O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


  Mehnat  resurslari  va  ulardan  foydalanish



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

5.  Mehnat  resurslari  va  ulardan  foydalanish.
  Odatda  mehnat  resursi  mehnat  qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardan iboratdir. Mehnat resursining shakllanishiga aholining yoshi 
va jinsiy tarkibi, tabiiy o‘sish darajasi va boshqa  ijtimoiy holatlar ta’sir ko‘rsatib turadi. Tabiiy 
o‘sish  yuqori  bo‘lgan  mamlakatimiz  aholisi  tarkibida  yosh  avlod  salmog‘ining  ko‘p  bo‘lishi 
mehnat  resursi  zahiralarining  istiqbolli  ekanligini  bildiradi.  Tadqiqotlarimizni  ko‘rsatadiki, 
mehnat  yoshidagi  aholining  barchasi  ham  ishlab  chiqarishda  qatnashaolmaydi.  Ishlab 
chiqarishdan  ajralgan  holda  o‘qish,  harbiy  xizmatni  o‘tash,sog‘lig‘i  yo‘l  bermasligi  va  boshqa 
sabablarga  ko‘ra  ham  ba’zilar  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  qatnashmasligi  mumkin.  Ko‘p  bolali 


51 
onalarning  oilada  bola  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanishi,  shuningdek,  shaxsiy  xo‘jalik  yumushlari 
bilan ham mehnat resurslari balanslarini tuzishda inobatga olinishi kerak. 
Respublikada  mehnat  resurslarining  soni  ko‘p,  biroq  ularning  jami  aholi  tarkibidagi 
ulushi  oz.  Buning  sababi  to‘g‘ilishi  va  tabiiy  ko‘payishning  yuqoriligidadir.  Natijada 
“demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan mehnatga layoqatsizlar nisbati o‘ziga xos. 
Masalan, agar Yevropa davlatlarida oilada 3 kishidan 2 kishi ishlasa,bizda, aksincha 6 kishidan 2 
yoki 3 kishi  ishlashi  mumkin. 2002  yilga kelib  mehnat resurslarining umumiy  miqdori 13181,0 
ming  kishidan  ortdi.  Ularning  yillik  o‘rtacha  o‘sish  sur’ati  210-220  ming  kishidan  iborat. 
O‘zbekistonda  mehnat  resurslarining  kasbiy  ma’lumoti  ancha  yuqori,  har  1000  kishi  hisobiga 
oliy  va  to‘liqsiz  oliy  ma’lumotga  ega  bo‘lganlar  soni  193  kishini  tashkil  etadi.  Moddiy  ishlab 
chiqarish  sohasida  band  bo‘lganlarning  har  to‘rttasidan  biri  oliy  va  yoki  o‘rta  maxsus 
ma’lumotga ega. Rasmiy  ma’lumotlarga qaraganda, 1.07. 2001 yilda 9,1 mln. kishi (72,4 foiz) 
ish  bilan  band,  rasman  “ishsiz” sifatida  mehnat birjalarida qayd etilganlar esa 37,5  ming  yoki 
atiga 0,4  foizga teng.  Albatta, bu raqam uncha aniq emas, chunki,  birinchidan, hozircha  barcha 
ish  qidiruvchilar  ham,  ayniqsa  qishloq  joylarda  mehnat  birjasiga  murojaat  qilmaydilar, 
ikkinchidan mehnat statistikasi va mehnat bozori uncha takomillashmagan. 2002 yilda mamlakat 
iqtisodiyotida  band  bo‘lgan  aholining  yillik  o‘rtacha  soni  1,4  foizga  o‘sdi  va  9,3  mln.  kishini 
tashkil etdi. Iqtisodiyotning davlat sektorida 24,3 foiz, nodavlat sektorida 34,2 foizni tashkil etdi. 
Iqtisodiyotda  band  aholining  asosiy  qismi  qishloq  xo‘jaligida  band  bo‘lib,  tarmoqlar  bo‘yicha 
taqsimlanishini  jadval  orqali  bilib  olishimiz  mumkin.  Quyidagi  jadvaldan  anglash  mumkinki, 
sanogatda  band  bo‘lgan  aholining  umumiy  soni  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyati  hamda 
Farg‘ona va Namanganda yuqoriroq, Surxondaryo, Buxoro va Jizzaxda esa u ancha past. Biroq, 
xuddi shu viloyatlarda qishloq xo‘jaligining mavqiye kuchliroq.  
Ma’lumki,  jahon  mamlakatlarida  nomoddiy  sohalardagi  aholining  bandligi  oshib 
bormoqda.  Bizda  esa  u  hozircha  kamroq.    Masalan,  sog‘liqni  saqlash,  jismoniy  tarbiya,  sport, 
ta’lim,  madaniyat,  san’at  va  fan  kabi  ijtimoiy  sohalarda  band  bo‘lgan  mehnat  resurslarining 
ulushi ko‘pgina viloyatlarda oz. 
Shunday qilib, mehnat resurslaridan to‘laroq va samarali foydalanish mamlakatimizning 
asosiy  vazifasidir.  Ayniqsa,  qishloq  joylariga  ishlab  chiqarish  sohalarini  joylashtirishni 
ko‘paytirish  hozirgi  kunning  dolzarb  masalasidir.  Chunki,  jahon  mamlakatlarining  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi ham ko‘proq aynan shu bandlik  mezonlari bilan o‘lchanadi. 
 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish