O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Sholi o‘stiriladigan (sholipoya) suvliklarda baliq yetishtirish



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Sholi o‘stiriladigan (sholipoya) suvliklarda baliq yetishtirish
Sholipoyalardan kompleks ravishda foydalanish maqsadida, uzoq 
yiliardan buyon baliq o'stirilmoqda. Sholipoyalarda baliq o‘stirish — 
Janubi Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan va birinchi bodib amaliyotda 
qollanilgan. Baliqchilik xo‘jaligining bu formasi keyinchalik boshqa 
mamlakatlarda qo'llanila boshlangan. Ayniqsa Italiya, Fransiya, XXR, 
Koreya, Indoneziya kabi mamlakatlarda sholi - baliqchilik xo‘jaliklari 
tashkil qilingan va hozirgacha faoliyat ko'rsatmoqda. 0 ‘zbekistonda 
o'tgan asrning 60—90-yillarida sholipoyada baliq o'stirilgan, hozirgi 
kunda esa e’tibor yo‘q.
Bizning mamlakatda sholipoyalarda baliq o‘stirish ishlariga oid 
tajribalar 1932-yillardan boshlangan. 1940—1960-yillarda akademik 
A.M. Muhammadiyev tomonidan Farg‘ona vodiysida keng o‘rganilgan 
va turmushda tatbiq etilgan. A.M. Muhammadiyev tavsiya etgan sholi­
poya sxemasi 38-rasmda berilgan.

Ю
38-rasm. Sholipoya cheklari sxemasi:
Sholi — baliq cheklari plani: 1 - baliq to'planadigan xandaq (2x2 m, 
chuqurligi 40—50 sm); 2 — bosh egat; 3—4—5— yon egatlar; 6 — suv chiqari- 
ladigan truba; 7 — suv kiradigan truba; 8 — pol; 9 — suv to‘planadigan kanal; 
10 — sug'orish kanali; 11 — suv chiqaradigan moslamaning oldingi umumiy
ko'rinishi.
184


Baliqlarning kombinatsiyalashgan sholi—baliq xo‘jaliklari tashkil 
qilinib, ijobiy yutuqlarga erishmoqdalar. Bunday xo‘jaliklarning asosiy 
faoliyati tuproq unumdorligini oshirish, tuproqni eroziyadan saqlash, 
begona o‘tlardan tozalashdan iborat. Sholining hosildorligini oshirish 
maqsadida sholipoyalarga karp segoletkalari qo'yib yuborilgan. Karp 
asosan hasharotlarning lichinkalarini yegan, yumshoq suvo'tlari spiro- 
gia, kladafora, nitchatka (suv turi) kabi o‘simliklar suv yuzasida plyon- 
ka (parda) hosil qiladi. Bu plyonka sholining normal o'sishiga xalaqit 
beradi. Karp segoletkalari esa bu qobiqni buzadi va suvga havo kelishini 
yaxshilaydi. Karp ozuqa qidirishi bilan yerni 10—15 sm chuqurlikda 
kavlaydi va yerni yumshatadi. Shunday qilib, karp va boshqa baliqlar 
hasharot lichinkalarini, yumshoq suvo‘tlarini yeb sholining o'sishi va 
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Agarda sholipoyaga baliq 
qo'yib yuborishga to'g'ri kelsa, o'sha xo'jalik uchun sholi, hamda baliq 
mahsuloti bo'lishi mumkin.
Agarda chavoq o‘stirilsa, kelgusi yil tabiiy ko'llarni asosiy baliqlash- 
tirish uchun qulay material hisoblanadi. Sholipoyaning baliq malisul- 
dorligi har bir gektardan 50 kg dan to 100 kg gacha yetadi, ba’zi bir 
sabablarga ko‘ra hosildorlik bundan ham yuqori bo'lishi mumkin.
Ayniqsa, sholi-baliq o'stirish bo‘yicha Hindiston, Indoneziya, Ya- 
poniya, XXR, Vetnam hamda ba’zi bir janubiy va markaziy Amerika 
davlatlarida yuqori hosil olishga erishmoqdalar. Chunki bu mamlakat- 
larda sholi, baliq asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida sholipoyada baliq o'stirishning ik- 
kita usuli mavjud. Baliqlarni sholi bilan birgalikda o'stirish va sholipoya 
sug'orilib, o'sgandan keyin baliq qo'yib yuborish. Bulling uchun oldin- 
dan sholipoya yeri yaxshilab sholi-baliq uchun tayyorlanadi. Buning 
uchun sholipoya dalasi yeri qoidaga muvofiq texnologik jihatdan yax­
shilab tayyorlanadi. Sholipoyaga maxsus kapron to'rlar orqali suv kiri- 
shi kerak. Suv chiqish joyida ham kapron to'rlar ixota sifatida qo'yiladi. 
Sholipoyadan chiqqan suv zovurga chiqib ketishi kerak. Asosan sholi- 
baliq bilan birga o'stirish usuli keng tarqalgan.
Baliq o'stirish uchun sholipoya yeri maxsus tayyorlanadi yoki mos- 
lashtiriladi. Buning uchun sholipoya uzunligi va eni 0,5 m keladigan 
ariqlar qaziladi. Bu ariqlar suv chiqadigan tomonga qaratilgan bo'ladi. 
Bu kanallarga baliqlar to'planadi. Sholipoya suvi chiqarib yuborilgan- 
dan keyin bu ishlar agrotexnika qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Begona baliqlar kirmasligi va boqilayotgan baliqlar chiqmasligi uchun 
maxsus moslamalar tayyorlanadi. Bu moslamalarda temir chambara
185


va kapron to‘r qo'yiladi. Sholipoyaning suv chiqadigan joyining bur- 
chagida, ya’ni oxirgi sholipoyada 2x2 m keladigan va chuqurligi 40 
sm bo'lgan xandaq qaziladi. Baliqlar shu xandaqqa to'planadi va ov- 
lashga ancha qulaylik yaratiladi. Sholipoyada baliq o'stiriladigan bo‘lsa 
ayniqsa suvning kislorod va harorati rejimiga alohida e’tibor beriladi. 
Sholi-baliq cheklari plani yuqoridagi rasmda ko'rsatilgan.
Sholipoyaning sayozligi va snv almashinib turishi, begona o'tlarning 
o'sishi snvdagi kislorod miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Organik nrod- 
dalarning oksidlanishi ayniqsa suv tubidagi va suvdagi organik modda- 
larning chirishi katta miqdorda suvdagi erkin kislorodni o’zlashtiradi, 
natijada suvda kislorod nriqdori kamayadi. Kunduzgi paytlarda fotosin- 
tez jarayoni natijasida suvning kislorodga to'yinishi kuzatiladi (6,5—8,5 
mg/l yoki 92,8—121,4 % normal to‘yinishi), kunduzgi suv harorati ham 
keskin o'zgaradi: suv maksimal isiydi, kechasi esa soviydi.
0 ‘zbekistonda sholipoyalarda asosan karp o’stiriladi, ya’ni sholi va 
baliq birgalikda boqiladi. Shuni unutmaslik kerakki, bunday holatda 
asosiy belgilovchi faktor sholi yetishtirish texnologiyasi hisoblanadi. 
Chunki asosiy mahsulot sholi hisoblanadi, baliq esa qo'shimcha mah- 
sulot bo'lib, uni yetishtirishdan maqsad sholidan yuqori hosil olishdir. 
Chunki sholipoya vaqt-vaqti bilan quritiladi, yoki sholipoya o‘rishdan 
oldin quritiladi. Shuning uchun ham sholipoyada baliq o’stirish ma’lum 
muddatlarga belgilangan bo’ladi. Shu sababli sholipoyalarda qo’yiladigan 
chavoqlar zichligi unchalik katta bo'lmaydi. Bunday hisob-kitob bar bir 
gektar sholipoyadan 1 s baliq mahsuloti olishga moijallanadi. Lekin ba- 
liqchilik xo’jaligi uchun yoki tabiiy ko'llarni baliqlashtirish uchun ishla- 
tiladi. Segoletkalar oktabr oyida sholipoyadan olinib qishlash hovuziga 
o‘tkaziladi yoki tabiiy koilarga qo’yib yuboriladi.
Hozirgi texnologiyalarda sholi va baliq sistemasi bo’yicha ish ko'rish 
ancha qiyinchiliklar tug'diradi. Shu munosabat bilan keyingi yillarda 
yangi usul qo'llanilmoqda. Bu usulga asosan uch-to‘rt yil sholi ekil- 
gandan so'ng yerga dam berishga to‘g‘ri keladi. Dam berilgan yili ho- 
vuzga sholi ekilinaydi. U suv bilan to’ldirib qo‘yiladi. Bu usul «Suvli 
shudgor» deyiladi. Shu suvli shudgor uchun ajratilgan hovuzda baliq 
boqish mumkin. Bu usul sholipoyaning meliorativ holatini yaxshilaydi 
va qo'shimcha ravishda baliq mahsuloti olish imkoniyatini beradi.
Sholipoyada baliq o'stirish uchun «Suvli shudgor» chetlarida qu- 
yidagi sharoitlar amalga oshirilishi kcrak, ya'ni sholipoya dambalarini 
va suv chuqurligini 1 metrdan yuqoriga ko’tarish kerak. Pollarning suvi 
chiqish joylarida maxsus kovlangan moslamalar (chuqurligi 40—50 sm
186


bo'lishi kerak) tayyorlanadi, uning quritish tarmog‘i va baliq yig‘ish joy- 
lari bo'lishi zarur. Baliqlar breden yoki nevod bilan ovlanadi. Sholipo- 
yalardagi «Suvli shudgor» uchun ajratilgan hovuz yoki cheklarda karp 
polikultura sharoitida, asosan oq va chipor do‘ngpcshana, oq amur bilan 
birgalikda boqiladi. Ko'pchilik xo‘jaliklarda, hattoki sholipoyada ham 
intensiv baliq yetishtirishga intiladilar. Ba’zi bir xo'jaliklar bu usulni 
qo‘llab, baliq mahsulotlarini bar bir gcktaridan 10—15 s gacha yetkaz- 
ganlari amaliyotda m a’lum. Slui jumladan, har bir gcktar sholipoyadan 
3—5 s gacha karp, 3—5 s gacha oq amur, 3—5 s gacha oq do'ngpeshana 
mahsuloti olishga erishganlar. Sholi ekiladigan hovuzlarda oq amur to- 
var baliq sifatida boqilmaydi. U sholipoyani ozuqa sifatida o'zlashtirish 
xususiyatiga ega.
V.A. Meyen Cherkas viloyatidagi sholichilik xo'jaliklarida karp o'stirish 
bo'yicha tajribalar o'tkazib (1933) bir yashar segoletkalarni boqib, sholi- 
poyaning liar bir gektaridan qo'shimcha ravishda 46—90 kg baliq mahsu­
loti yetishtirishga erishgan. Ba’zi bir xo‘jaliklarda baliq mahsuldorligi har 
bir gektariga 176—207 kg yetgan. Ammo ikki yashar karplarning o‘rtacha 
og'irligi ancha past bo'lgan 190—320 g (Meyen, 1940).
O'zbekistonda akademik A.M. Muhamadiyev rahbarligida sholipo­
yada karp o'stirish bo'yicha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Farg'ona 
viloyati sholipoyalarida segoletkalardan har bir gektariga 43—81,5 kg 
gacha baliq mahsuloti olingan. Boqilgan baliqlarning o'rtacha og'irligi 
203—500 g ni tashkil qilgan. Sholipoyalarning baliq mahsuldorligi 
nisbatan ancha past bo'ladi (35—70 kg/ga). Tojikiston sholipoyalarida 
karp o'stirish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar asosan segoletkalar boqish 
bo'yicha (Ojegova, Jarov, 1955) bajarilgan va bunda ham xuddi Farg'ona 
sholipoyalarida kuzatilgan natijalar qayd qilingan. Bu yerda ham baliq 
mahsuldorligi 35—70 kg /ga dan oshmagan.
O'zbekiston va Tojikiston sholipoyalarida o'stirilgan karplarning 
mahsuldorligi past va sholipoyada karplarning o'sishi nisbatan qoniqar- 
siz ekanligi tajribada sinab ko'rilgan. Buning asosiy sababi quyidagi- 
lardan iborat bo'lgan. Sholipoyaga qo'yib yuborilgan chavoqlarning 
50—90 % nobud bo'lgan — ular baqa, suv iloni, ninachi lichinkalari, 
suv kandalalarining ozuqasiga aylangan. Masalan, baqa har bir sutkada 
o'rtacha 15—20 dona baliq gavgini yeydi, ninachi lichinkasi 8—10 dona, 
suv kandalalari ham 5—10 dona chavoqlarni yeydi. Xuddi shularga 
o'xshagan suv iloni ham to 8-15 g keladigan baliqchalardan 5—7 dona 
kun davomida iste’mol qiladi. Sholipoyada suv harorati 32—33°C gacha 
ko'tariladi, kechalari suvda erigan kislorod miqdori keskin kamayadi,
187


3—4,5 mg/1 yoki 42,8—64,3 
%
to’yinishni tashkil qiladi. Bunday sharoit 
karpning o'sishiga to’sqinlik qiladi.
Sholipoyada karp o‘stirishdan asosiy maqsad sholidan yuqori hosil 
olishdir. Karp baliqchalari sholi zararkunandalari boim ish ikki qanot- 
lilar lichinkalarini yeb sholini himoya qiladi. Karplar suvo‘tlarini ham 
yeb suv aeratsiyasini yaxshilaydi. Lekin sholi bilan birgalikda qo’shimcha 
ravishda baliq segoletkalari olish imkoniyati ham mavjud boiadi. Sholi- 
poyalarda chavoq emas, balki 5-10 g keladigan mayda karplarni h arb ir 
gektariga 1—2 ming dona qo’yib yuborilsa maqsadga muvofiq boiadi. 
Sholipoyada vegetatsiya davri 110 kun. Oktabr-noyabrga kelib, sego- 
letkalar 50—70 g gacha yetadi, bu esa har sutkasida 0,45—0,64 g o‘sish 
degani. Bu segoletkalarni tabiiy koilarni baliqlashtirish uchun foydala- 
nilsa yoki baliq o’stirish uchun moijallangan hovuzlarni baliqlashtirish 
materiali sifatida foydalanilsa yaxshi natija beradi.
Sholipoyada ekstrakt sifatida katta miqdorda organik moddalar suv- 
ga tushadi, tuproq sho‘rlanadi, begona o‘tlar bosib ketib sholi hosili ka- 
mayadi. Suvli shudgordan keyin sholipoya begona o‘tlardan tozalanadi, 
keyingi yilda sholi hosili ancha oshadi.
Guruch o‘zbek xalqining sevimli oziq mahsuloti hisoblanadi. Shu 
munosabat bilan uning maydonlari keyingi yillarda ancha oshib bor- 
moqda. Shuningdek, sholi-baliq usulida qo‘shimcha baliq mahsuloti 
yetishtirish uchun imkoniyatlar paydo boiadi.
Demak, O’zbekiston sharoitida sholipoyalardan baliq segoletkalarini 
yetishtirish va tabiiy suvliklarni baliqlashtirish materiali sifatida foyda- 
lansa boiadi.

Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish