teoritik
(«teo» - din) shakli ham mavjud.
Bunday tipdagi davlatlarda (Vatikan, Saudiya Arabiston, Vrineya) davlat boshlig‘i ayni vaqtda
diniy boshliq hisoblanadi. Vatikanda monarx Rim Papasi, Saudiya Arabistoni esa barcha
rahbarlik (Bosh vazir, Oliy sudiya, Oliy qumondon va hoakazo) faqat yakayu-yagona qirolga
bo‘ysinadi.
Davlat tizimining riyespublika shakli ham ancha qadimiy (yeng qadimiy respublika San-
Marino Respublikasi bo‘lib u 301 yilda tashkil topgan). Respublika ham o‘z navbatida prezident
va parlament respublikasi shaklida bo‘ladi. Birinchisida saylangan prizident ayni vaqtda davlat
va xokimiyat boshlig‘idir; hatto parlament oldindan tarqatib yuborish hududiga ham ega.
Respublikaning bunday ko‘rinish AQSH, Braziliya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa
davlatlarda amal qiladi.
Parlamentar respublikada prizident huquqi biroz cheklangan bo‘lib, unda hokimiyat
parlamentga shaklan bo‘ysinsada u amalda asosiy boshqaruvchi shaxs hisoblanadi (Germaniya
Federativ Respublikasi, Malayziya, Hindiston, Avstriya, Rolsha, Italiya va b,).
Hozirgi davrda yer sharida respublika tizimidagi davlatlar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ularning umumiy soni 150 ga yaqin, monarxiyaga esa taxminan 30 ta davlat kiradi.
Davlat tizimi mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi bilan ham bog‘liq, davlatlar
ma’muriy – hududiy tuzilishning ikki – unitar va federativ shakli mavjud. Unitar davlatlarga
qonun chiqaruvchi va ijro etish organi bitta, konstitutsiya ham yagona. Ularning ishidagi
ma’muriy birliklar, masalan, viloyat, rayon kabilarning hududi uncha katta emas. Bunday
davlatlar soni juda ko‘p: Fransiya, Ukraina, Turkmaniston, Belorus, Qozog‘iston, Yaponiya va
h.k.
Federativ davlatlarning ichki siyosiy tuzilishi ancha murakkab: bu yerda «davlat ichida
davlatlar» mavjud bo‘ladi. Yagona davlat tarkibidagi respublika, shtat, okrug, kanton, provinsiya
kabilar o‘zlarining konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga ega. Ularning
siyosiy jihatdan huquqi ancha yuqori. Chunonchi, AQSH, Braziliya, Hindiston, Meksikaga,
uxshash 20ga yaqin federativ davlatlar tarkibida shtatlar (shtati, shtat – davlat demakdir), GFRda
yerlar, Rossiyada – respublikalar mavjud.
Davlat ma’muriy tuzilishining konfedratsiya shaklida uning ichki birliklari o‘zlarining
mustaqilligini tula saqlagan bo‘ladi. Bunday tizim Shvesariyada kuzatiladi; «Shvesariya
konfederatsiyasi» 22 ta kantonlardan iborat.
Dunyo siyosiy xaritasida tom ma’nodagi mustamlakalar deyarli yo‘qolgan bo‘lsa-da,
siyosiy jihatdan qulay yoki buysinuvchi hududlar hanuzgacha bor. Bularga Portugaliya, Daniya,
Fransiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning yer sharining turli chekkalarida qolgan avvalgi
mustamlakalari, kichik, to‘la mustaqil bo‘lmagan hududlari kiradi. Ular, masalan, Janubi-
Sharqiy Osiy, Okeaniya, Karib dengizi havzasida bor.
Shu o‘rinda Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik davlatlariga ham to‘xtalib
o‘tish lozim. Ma’lumki, «Buyuk Britaniya» dastavval 1707 yilda Angliya, Shotlandiya va
Irlandiyani qo‘shilishidan tashkil topgan edi. 1931 yilda vujudga kelgan Buyuk Britaniya
Hamdo‘stligiga hozirgi vaqtda 50 dan ortiq davlatlar, shu jumladan, Avstraliya, Yangi
Zelandiya, Kanada kiradi (umumiy maydoni 30 mln. km
2
, aholisi esa dunyo aholisining 1/6
qismini tashkil qiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |