Hovuz baliqchilik xo‘jaligida hisob va hisobot ishlari
Baliqchilik xo‘jaligida barcha ishlab chiqarish ishlari maxsus ishchi
hujjatlarda qayd qilinadi va hujjat sifatida boshqariladi. Asosan buxgal-
teriya hisob-kitobi olib boriladi. Xo'jalikdagi barcha ishlar qonun asosi-
da olib boriladi. O'zboshimchalikka yo‘l qo'yilmaydi. Asosan xo‘jalikka
tegishli bo‘lgan hovuz maydoni, suv havzasiga o‘tkazilgan baliqlar soni,
ovlash nazorat natijalari, mayda baliqlar soni, o'sishini qayd qilish,
kombikorm va mineral o‘g‘itlar sarfi to‘g‘risida hisobot beriladi. Qu-
yidagi 73-jadvalda xo'jalik ish kalendari ko'rsatilgan.
73-jadval
Baliqchilik hovuz xo‘jaligining ish kalendari
№
Ish turlari
Amalga oshirish
muddati
1
.
Gidroinshootlarni tekshirish, ishga tayyorlash,
suv kirishi uchun barcha tayyorgarlikni ko‘rish
va hovuzlarni baliq qo‘ygunga qadar suv bilan
o‘z muddatida toMdirish. Qishlaydigan hovuz-
dagi baliqlar holatiga nihoyatda ehtiyot bo‘Iish,
omborlarga kombikorm va o'g'itlarni tashib
g'amlash. Xo'jalik texnikasini ish uchun shaylab
qo'yish, barcha inventarlarni tekshirish va ishga
tayyorlab qo'yish.
mart
294
2.
Tovar yoki nagul hovuzdarini suv bilan to‘ldirish.
Qishlash hovuzdagi baliqlarni ovlash. Tovar ba-
liqlashtiriladigan hovuzlarni segoletkalar bilan
baliqlashtirish. Tabiiy suvliklarni baliqlashti-
rish maqsadida yetishtirilgan materiallarini
MCHJ xo'jaliklariga o'tkazib berish. Remont
uchun moljallangan baliqlarni ovlash va bel-
gilangan hovuzlarga qo‘yib yuborish. Ota-ona
nasi beruvchi baliqlarni bonitirovka qilib jinsiga
qarib ajratish. To nerestgacha maxsus hovuz-
larda saqlash. So'ngra tabiiy nerest hovuzlariga
1:3, 1:4, 1:2 nisbatga qo‘yib yuborish. Hovuzlar
ni o‘g‘itlash.
Mart-aprel.
Suv harorati 18—20“
bo‘lganda, aprel
3.
0 ‘stiruvchi va tovar baliq yetishtiruvchi hovuz
larni suv bilan to‘ldirish. Nerestgacha boMgan
vaqtda nasldor ota-ona baliqlarni boqish. Yosh
baliq chavoqlari uchun tirik tabiiy ozuqa yetish-
tirish, ozuqa havzalarini tayyorlash. Tabiiy ne-
restni boshlash. Inkubatsion sexni ishga tayyor
lash. Chavoqlar olish va o‘stiruvchi hovuzlarga
o‘tkazish. Tovar baliqlarni oziqlantirish, hovuz
larni o'g'itlash.
Aprel oxiri, may
o'rtalaridan iyun bi-
rinchi dekadasi
4.
0 ‘stiruvchi va tovar baliq boqish hovuzlardagi
baliqlarning o‘sish va rivojlanishini nazorat qili-
shi. Har bir hovuzlardan gidrobiologik namu-
nalar yig'ish. Hovuzlardagi baliqlarni boqish.
Baliqlar o‘sishi va rivojlanishini har 10 kunda
nazorat qilish va natijasini kundalikka qayd qi-
lish. Suv havzasidagi kislorod rejimini kuzatish
va kerakli choralar ko'rish. Baliq muhofazasiga
e’tiborni qaratish. Yuksak suv o‘simliklarini
o‘rib olib baliq yaylov harakatini yaxshilash. Ho-
vuz meliorativ holatini yaxshilash.
lyun ikkinchi o‘n
kunligidan to avgust-
gacha
5.
Tovar baliqlarni ovlash. Baliq realizatsiyasi va
sadoqlarda saqlash. 0 ‘stiruvchi hovuz baliqlari-
ni ovlashga tayyorgarlik ko‘rish. Qishlash uchun
ajratilgan hovuzni suv bilan to‘ldirish. Segolet-
kalarni ovlab qishlash hovuziga o‘tkazish. Ba
liqlarni profilaktikadan o‘tkazish. Qishlashda
o‘tkaziladigan baliqlar sonini qattiq nazorat qi
lish. Qishlash hovuzini suv qo‘yilgunga qadar
tekshirish.
Sentabr-oktabr
295
6.
Baliqlarni qishlashini kuzatish. Suv kirib turi-
shi va chiqib turishini qattiq nazoratga olish.
Muzlarni o‘z vaqtiga sindirib turishni yo‘lga
qo‘yish. Haftada ikki marotaba suvni analiz
qilish. Suvdagi kislorod ko‘rsatkichi 4 mg/1 dan
yoki 57,2% to'yinishidan kam bodmasligi ke-
rak. Hovuzlarni ta’mirlab turish. Hovuz melio-
ratsiyasini esdan chiqarmaslik. Texnika ta’miri,
qayiqlarni, turlarni ta’mirlash ishlarini yo'lga
qo‘yish.
Noyabr-dekabr
Yanvar
Baliqchilik xo’jaligi o‘z hududidagi baliq yetishtirish uchun mehnat
sarfi, shu jumladan transport xarajatlarini hisobga oladi. Baliq ovlashda
hamma vaqt baliqlarning umumiy soni hisobga olinadi. Har bir hovuz
uchun alohida hisob-kitob qilinadi. Eng asosiysi faqtdagi natija planda-
gi ko‘rsatma bilan solishtirish va natijalarni analiz qilishdan iborat.
Har yili ikki marotaba Davlat statistik hisoboti 1 va 2-shakl bo‘yicha
taqdim etish. Bu formalarda har bir MCHJ faoliyatining borishi
to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Shu bilan birgalikda baliq yetishtirilayot-
gan hovuzlarni baliqlashtirish va tovar hovuzlarda qo'yilgan segoletka-
larning 1-iyulgacha bo‘lgan holati to‘g‘risida ma’lumot berish. Segolet-
kalarni qishlash hovuzlardan ovlash va tovar baliq boqish hovuzlariga
o‘tkazish, segoletkalarni qishlash hovuziga o‘tkazish to‘g‘risida 1-yan-
vargacha ma’lumot beriladi.
296
Do'stlaringiz bilan baham: |