O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

O'stiruvchi hovuzlar.
Baliqchalar (молод)ni ma’lum kattalikda va 
og'irlikga yetgunga qadar shu hovuzlarda boqiladi. Bu hovuzda yosh ba- 
liqchalar o'stirish texnologiyasiga asoslangan holda amal qilinadi. O'sish 
va rivojlanish ko'rsatkichlari amal qilinayotgan normativlarga bog'liq.
Agarda tabiiy ko'lni baliqlashtirish maqsadida baliq o'stirmoqchi 
bo'lsangiz har 100 gektarga tabiiy suvlik yuzasiga, 1 gektar o'stiruvchi 
hovuz to'g'ri keladi. O'stiruvchi hovuzlarni qushlardan asrash uchun ho­
vuzlar qanchalik kichik bo'lsa samaradorliligi shunchalik yaxshi bo'ladi 
(0,5; 1,0; 1,5 ga gacha). Bunday maydondagi hovuzlarda baliqxo'r qush- 
larni haydash yengil o'tadi. O'stiruvchi hovuzning optimal chuqurligi 
70-100 sm gacha (sayoz qismi 25—35 sm va chuqur joyi 120—150 sm ga­
cha bo'lishi kerak). O'stiruvchi hovuzlar tezda 3—5 sutkada to'ldirilishi 
kerak, suv chiqarilishi ham 4 -5 sutkada amalga oshirilishi zarur. Iloji 
boricha o'stiruvchi hovuzlar qishlash hovuzlariga yaqin bo'lsin yoki 
tabiiy ko'llarga yaqin joyda bo'lishi ma’qul. Har bir tabiiy suvlikning 
qulay joylarida o'stiruvchi hovuzlar tayyorlash maqsadga muvofiq.
Yaylov hovuzlar — tovar baliq yetishtirishga mo'ljallangan hovuz 
hisoblanadi. To'liq sistemali hovuz baliqchilik xo'jaliklarda katta may- 
donlarni egallaydi. Alohida hovuzlarning maydoni ancha katta bo'ladi, 
to 100 gektargacha bo'lishi ham mumkin, o'rtacha 25—50 gektargacha
53


bo'ladi. Bu hovuzlarning chuqurligi 0,8 m dan to 1,5 m gacha, maksimal 
chuqurlik 1,8 metrdan to 2 m gacha bo'ladi. Yaylov hovuzlarning ozuqa 
bazasini yaxshilash maqsadida lining chuqurligi 2,2—2,5 metr boisa 
yanada yaxshi bo'ladi. Chunki bunday chuqurlikdagi hovuzlarda fito- 
plankton, zooplankton ko'payishi uchun imkoniyat katta bo'ladi. Bunday 
hovuzlarning suv kiradigan qismining ikki tomonida tabiiy ozuqa ho- 
vuzlari ham (0,5 ga dan) qo'shimcha quriladi. Iloji boricha tabiiy ozuqa 
bilan boqish texnologiyasiga amal qilislr iqtisodiy samara beradi. Agarda 
polikultura (karp, oq amur, do'ngpeshana)da boqilsa, maxsus hovuzlarda 
ryaski, azola yetishtirish shart, dafnya boqish hovuzlari ham zarur.
Ota-ona baliqlarni saqlash, ta’mirlash, ya’ni o'rnini to'ldirish uchun 
(remont) (маточный пруд) hovuzlar quriladi. Bunday zotlarni alohi- 
da hovuzlarda boqish katta profilaktik ahamiyatga ega, chunki turli 
xil kasalliklar oldi olinadi. Ota-onalar saqlanadigan va remont uchun 
saqlanadigan hovuzlarning maydoni boqiladigan baliqlar soniga bog'liq. 
Xo'jalik rejasida bu sonlar ko'rsatilgan bo'ladi. Ota-ona baliqlar va re­
mont uchun ajratilgan baliqlarning yozgi o'sishi 1,5-1,0 kg hisobga 
olinib, hovuzga ma’lum son o'tkaziladi. Qancha baliq saqlash tabiiy va 
omuxta yent ntiqdoriga bog'liq.
Yozgi ota-ona baliq saqlaydigan hovuzlar xuddi yaylov hovuzlarga 
o'xshash barcha talablarga javob berishi kerak. Qishki hovuzlar ham 
talab darajasida bo'ladi.
Qishlash hovuzlari.
Asosan bir yozgi baliqchalar (segoletkalarni) 
saqlash va yoshi katta bo'lgan yoki 3~oborotga saqlangan baliqlar saqla- 
nadi. Qishlash hovuzi suv bilan ta’minlanadigan manbaga yaqin joyda 
bo'lishi kerak. Xo'jalikning umumiy maydoniga qarab qishlash hovuzi- 
ning maydoni belgilanadi. Shunga ko'ra uning maydoni 0,2 gektardan 
1,5 gektargacha bo'lishi mumkin. Qishlash hovuzlarning chuqurligi 
katta ahamiyatga ega. Uning muzlamaydigan suv qalinligi 2,5-3 m 
dan kam bo'lmasligi kerak. Qishlash hovuzining yozgi hovuzlardan 
farqi shundaki, qishlash hovuzining tubi qattiq, yuksak suv o'simliklnri 
va ularning qoldiqlari bo'lmasligi kerak. Qishlash hovuzining suvi 
tez-tez almashinib turishi zarur. Qishlashdan chiqadigan baliqlarning 
soni suv sifatiga, suv almashinib turishiga bog'liq. Suv alntashinishi 
uning tarkibidagi kislorod miqdoriga, suv tubidagi karbonat angidrid- 
ning miqdoriga bog'liq. Qishlashga qo'yilgan segoletkalarning sentiz- 
lik koeffitsientiga (2,6-2,8) ham bog'liq. Agarda sentizlik koeffitsienti 
(1,8-2,2) talab darajasida bo'lmasa bunday segoletkalar qishdan eson- 
omon chiqmaydi.
54


Lekin barcha hovuzlarning suv kiradigan joyida albatta suv ti- 
nitgichning bo'lishi zarur. Suv loyqasi, muallaq jism lar cho'kmaga 
tushadi va suv ancha tiniqlashadi. Agarda loyqa suv to'g'ridan to'g'ri 
hovuzga kirsa, u tezda balchiqlanadi. Amaliyotda shu narsa aniq- 
langanki, suv tozalagichda 70 % muallaq jism lardan tozalanadi, 
cho'kmaga tushadi.
Karantin hovuzlari.
Bunday hovuzlar to‘liq sistemali xo‘jaliklar 
uchun zarur bo'lib nasldor ota-ona zotlarni saqlash hamda to'ldiruvchi 
remont uchun boqiladigan zotlar saqlanadi. Karantin hovuzlarida 
boshqa xo‘jaliklardan yoki tabiiy suvliklardan selleksiya maqsadida 
keltirilgan zotlar saqlanadi. Hovuzning maydoni 0,3—0,5 gektar bo‘lib 
chuqurligi 1,5—2,0 m boiadi. Suv bilan ta’minlanishi alohida bo'lib, 
suv almashinuvi talab darajada bo'lishi kerak. Karantin hovuzlar 
xo'jalikning chetki qismlarida joylashtiriladi va ota-ona saqlaydigan 
hovuzlardan 20—30 m masofada bo'lishi kerak.
Sadoqlar.
Turli xil kattalikdagi (mnt) kapron matolardan tayyorla- 
nadi. Sadoqlarning yuzasi 100—200 m 2 va uzunligi suvning muzlamay- 
digan qismigacha yetishi kerak. Sadoqlarda chavoq, ntayda baliqchalar 
(molod) boqiladi. Katta suvliklarda sadoq o'rnatib, tovar baliq yetishti- 
riladi. Keyingi yillarda jahon (Yaponiya, XXR, Germaniya, Rossi- 
ya, AQSH) baliqchilik amaliyotida sadoqlarda baliq yetishtirish keng 
qo'llanilmoqda. Chuqurligi 15—20 metrbo'lgan tabiiy suvliklarda sadoq 
qurib, karp yetishtirish yaxshi natija beradi.
Sadoq kapron to'rdan, ko'zlari kattaligi 10 mm materialdan, shakli 
yarim yumaloq to'g'ri to'rtburchak kubsimon qilib tayyorlanadi. Sa­
doq asosan ramkadan devorlardan va to'rdan iborat bo'lgan tubidan, 
qopqoqdan va poplavikdan iborat. Sadoq shakllari baliq mahsuldorli- 
giga ta’sir etmaydi. Sadoqlar katta-kichikligi bilan farq qiladi. Hovuz- 
larda o'rnatiladigan sadoq hajmi 2 m3 dan to 20 m3 gacha. Suv ombor- 
larida, ko'llarda, katta basseynlarda 1000 m3 hajmda quriladi. Kanal, 
zovurlar eni 5—10 m, chuqurligi 3—4 m bo'lgan joylarda o'rnatilsa 
bo'ladi. O'zbekiston Respublikasida sadoqda baliq boqish endi yo'lga 
qo'yilmoqda. Yuqori qismi ochib yopiladigan bo'lsa yaxshi. Sadoq tuzi- 
lishi to'g'risida m a’lumot (B.T. Kornilov «Руководство по развидение 
рыб в садках»), 17—18 rasmda, suvliklarda joylashtirish 19—20-rasmda 
berilgan.
Basseynlar.
Jadal baliq boqishning yangi usuli, bu turli kattalikda­
gi basseynlarda baliq boqiladi. Basseyn turli hajmdagi — to'rtburchak 
uzunchoq va yumaloq shakldagi maxsus jadal baliq yetishtirish mosla-
55


masidir. Uning taraflari 2x2 metr, 2,5x2,5 metr va 5x10 mctr, chuqurligi 
esa 1,0—1,5 metr. Suv hajmi 6 m3, 9,4 m3, 75 m3 ni tashkil qiladi.

Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish