2. Matnlarni tahlil qilish va formatlash
24. Matnli fayl berilgan. Matndagi abzatslar soni topilsin.
25. k butun soni va matnli fayl berilgan. Fayldan k-nomerdagi abzats o‘chirilsin. O‘chirilgan abzats joyi bo‘sh qolmasin. k-nomerdagi abzats topilmasa fayl o‘zgarishsiz qoldirilsin.
26. Matnli fayl berilgan. Agar matndagi har bir abzatsning boshlang‘ich satridan 5 tadan bo‘sh joy bo‘lsa, matndagi abzatslar soni hisoblansin.
27. k butun son va matnli fayl berilgan. Fayldan k-nomerdagi abzats o‘chirilsin. O‘chirilgan abzats joyi bo‘sh qolsin. k-nomerdagi abzats topilmasa fayl o‘zgarishsiz qoldirilsin.
28. Matnli fayl berilgan. Matndagi abzatslar chiziqli satr bilan ajratilgan. Abzatslar orasiga 1 tadan bo‘sh satr joylashtirilsin.
29. Matnli fayl berilgan. Matnda 1-uchragan eng uzun so‘z chiqarilsin.
30. ▲ Matnli fayl berilgan. Matndagi oxirgi uchragan eng qisqa so‘z uzunligi chiqarilsin.
31. k butun soni va matnli fayl berilgan. Berilgan faylning har bir satridan k tadan simvol ajratib olinib yangi faylga yozilsin.
32. Lotin bosh harfidan iborat c simvol va matnli fayl berilgan. Berilgan matnli fayldagi c simvol bilan boshlanuvchi satrlar nusxasi yangi faylga o‘tkazilsin.
33. Lotin kichik harfidan iborat c simvol va matnli fayl berilgan. Berilgan fayldagi hech bo‘lmaganda 1 ta c simvol uchragan satr yangi faylga o‘tkazilsin.
34. Chap tomoni bo‘yicha tartiblangan matn bor matnli fayl berilgan. Chap tomoniga keraklicha bo‘sh joy qo‘shish yordamida matn o‘ng tomon bo‘yicha tartiblansin(Satr uzunligi 50 ga teng).
35. Chap tomoni bo‘yicha tartiblangan matn bor bo‘lgan matnli fayl berilgan. Chap tomoniga keraklicha bo‘sh joy qo‘shish yordamida matn satrlari markazlashtirilsin (Satr uzunligi 50ga teng).
36. O‘ng tomoni bo‘yicha tartiblangan matn bor bo‘lgan matnli fayl berilgan. Boshlang‘ich bo‘sh joylarning yarmini olib tashlash evaziga matn markazlashtirilsin.
37. Chap tomoni bo‘yicha tartiblangan matn bor bo‘lgan matnli fayl berilgan. Matn abzatsi boshlangan satr 1 ta bo‘sh joy bilan farq qiladi. So‘zlar o‘rtasidagi bo‘sh joylarni oshirish evaziga matn satr eni bo‘yicha to‘g‘irlansin.
38. k(k>25) butun son va chap tomon bo‘yicha tartiblangan matnni saqlovchi matnli fayl berilgan. Matndagi abzatslar boshlangan satr boshqalaridan boshida bittadan bo`sh joy borligi bilan farqlanadi. Matnni quyidagi tartibda formatlang: satr uzunligi k dan oshmasa abzats belgisini saqlagan holda satrlarni eniga nisbatan chap tomon bo‘yicha tartiblang. Satr oxiridagi bo‘sh joy o‘chirilgan. Hosil bo‘lgan matn yangi faylga saqlansin.
39. k(k>25) butun son va chap tomon bo‘yicha tartiblangan matnni saqlovchi matnli fayl va k(k>25) butun son berilgan. Matnda bo‘sh satr yo‘q, abzats qizil satr bilan ajratilgan. Matnni quyidagi tartibda formatlang: satr uzunligi k dan oshmasa abzats belgisini saqlagan holda satrlar eniga nisbatan chap tomon bo‘yicha tartiblansin. Satr oxiridagi bo‘sh joy o‘chirilgan. Hosil bo‘lgan matn yangi faylga saqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |