1.
Aholi soni, zichligi va joylanish xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi aholi soniga
ko‘ra dunyodagi o‘rta darajadagi mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2002 yil
ma’lumotlari bo‘yicha 25,1 mln. kishini tashkil etadi.
Respublika, aholisi turli davrlarda har xil suratlar bilan o‘sib borgan. Masalan, 1897 yil,
ya’ni o‘sha yilda o‘tkazilgan birinchi Umumrossiya aholi ruyxatga ko‘ra, hozirgi O‘zbekiston
hududida 3948 ming kishi yashagan. 1913 yilda u 4331 ming kishini tashkil qilgan. Birinchi
Butun ittifoq, aholi ruyxati (1926) esa bu yerda 4620 ming kishini qayd etgan.
Ikkinchi jahon urushi arafasida, ya’ni 1939 yilda O‘zbekiston aholisi 6347 ming kishidan
iborat bo‘lgan va u keyingi 1959 yil aholi ruyxatiga ko‘ra 8119 ming kishiga yetgan. Sobiq
Ittifoqda o‘tkazilgan so‘nggi aholi ro‘yxati O‘zbekistonda 19780 ming kishini qayd qilgan.
Mamlakat aholi sonining keyingi yillardagi o‘zgarib borishi jadvalda keltirilgan.
Aholi salmog‘iga ko‘ra Samarqand viloyati birinchi, Farg‘ona-ikkinchi va Toshkent
viloyati uchinchi o‘rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy va Sirdaryo
viloyatlarida.
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining
turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo‘yicha aholi joylashuvining
o‘rtacha zichligi 1km
2
ga 55,4 kishidan iborat bo‘lgan holda u Navoiy viloyatidagi 7,1 kishidan,
Andijon viloyatidagi 515,6 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 70 martadan ziyod).
Tarixan aholi mamlakatimizning sug‘oriladigan voha va vodiylarida zich joylashgan.
Chunonchi, bu ko‘rsatkich Farg‘ona, Namangan, Xorazm vilotyalarida ham ancha yuqori,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati mamlakat hududining 61,9 foizini tashkil
qilsada, bu yerda mamlakat aholisining atiga 9,3 foizi yashaydi, shu bois, aynan shu ikki
ma’muriy birlik respublika aholisi joylashuvining o‘rtacha ko‘rsatkichiga jiddiy ta’sir etadi.
Mirzacho‘l va Qarshi cho‘li, Jizzax va Sherobod cho‘llarining o‘zlashtirilishi, ma’dan
konlarini ishga tushirish evaziga yangi sanoat markazlarining barpo qilinishi oqibatida o‘nlab
yangi shahar va shaharchalar bunyod qilindi. Natijada aholining mamlakat regionlarida
joylashuvida katta o‘zgarishlar yuz berdi, shahar va qishloq aholisining nisbati hamda aholining
hududiy joylashuvida muhim siljishlar sodir bo‘ldi.
Umuman olganda Respublika aholi joylashuvi ko‘p jihatdan gidrografik shaxobchalar-
sug‘oriladigan daryo va irrigatsiya inshoatlari bilan belgilanadi. Respublikada aholi sonining
ko‘payishi natijasida yangidan yangi manzilgohlari vujudga kelmoqda, buning natijasida aholi
zichligidagi katta tafovutlar qisqarib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: