Rangli metallurgiya sanoati.
Respublikamiz hududi rangli metall xomashyolariga juda
boy, bir qancha rangli metall zixiralari bo‘yicha O‘zbekiston MDH dagina emas, balki jahonda
oldingi o‘rinlarda turadi. Jumladan, oltin zahiralari bo‘yicha dunyoda 4 – o‘rinda, molebden va
uran zahiralari bo‘yicha 8-o‘rinda, mis zahirasi bo‘yicha esa 11 o‘rinda turadi. Rangli va nodir
metallurgiya yirik zihiralari Markaziy Qizilqum, Janubiy Tyanshan, Chotqol-Qurama, Nurota,
Molg‘uzor, Janubiy Farg‘ona mintaqalarida joylashgan.
Mamlakatimizda oltin qazib olish rivojlangan bo‘lib, hozir jahonda 7 – o‘rinda turibdi.
Ayni vaqtda respublikamizda 30 dan ortiq oltin konlari mavjud. Mamlakatimizda oltin sanoatini
rivojlantirishga kata etibor berilmoqda. Shu maqsadda 1992 yili «O‘zbekoltin» birlashmasi
negizida endilikda O‘zbekiston Respublikasining qimmatbaho metallar davlat qo‘mitasi tashkil
etildi va u 1994 yilda O‘zbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlab berish korxonalari
uyushmasi («o‘zolmosoltin»)ga aylantirildi. «O‘zolmosoltin» uyushmasi (Toshkent shahri) va
uning boshqaruvi Navoiy shahrida bo‘lgan «Qizilqumkamyobmetalloltin» konserni (1994
yildan) faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakat oltin qazib olish sanoatining yirik markazi
«Qizilqumkamyobmetalloltin» konsernining bosh korxonasi – Navoiy konmetallurgiya
kombinatidir. U dastlab 1958 yilda Muruntov va Qizilqumning boshqa sochma oltin konlarini
ishga tushirish maqsadida qurilgan. Uning asosiy ishlab chiqarish quvvatlari Zafarobod,
Nurobod, Zarafshon, Uchqudud shaharlarida joylashgan.
O‘zbekiston oltin sanoatini rivojlantirish jarayonida xorij texnologiyasidan keng
foydalanilmoqda, jumladan, AQSH bilan hamkorlikda 1993 yilda Zarafshonda Muruntov ruda
chiqindilardan oltin ajratib olish yuzasidan «Zarafshon – Nyumont» qo‘shma korxonasi (yillik
quvvati 12-13 tonna) qo‘rilishi boshlangan edi. U 1995 yilning may oyida mahsulot Bera
boshladi.
Mamlakat rangli metallurgiyasida oltindan keyin misning salohiyati katta. Olmaliq tog‘-
metallurgiya kombinatining asosiy mahsulotlaridan biri ham misdir. Mazkur kombinatda uni
qazib olish, boyitish, pishirish, eritish, xomaki va so‘ngra toza mis tayyorlash jahon andozalariga
javob beradi. Respublikamizda yiliga 83-85 ming tonnadan ortiq mis ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekiston mis rudalarida mis bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi,
oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, vismut, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va
boshqalar ham qazib olinadi. Respublikamizda hozirda 40 ga yaqin rangli metallurgiya
korxonalari bo‘lib, ularda 65,4 mingdan ortiq ishchilar ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |