O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Jahon hududlarida aholining jinsiy tarkibi



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

 
Jahon hududlarida aholining jinsiy tarkibi 
(% hisobida, 2014 y). 
 
Hududlar 
Erkaklar 
Ayollar 
MDH 
48,5 
51,5 
Xorijiy Yevropa 
48,9 
51,1 
Afrika 
49,9 
50,1 
Amerika 
49,8 
50,2 


Avstraliya va Okeaniya 
50,5 
49,5 
 
Aholining  irqiy  va  milliy  –  etnik  tarkibi.  Inson  irqi-bu  avloddan  avlodga  o‘tuvchi 
o‘xshash  tashqi  (teri,  gavda)  belgilarga  ega  bo‘lgan,  tarixan  shakllangan  kishilar  guruhidir. 
Shunday  belgilar  g‘atoriga  teri,  soch  va  ko‘z  rangi,  burun  va  lab  shakli  bo‘y  va  gavdaning 
taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi.Jahon aholisi asosan 3 asosiy va qo‘shimcha 
irqiy  guruhlarga  mansubdir.  Bular  Yevropoid  (oq  tanli),  mangoloid  (sariq  tanli),  negroid  (qora 
tanli) hamda son jihatdan kichik bo‘lgan avstroloid xalqlaridir. Shulardan birinchisi  – Yevropa, 
Janubi  g‘arbiy  va  Janubiy  Osiyo,  Shimoliy  Afirika,  Shimoliy  Amerika  hamda  Janubiy 
Amerikaning  katta  qismida,  Avstraliyada  keng  tarqalgan,  ikkinchisi  Sharqiy,  Janubi-sharqiy, 
O‘rta  Osiyoda,  Kanada  shimolida,  Markaziy  va  Janubiy  Amerikada,  uchinchisi  –  Tropik 
Afrikada,  Janubiy    Osiyoda,  Amerika  va  Okeaniyada  mavjud.  To‘rtinchi  irq  vakillariga  asosan 
Avstraliya va Okeaniyaning tub aholi vakillari kiradi. 
Dunyoda  hammasi  bo‘liib  3-4  mingga  yaqin  halq,  ya’ni  etnos  mavjud.  Bularning 
ayrimlari  millatlarga  aylangan,  qolganlari  xalq  va  qabilalardan  iborat.  Tabiiyki,alik  ko‘p 
miqdorda  xalqlarni  guruhlarga  ajratish  (tasniflash)  zarur.  Aholi  geografiyasi  uchun  xalqlarni, 
birinchidan, soniga va, ikkinchidan, tiliga qarab guruhlarga ajratish eng katta ahamiyatga egadir. 
Dunyo  mamlakatlari  aholisining  milliy  tarikibi  va  etnik  munosabatlarining  xususiyatiga 
ko‘ra  qator  guruhlarga  taqsimlash  mumkin.  Birinchi  guruhga  bir  millatli,  ya’ni  asosiy  millati 
jami  aholisining  95  foizidan  ortiq  qismini  tashkil  etuvchi  mamlakatlar:  Yevropada  –  Islandiya, 
Irlandiya,  Norvegiya,  Daniya,  Polsha,  Germaniya  va  boshqalar,  Osiyoda-Yaponiya,  KXDR, 
Koreya  Respublikasi,  Bangladesh,  Mo‘g‘iliston,  Yaman,  Oman,  Qator,  Afrikada-Misr,  Liviya, 
Somali, Madakaskar va boshqalar. 
Ikkinchi  guruhga  ushbu  ko‘rsatkich  70-95  foizga  teng  bo‘lgan  mamlakatlar-Buyuk 
Britaniya,  Fransiya,  Ispaniya,  Finlandiya,  Jazoir,  Marokash,  Suriya,  AQSH,  Avstraliya, 
O‘zbekiston,  Turkmaniston,  Ozarbayjon  va  boshqalar  kiradi.  Uchinchi  guruh  mamlakatlarida 
(Eron, Afg‘oniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston, Malayziya, Markaziy, Sharqiy 
va  Janubiy  Afrika  mamlakatlari  va  boshqalar)  asosiy  millat  ulushi  jami  aholisining  yarmidan 
kam yoki ortiq, biroq 70 foizdan past ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. To‘rtinchi guruhda aholisi bir 
nechta  yirik  millatlardan  iborat,  lekin  ulardan  birontasining  ulushi  sezilarli  ustun  bo‘lmagan 
mamlakatlar  to‘plangan  (Hindiston,  Indoneziya,  Filippin,  Shveysariya,  G‘arbiy  Afrika 
mamlakatlari). 
Aholining diniy tarkibi. Insoniyatning ijtimoiy rivojlanish tarixida dinlar hamisha muhim 
rol  o‘ynab  kelgan.  U  hozir  ham  aholini  barcha  tabaqalarining  ma’naviy-sotsial  dunyoqarashi 
shakllanishiga, qolaversa, xalqaro siyosiy hayotga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. 
Jahon bo‘yicha xalqlar o‘rtasida o‘nlab dinlar tarqalgan bo‘lib, ular xususiyatlariga ko‘ra 
primitiv,  milliy  va  dunyoviy  dinlar  guruhiga  bo‘linadi.  Dastlabki  shakllanish  bosqichida 
kelayotgan primitiv dinlar urug‘ va qabilalik holatida yashab kelayotgan tropik Afrika negrlari, 
Janubiy Amerika hindulari, ayrim Janubiy, Sharqiy Osiyo va Okeaniyaning kichik etnik xalqlari 
orasida  tarqalgan.  Milliy  dinlar  jahonning  ba’zi  mamlakatlarida  asosan  bitta  davlat  doirasidagi 
mahalliy  din  holatida  yashab  kelmoqda.  Ularga  Hindistondagi  hindoizm,  Xitoydagi 
konfutsionizm, Yaponiyadagi sintoizm, Isroildagi iudaizm va boshqalar kiradi.  
Jahon dinlaridan eng keng tarqalgani  xristian dini  bo‘lib (bu din uch  mazhabni-katolik, 
pratestant  va  pravislavni  o‘z  ichiga  oladi),  unga  asosan  Yevropa,  Amerika  va  Avstraliyada 
yashovchi  taxminan  1  mlrd.  dan  ortiq  kishi  e’tiqod  qiladi.  E’tiqod  qiluvchilar  soniga  ko‘ra  (1 
mlrd.ga  yaqin)  islom  dini  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Asosan  Osiyo  bilan  Afrikada  joylashgan 
deyarli    30  ta  mamlakatda  Islom  dini  davlat  dini  deb  e‘lon  qilingan.  Markaziy  va  sharqiy 
Osiyoda tarqalgan budda dini jahon dinlari orasida uchinchi o‘rinda turadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish