi sc yangi fayl tuzilsin. Agar fayllardagi matritsalarni ko‘paytirish mumkin bo‘lmasa sc fayli bo‘sh qoldirilsin.
90. a va b matritsalarning 0 bo‘lmagan quyi uchburchak qismini saqlovchi sa va sb haqiqiy sonli fayllar berilgan. Berilgan fayllardagi matritsalarning ko‘paytmasini o‘zida saqlovchi sc yangi fayl tuzilsin. Agar fayllardagi matritsalarni ko‘paytirish mumkin bo‘lmasa sc fayli bo‘sh qoldirilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |