142
Yonuvchi suyuq moddalarning chaqnash harorati 450ºS ga teng yoki undan
kichik bo`lsa, bunday moddalar Yengil yonuvchi suyuqliklar deyiladi. Bularga
benzin, serouglerod, spirtlar va boshqalar misol bo`la oladi. Chaqnash harorati 450ºS
dan yuqori bo`lganlari esa yonuvchi suyuqliklar deyiladi. Qurilish me`yorlr
keltirilishi bo`yicha yong`indan muhofaza qilish ilmiy tekshirish institutining
tavtsiyasiga binoan Yengil yonuvchi suyuqliklarga chaqnash harorati 610ºC
ga teng
va undan past bo`lganlari, yonuvchi suyuqliklarga esa 610ºC dan yuqorilarini kiritish
belgilangan.
Gazlarda esa, gazning har bir molekulasi kislorodning molekulalari bilan
bevosita kontaktda bo`lishi munkinligi va ular bir vaqtning o`zida oksidlanish
jarayoniga tayyor bo`lganligi uchun, yonish jarayoni katta tezlikda kechadi.
Yonuvchi modda bo`ylab alanganing tarqalish tezligi sekundiga bir necha metrni
tashkil etsa yonish, bir necha yuz
metrni tashkil etsa portlash, bir necha kilometrni
tashkil etsa detonatsiya deb ataladi.
Gaz va bug`larning havo bilan aralashmasining yonish va portlash xavfi,
alanganing tarqalish haroratidan tashqari ularning havodagi kontsentratsiya chegarasi
(bug`lar uchun) bilan xarakterlanadi. Portlashning kontsentratsiya chegarasi deb
yopiq tigel ichida yonuvchi gaz va bug`larning havodagi miqdori tashqi alanga ta`siri
ostida alangalanib keta oladigan miqdorga aytiladi.
Havo bilan to`ldirilgan berk idish olib, unga ma`lum
miqdorda yonuvchi gaz
yoki bug` qo`shib boramiz va har gal uni yoqib qo`ramiz. Bu gazning miqdori
(foizlarda yoki og`irlik konsentratsiyasida) kam bo`lganda alangalanmaydi, ya`ni
idish ichidagi bosim atmosfera bosimiga tengligicha qolaveradi.
Yonuvchi moddaning kontsentratsiyasi oshirib borilishi natijasida shunday holat
yuzaga keladiki, bunda aralashma kuchsiz portlaydi. Yopiq idish ichida yonuvchi gaz
yoki bug`ning havo bilan aralashmasining yondirilganda portlash paydo qiladigan
minimal qiymati portlashning pastki chegarasi deb alaladi. Idish ichiga berilayotgan
gaz yoki bug`ning kontsentratsiyasi yana oshira borilsa, portlash kuchi orta beradi va
biror maksimal qiymatga erishadi. Kontsentratsiyaning
yanada oshib borishi endi
portlash kuchini oshirmay, balki pasaytiradi va sekin asta so`na boshlaydi va ma`lum
kontsentratsiyada esa butunlay to`xtaydi. Yopiq idish ichida yonuvchi gaz yoki
bug`ning havo bilan aralashmasining, yondirilganda portlaydigan maksimal qiymati
portlashning yuqori chegarasi deb ataladi. Portlashning pastki va yuqori chegaralari
orasidagi farq qancha katta bo`lsa, moddaning portlash xavfi shuncha yuqori bo`ladi.
Xar bir yonuvchi moddaning bug`lari
va gazlari, hamda changlari o`zlarining
pastki va yuqorigi portlash chegaralari qiymatlariga ega.
Yonuvchi changlar va tolalar, ularning pastki portlash chegarasi 65 g/m³ dan
past bo`lsa, portlash xavfi mavjud hisoblanadi. Agar ularning pastki portlash
chegarasi 65 g/m³ dan yuqori bo`lsa, ular yong`in xavfi bo`lgan changlar hisoblanadi.
Suyuqliklar bug`lari uchun ham portlashning harorat chegaralari pastki va
yuqorigi qiymatlarga egadir. Portlashning pastki harorat chegarasi deb,
yopiq idish
ichidagi suyuqlikning to`yingan bug`larining tashqi manba ta`sirida alanga olishi
mumkin bo`lgan eng pastki harorati tushuniladi.
Portlashning yuqorigi harorat chegarasi deb, yopiq idish ichidagi suyuqlikning
to`yingan bug`larining tashqi manba ta`sirida alanga olishi mumkin bo`lgan eng
143
yuqorigi harorati tushuniladi. Yonuvchi suyuqliklarning gaz va bug`larning havo
bilan aralashmasini yuqorida ko`rsatilgan chegaralaridan tashqari qiymatlarida hech
qandiy manba bilan alangalatib bo`lmaydi. Masalan, atseton to`yingan bug`lari uchun
portlashning pastki harorat chegarasi - 20ºC. yuqorigisi 7ºC,
serouglerod uchun
tegishlicha - 14ºC va - 7ºC.
Do'stlaringiz bilan baham: