O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


VII bo‘lim. HOVUZ BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

VII bo‘lim. HOVUZ BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA
KOMBINATSIYALASHGAN SHAKLDAGI
ISH LA R N I Y UR ITISH
Suv ombori va ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish
Respublika yoki viloyat miqyosida baliqchilikni rivojlantirish va aho- 
lini baliq mahsuloti bilan ta’minlash uchun suv ombori, ko'llar slui jum - 
ladan qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz joylardan baliq yetishtirish uchun 
foydalanish mumkin. Yerlarni melioratsiyalash dasturini keng ravishda 
amalga oshirish natijasida kanallar, zovurlar va suv tashlaydigan joy- 
lar ko'paymoqda. Bunday sug‘orish inshootlari yil savin ko'paymoqda. 
Ayniqsa, suv omborlaridan kompleks foydalanish maqsadga muvofiq. 
Qishloq xo'jalik ekinlarini hamda baliqchilikni rivojlantirish mumkin. 
Kichik yoki mini baliqchilik hovuzlari 1,5—3,0 yoki yanada kattaroq 
maydonlar 5,0—10 gektar maydonlar ochish va baliq yetishtirish mum­
kin bo‘lgan joylar suv ta’minoti imkoniyatiga ega bo‘lsa tashkil qilish 
mumkin. Baliqchilik hovuzlarni tashkil qilishda albatta mutaxassislar 
bilan maslahatlashish zarur. O'zboshimchalik bilan ish ko'rish qonunga 
xilofdir. Baliqchilik hovuz xo'jaligini tashkil qilishda tanlangan may­
donlar tekislanadi, daraxtlar, butalar, daraxt qoldiqlaridan tozalanadi. 
Hovuz tubi 15—25°C qiyalikda sozlanadi. Agarda hovuz tubi qoidaga 
asosan tayyorlansa o'stiriladigan baliqlar 100 % ovlanadi.
Suv omborida boisa unda to‘g‘on yoki platina va suv kiradigan joy- 
larda baliqlar chiqib ketmasligi uchun maxsus «baliqtutgich» quriladi. 
Baliqlarni chiqib ketishiga yo'l qo‘ymaslik maqsadida, suv omborning 
suvi qishloq xo'jaligini suv bilan ta’minlash maqsadida qurilgan bo'lsa, 
unda har yili oktabr—noyabr oylarida baliqlashtiriladi va kelgusi yili 
sentabr oylarida qo'yilgan baliqlar to'liq ovlanadi va yangidan suv qo'yilib 
baliqlashtiriladi. 0 ‘zbekistonning barcha suv omborlari sug'orish uchun 
qurilgan. Yozgi vegetatsiya davrida lining suvi sug'orish uchun olinadi. 
Natijada suv sathi (gorizonti) pasayadi, suv hajmi kamayadi, maydoni 
esa 80—90 % gacha qisqaradi, ba’zi bir kamsuv yillari to'liq suvi oli­
nadi (Pachkamar, 1982: Sho'rkoi, 2002). Shuning uchun baliqlar suv 
omborlariga o'tkaziladigan bo'lsa, baliq zichligi uchun suv omborining 
o'rtacha maydoni hisobga olinadi, olinadigan suvning o'rtacha miq- 
dori ham hisobga olinishi kerak. Agarda baliqchilik xo'jaligining suvga 
bo'lgan talabi hisobga olinsa yaxshi bo'ladi (limit).
Baliqchilik uchun mayda ko'llar, o'rtacha kattalikdagi ko'llardan 
ham foydalansa bo'ladi. Agarda mayda va o'rtacha kattalikdagi ko'llar
181


(2,0—20 ming/ga) yaqinida qoidaga muvofiq hovuz baliqchiligi tash- 
kil qilinsa, ozuqa bazasiga muvofiq keladigan baliq turlari bilan ba- 
liqlashtirilsa, bar bir gektar suvlikdan 14 kg gacha baliq mahsuloti olish 
imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Rossiya Federatsiyasining Tyumen oblastidagi ko‘llardan 1973-yilda, 
jami 5900 s baliq ovlangan. Kollarning baliq mahsuldorligi 100 kg\ga ni 
tashkil qilgan. Buxoro viloyati ko'llari umumiy maydoni 101 ming\ga va 
5 -8 milliard \m 3 suvga ega bolib, 2007-yili bor-yo‘g‘i 126 tonna baliq 
ovlangan. O'rtacha baliq mahsuldorligi liar bir gektariga 1,2 kg ni tashkil 
qilgan. Ovning asosiy qismini 50-60 % vobla tashkil qiladi. Ko‘pchilik 
kollar evtrofiashgan. Buxoro, Xorazm ko‘llari sayoz (litoral), chuqurligi 
2~4 m, pelagik zona yo‘q. (Qoraqir, Tuzkon, Zikri) pelagik tipga xos 
ko‘llar kam (Devxona — 80—100 metr maksimal chuqurligi, Og‘itma mak- 
simal chuqurlik — 40—45 m, Dengizkol maksimal chuqurlik 35—40 m). 
Litoral ko'llarga xos baliq turlari: zog'ora, lesh, karas, karp, vobla hisob- 
lansa, pelagial tipiga tegishli baliqlar asosan oq va chipor do‘ngpeshana, 
chexon, peiyad. oq va qora amur hisoblanadi. Ammo oq amur litoral tipi- 
dagi kollarda biomeliorator sifatida foydalaniladi. Sayoz kollar ko'pincha 
o‘tloq bo‘lib, suvdagi erigan kislorod sutka davomida o'zgarib turadi. Kun- 
duzi fotosintez jarayoni hisobiga suv kislorodga to‘yinadi, yana tez-tez 
boladigan shamollar ham suvni kislorodga to'yintiradi. Asosan invaziya 
orqali (atmosfera havosining suvga bosib kirishi) suv kislorodga to‘yinadi, 
evaziya ham yuz beradi, suvdagi kislorod havoga chiqadi.
Ammo kechqurun suvdagi erigan kislorod miqdori keskin kamayadi 
va kislorod defitsiti yuz beradi. Suvo‘tlari, mikroorganizmlar nafas jara­
yoni uchun kislorodni sarfiaydi. Hayvonlar-gidrobiontlar uchun kislorod 
qolmaydi, organik moddalar oksidlanishi uchun sarfianadi va dimiqish 
— zamor yuz beradi, havo yetishmasligi sababli baliqlar nobud boladi.
Bunday kollarning qishki ahvoli ham gidrokimyoviy jihatdan ancha 
og‘ir o'tadi. Cho'kmadagi o‘simliklarning chirishi suvdagi erigan kis­
lorodni kamaytiradi, balchiqdagi qoldiq organizmlar chiriydi, bu esa za­
mor (dimiqish)ga olib keladi. Shuning uchun ham bunday koilarni baliq- 
lashtirish ishlari kuzda emas, erta bailor faslida amalga oshiriladi. Agarda 
imkoniyati boisa kech kuzda nevod yordamida baliqlarni ovlash maqsad- 
ga muvofiq boladi. Chunki qishga qolib ketsa zamor natijasida nobud 
bolishi mumkin. Bunday hodisa ko‘pincha Qoraqir kolida yuz beradi.
K oilarni baliqlashtirish uchun quyidagi ishlarga e’tibor berish ke- 
rak. Eng avval nevod tortish uchun joy tayyorlash kerak. Buning uchun 
kolning tubi o'simlik qoldiqlaridan va xalaqit beradigan predmetlar-
182


dan tozalanadi. Agarda koi, daryo yoki zovur bilan aloqada baliqlar- 
ni ko'ldan chiqib ketishiga to'sqinlik qilish maqsadida bo'lsa, unda 
shlyuza (sarjuna) inshootlari quriladi. Ko'lni baliqlashtirishdan oldin 
yirtqich baliqlardan (sudak, laqqa, jerex, ilon bosh) tozalash kerak. 
Baliqxo‘r qushlar (baklan, chayka, saplya)ning taxminiy sonini bilish 
kerak. Ko'lni baliqlashtirishdan oldin uning gidroximiyasi, gidrologiya- 
si, gidrobiologiyasi chuqur o‘rganiladi. K oining tabiiy ozuqa resurslari 
qaysi baliq turiga to'g'ri kelishi va ozuqa zaxirasiga qarab koi klassi- 
fikatsiya qilinadi (Teniman-Nauman, 1920). Suvliklar qaysi sinfga te- 
gishli ekanligi aniqlanadi. Agarda yuksak suv o‘simliklari bosib ketgan 
bo'lsa, og'irligi 400-450 g kcladigan oq amurni qo'yib yuborish tavsiya 
etiladi. Buning uchun ko'ldagi yuksak suv o'simliklarining yalpi mah- 
suldorligini aniqlab, so'ngra ozuqa koeffitsientiga boiinadi. Oq amur- 
ning ozuqa koeffitsienti 80 ga teng. Shunday qilib, ko'lning yuksak suv 
o'simliklarining mahsuldorligiga qarab qancha oq amur qo'yish mura- 
kinligi aniqlanadi. Karp segoletkalari qo'yilsa ham bo'ladi. Chunki karp 
zoobentos yetishmaganda yumshoq suvo'tlari bilan ham oziqlanadi.
Mamlakatda melioratsiya sistemasining keng rivojlanishi hovuz ba- 
liqchilik xo'jaligining rivojlanishiga imkoniyat beradi.
Kanallar, zovurlar, tashlandiq joylarda baliqchilik hovuzlarini qu- 
risli mumkin. Ayniqsa, ko'l-hovuz xo'jaligi (Xaticha, Zikri, Sho'rkoi, 
Devxona) tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Bunday hovuzlardan kompleks maqsadida foydalansa bo'ladi. Ay­
niqsa, Sho'rkoi suv ombori qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda 
ishlatiladi. Sho'rko'l suv omboridan kompleks maqsadda foydalanish 
uchun hovuz baliqchiligini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki 
Sho'rkoi suv ombori ABM К orqali suv bilan ta ’minlanadi. U shu jihat- 
dan Buxoroning boshqa tabiiy suvliklaridan ajralib turadi.
Viloyatda baliqchilikni rivojlantirishda Dengizko'lning aharni- 
yati katta, chunki u ikkita tashlama kanallari orqali Amudaryo bilan 
aloqada bo'ladi. Tashlanma kanallar orqali erta bahorda (aprel-may) 
Amudaryo orqali katta miqdorda otalangan uvildiriqlar va chavoqlar 
oqib keladi. Ayniqsa, ikkinchi tashlanma kanal atrofida inkubatsion 
sex qurib, hovuz baliqchilik xo'jaligi tashkil qilish uchun keng sharoit- 
lar mavjud. Ammo 35 000 gektar maydonga ega bo'lgan Dengizkoi 
hozirgi kunda qarovsiz ahvolda qoldirilgan. Agarda Dengizko'lda ilmiy 
asosda asoslangan baliqchilik xo'jaligi tashkil qilinsa, asosiy baliq ov- 
lash manbasiga aylanadi. Buning uchun Dengizko'lga 10 m :'/sekundiga 
Amudaryodan tashlanma kanallar orqali suv tashlab turish zarur.
183



Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish