146
yong’in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarning loyihalari
ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yong’in xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar,
qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
davlat yong’in nazoratini amalga oshiradi;
yong’in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan
yoki bunday
talablar mavjud bo`lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa ob`ektlarni
qurish, kapital ta`mirlash, rekonstruktsiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan
qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong’in xavfsizligi
talablariga rioya
qilinishiga taalluqli qismini ko`rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining,
shuningdek qurilishi (rekonstruktsiyasi) tugallangan ob`ektlarni foydalanishga qabul
qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
yong’in xavfsizligi sohasida yong’inga qarshi targ’ibotni, o`qitishni va
ahborot bilan ta`minlashni amalga oshiradi;
yong’in
xavfsizligining
ilmiy-texnik
jihatdan
ta`minlanishini
muvofiqlashtiradi;
yong’in xavfsizligi sohasida litsenziyalash va sertifikatlashtirishni belgilangan
tartibda amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22
martdagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan «Yong’inga qarshi avtomatika
vositalarini, qo`riqlash signalizatsiyalarini, yong’indan darak beruvchi va
yong’indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash,
ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish faoliyatini litsenziyalash
to`g’risida»gi
nizom
.
yong’inlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
LexUZ sharhi
Qarang: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 3
fevraldagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yong’inlarni va ularning oqibatlarini
hisobga olish, shuningdek yong’inlarga doir ahborotni to`plash hamda o`zaro
almashish tartibi haqida»gi
nizom
.
davlat va ho`jalik
boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati
organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yong’inlarning oldini olishga doir
tadbirlar o`tkazish to`g’risida yozma ko`rsatmalar beradi.
Davlat yong’in xavfsizligi xizmati qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo`shimcha ma`lumot uchun qarang: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 4 oktyabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat
yong’in nazorati to`g’risida»gi
nizom
.
Do'stlaringiz bilan baham: