O. L. Muxamedov Kafedra mudiri



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

Og‘ir  sanoat. 
O‘zbekiston  sanoatida  yetakchi  o‘rinni  og‘ir  sanoat  egallab  kelmoqda. 
Ma’lumki,  bu  sanoat  tarkibiga  yoqilg‘i-energetika  majmui,  rangli  va  qora  metallurgiya, 
mashinasozlik majmuasi, qurilish materiallari sanoati kabilar kiradi. 
Og‘ir sanoat milliy iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yangi texnika va texnologiya bilan 
ta’minlaydi,  transport  vositalari  va  qishloq  xo‘jaligini  tarmoqlarini  qayta  qurish  negizi  bo‘lib 
hisoblanadi. 
Yoqilg‘i – energetika sanoati

Mamlakat yoqilg‘i – energetika sanoatining tarkibiga gaz, 
neft,  ko‘mir  sanoatlari  va  energetika  kiradi.  Bu  sanoat  majmuining  mamlakat  sanoat  ishlab 
chiqarishdagi  hissasi  salkam 35,0  foiziga teng O‘zbekistonning g‘arbiy va  janubiy  hududlarida 
topilgan  neft,  gaz  va  ko‘mir  konlarining  katta  zaxirlariga  tayanib  yildan-yilga  mazkur  sanoat 
tarmoqlari tez rivojlantirilmoqda. 
Yoqilg‘i sanoati O‘zbekiston og‘ir sanoatining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, u tabiiy 
gaz,  neft,  ko‘mir  qazib  chiqarishni  va  ularni  qayta  ishlashni  hamda  tayyor  mahsulotlarni 
iste’molchilarga  yetkazib  berishni  o‘z  ichiga  oladi.  Respublikada  zaxirasi  sanoatda  ishlatilishi 
mumkin bo‘lgan darajada hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 
tasi  Buxoro  –  Xiva  havzasida,  27  tasi  Farg‘ona  vodiysi,  10  tasi  Surxondaryo,    Ustyurtda 
joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensati, gaz-neft, gaz – neft kondensatli va neft-gaz 
kondensatli  turlari  mavjud.  Neft  va  gaz  mavjud  bo‘lgan  beshta  asosiy  mintaqani  ajratib 
ko‘rsatish  mumkin:  Bular:  Ustyurt,  Buxora  –  Xiva,  Janubiy  –  g‘arbiy  Hisor,  Surxondaryo, 
Farg‘ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trillion AQSH dollaridan ziyod 
baholanmoqda. 
Neft sanoati mamlakat xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun bir necha o‘nlab muhim 
mahsulotlar  ishlab  chiqaradi.  Mamlakatimizda  birinchi  neft  koni  1904  yilda  Farg‘ona  vodiysi 
(Chimyon)  da  ochilgan.  Ikkinchi  jahon  urushi  davrida  va  undan  keyingi  yillarda  Farg‘ona 
vodiysida  va  Janubiy  O‘zbekistonda  yangi  neft  konlari  ishga  tushirildi.  Keyingi  yillarda  neft 
sanoatida  keskin  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Buxora  va  Qashqadaryo  viloyatlarida  ko‘plab  yirik  
(jumladan,  Ko‘kdumaloq)  konlarining  ishga  tushirilishi  natijasida  neft  qazib  olish  ancha 
ko‘paydi. 1960 yilda 1,6 mln. tonna neft, gaz kondensati bilan birga ), 1980 yilda 1,3 mln. tonna, 
1990 yilda 2,8 mln. t., 1997 yilda 7,9 mln. t., 2002 yilda 7,2 mln. tonna neft qazib olindi. 
Neftni  qayta  ishlash  sanoati,  neft  zahiralari  tayanilgan  holda  Oltiariq  hamda  Farg‘ona 
neftni  qayta  ishlash  zavodlari  qurilgan  edi.  Biroq  har  ikala  zavodning  ishlab  chiqarish  quvvati 
kam  bo‘lib,  neft  mahsulotlariga  bo‘lgan  ehtiyoj  chetdan  keltirish  hisobga  qogndirilar  edi. 
Shuning  uchun  Ko‘kdumaloq  neft-gaz  koni  ochilganidan  keyin  yangi  Buxoro  viloyatida 
joylashgan  Qoravulbozorda  neftni  qayta  ishlash  zavodi  loyihalashtirilishi  boshlandi.  Zavodni 
loyihalashtirish  va  barpo  qilishda  1993  yildan  boshlab  Fransiyaning  «Tekep»  firmasi, 
Yaponiyaning  «Marubeni»  va  «Jey-Ji-Si,  Turkiyaning  «Gama»  komponiyalari  sarmoya  va 
mutaxassislari  bilan  qatnashdi.  Zavodning  birinchi  navbati  1997  yilning    22  avgustida  ishga 
tushdi. Endilikda mamlakatimizda neftni qayta ishlash sanoati korxonalarida jahon andozalariga 
mos keladigan 30 dan ortiq xilma-xil mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 
Gaz  sanoati  yoqilg‘i-energetika  majmuasining  eng  rivojlangan  tarmog‘i.  Neft  bilan 
yo‘ldosh  tarzda  uchraydigan  tabiiy  gazni  qazib  olish  urushdan  oldingi  yillardan  boshlangan. 
Gazni alohida sanoat usulida chiqarib olish 50-60 yillarda boshlandi. Gazning zahiralari dastlab 
Farg‘ona  vodiysida,  1960  yillarda  Buxoro  va  Navoiy  viloyatlarida,  1970  yillardan  boshlab 
Qashqadaryo  viloyatida  gazning  g‘oyat  katta  zahiralari  topildi.  Undan  tashqari  keyinchalik, 
Surxondaryo  va  Qoraqalpog‘istonning  hududlaridan  ham  gaz  konlari  aniqlandi  va  ishga 
tushirildi. 
Shu  asnoda  yildan  –yilga  gaz  qazib  chiqarish  oshib  bordi.  Masalan,  1990  yilda 
mamlakatda 40,7 mlrd.m
3
, 1995  yilda 48,6 mlrd.m
3
, gaz qazib olingan bo‘lsa, 2002 yilga kelib 


57 
uning  hajmi  58,4  mlrd.m
3
  dan  oshib  ketdi.  Endilikda  O‘zbekiston  gaz  zaxiralari  va  qazib 
chiqarishda dunyoning birinchi 10 mamlakati safiga kiradi. MDH mamlakatlarida esa Rossiya va 
Qozog‘istondan keyin 3 o‘rinda turadi. 
O‘zbekistonning  gaz    qazib  olishdagi  shuhratining  oshishida  1955  yilda  Jarqoq  hamda 
1996 yilda Gazli konlarini ochilishi katta ahamiyat kasb etdi. Shu munosabat bilan 1958 – 1960 
yillarda  Jarqoq-Buxoro  –  Samarqand-Toshkent  gaz  quvuri  qurildi.  1970  yildan  boshlab 
respublikadagi  (Andijon,  Farg‘ona,  Angren  IES  dan  tashqari)  barcha  yirik  issiqlik  elektr 
stansiyalari gaz  yoqilg‘isiga o‘tkazildi. 1972 yilda Qashqadaryo viloyatida  joylashgan Muborak 
gazni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilib, gazni magistral gaz quvurlariga 
uzatishdan  oldin  aralashmalardan  tozalash  imkoniyatlari  yaratildi.  Hozirgi  vaqtda  Qashqadaryo 
viloyatining 
janubi-G‘arbiy 
qismida  joylashgan  va  zahirasining  kattaligi  jihatidan 
mamlakatimizda tengi  yo‘q Sho‘rtanda gaz majmui qurildi  hamda  oltingugurt kamroq bo‘lgan 
tabiiy  gazni  energetika  ehtiyojlari  uchun  regionlarga  uzatish  mahsadida  Sho‘rtosh  –  Sirdaryo  – 
Toshkent  gaz  quvuri  ishga  tushirildi.  Mamlakatimizning  ko‘pgina  gaz  konlari  (98%) 
oltingugurtli  gazdir.  Shuning  uchun  gazni  qayta  ishlash  majmualarida  oltingugurt  ajratib 
olinmoqda.  2002  yilda  321  ming.t.  oltingugurt  ishlab  chiqarishdi.  Hozirgi  vaqtda  bir  qator 
viloyatlarimizda gaz konlari bo‘lishiga qaramasdan tabiiy gazni qazib chiqarishda asosiy o‘rinni 
Qashqadaryo (88 foiz) viloyati egallaydi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish