O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

2 7-jadval
Nevod razmeri 
(uzunligi va 
balandligi metr 
hisobida)
Talab qilinadigan material miqdori, kg
Del
Kanat (yo'g'on 
arqon)
IP
100x4
25
20
1
150x6
50
40
2
250x8
105
100
2
300x3
125
130
3
Tashqi ko'rinishiga qarab urg'ochi (ona) baliqlar uch guruhga 
bo'linadi: 1) eng yaxshi yetilgan — qorin yumshoq, osilgan, genetal 
teshik atrofi oz-moz shishgan, bular darhol sexda ishlatiladi; 2) sexda 
ikkinchi navbat uchun, nerestga endi tayyor bo'ladigan, yetilishi yaqqol 
ko‘zga tashlanmaydigan urg‘ochi zotlar ajratiladi; 3) tashqi ko‘rinishidan 
erkak zotlardan ajratib bolmaydigan urg'ochi zotlar bo'Iib, bu guruhga 
majburiy tushirilgan zotlar darhol nogul hovuzlariga yuboriladi. Erkak 
zotlar esa ikki guruhga ajratiladi: 1) erkak jinsiy mahsuloti ajralib tura- 
digan zotlar, bular darhol sexga ishlatiladi; 2) kam miqdorda jinsiy 
mahsulot ajratuvchi yoki ajratmaydigan erkak zotlar, ikkinchi guruh 
zotlar jinsiy mahsulot olishda ishlatilmaydi. Bular ham darhol yaylov 
hovuzga qo'yib yuboriladi.
Erkak zotlar, urg'ochi zotlardan quyidagi belgilar bilan farq qiladi, 
ko'krak suzgichlarida tikanaklarning mavjudligi, uning ichki yuzasida 
ancha o'tkirbo'Iadi. Tikanaklarning o'tkirligi oq chipordo'ngpeshanada 
yaqqol ko'zga tashlanadi. Chipor erkak do'ngpeshanada bu tikanaklar 
unchalik o'tkir bo'lmaydi. Oq amurda bu tikanaklar juda ham kichik 
bo'ladi. Shu bclgilarga qarab ajratiladi.
Ota-ona nasldor zotlarni nerestgacha bo'lgan hovuzlarga o'tkaziladi. 
Hovuz suvi tezda quyiladigan, chuqurligi 1,5—2,0 m keladigan, yengil-
112


gina ovlanadigan hovuz tanlanadi. Baliq saqlanadiganlarning soni 1000 
dona/gcktariga tig'izlikda. Ona baliqlarning uvildirig'i IV rivojlanish 
stadiyasiga bo'lganda taxminiy gipofizar inyeksiya uchun olinadi. Hi- 
sob-kitob quyidagicha bo'ladi, og‘irligi 5—7 kg keladigan ona baliqqa 3 
mg quruq gipofiz, og'irligi 10—13 kg keladigan ona baliqlar uchun 5—6 
mg gipofiz preparati hisobga olinadi. Inyeksiyadan taxminiy bir sutka 
o'tishi bilan, ona baliqning bar 1 kg ntassasi uchun 3—6 mg preparat 
ruxsat beriladigan inyeksiya uchun mo‘ljallanadi va ota baliq ham in­
yeksiya qilinadi. Og'irligi 5—7 kg keladigan ota baliqlar uchun 10—12 
mg quruq gipofiz preparatini ishlatish tavsiya etiladi. Gipofiz prepara- 
tini suvli suspenziyasini albatta inyeksiyadan oldin tayyorlanadi. Quruq 
gipofizni forforli hovonchada ustalik bilan maydalanadi. Hovoncha das- 
tasi bilan ezib, so'ngra bir necha tomchi suv quyiladi. Yana aralashtirila- 
di. Toki quyuq xamirsimon massa hosil bo'lgunga qadar aralashtiriladi. 
Shu massaga fiziologik eritma qo‘shiladi. 0,5—1,0 ml hisobiga taxminiy 
miqdor, haqiqiy inyeksiya uchun 1—2 ml qo'shiladi va aralashtiriladi.
Gipofiz suspenziyasi birdaniga bir necha ota-ona baliqlar uchun 
tayyorlanadi. Tayyorlanganni maxsus shprits «Rekord* yordamida in- 
gichka nina bilan baliqning orqa tomoni 1\3 qismiga orqa suzgichini 
(D) oz-moz pastroq sohasicla muskul ichiga yuboriladi. Nina bosh to- 
monga qarab yo‘naltiriladi. Nina tangacha ostidan kiritiladi. Ota-ona 
baliq bu vaqtda brezentli zambilda bo‘ladi. Baliq tanasidan nina tortib 
olingandan so'ng, barmoq bilan jarohat joyi bosiladi. Qon bilan gipofiz 
suspenziyasi chiqib ketmasligi uchun yengilgina massaj qilinadi. Ona 
baliqni inyeksiya qilingandan keyin 2—3 sutka o'tishi bilan to inyeksiya 
qilgunga qadar bir soat oldin ota baliq inyeksiya qilinadi.
O ta-ona baliqni inyeksiyalash uchun shunday vaqt tanlanadiki suv 
harorati -20—22°C dan past bo'lmasligi ona baliqning yetilishi va ota- 
lantirish ishi sutkaning yorug' paytiga to'g'ri kelishi kerak. Birinchi 
inyeksiyani soat 18—19 ga qadar o'tkaziladi. lkkinchi yoki haqiqiy in­
yeksiya shundan keyin yoki biroz keyinroq o'tkaziladi. Agarda birda­
niga havo sovub qolsa, ikkinchi inyeksiya ertalabga qoldiriladi. Havo 
harorati 20—22°C bo'lgunga qadar kutiladi. Inyeksiyadan so'ng ota va 
ona baliqlarni sadoqlarga saqlanadi. Sadoq maydoni 20—30m2. Sadoq- 
larda suv almashinib turilishi kerak. Sadoq suv bilan to'ldirilishi kerak, 
liar bir sadoqda 10 ta gacha ota-ona baliq saqlanadi.
Gipofizar inyeksiyadan so'ng ona baliqning yetishishi suv haroratiga 
bog'liq va suv harorati 23-25°C da 9—11, 26—28°C da 7—10 soatdan 
keyin yetilishi kuzatiladi.
113


Bu apparat ham organik shishadan tayyorlangan silindr shakliga ega 
bo'lib, suv quyiladigan va suv to'kiladigan trubalar qo'yilgan. Apparat- 
ning pastki qismiga kuchli suv oqimi yuboriladi. Embrionlarni saqlash 
davrida porolon prokladkaga mustahkamlab №18—20 kapron to'rni 
temir ustuniga tortiladi. Apparatning pastki qismini yuvish uchun ap­
parat korpusiga suv yuboradigan rnoslama ostiga germetik zaslonka ish- 
langan. Apparatga suvni sachratib berisli uchun maxsus moslama bor 
(26-rasm, 4). Bu moslama suvning spiralsimon oqimini hosil qiladi. 
Apparatning hajrni 200 1 bo'lib u, 1,5 min uvildiriqdan to 3,0 min ta 
gacha mo'ljallangan. Suv sarfi 14 1/min. Bu apparatni respublika hudu- 
dida tayyorlasa bo'ladi.
Inkubatsion sexda tabiiy koilarning maydoniga qarab apparat soni 
belgilanadi. Masalan, To‘dako‘l hududidagi inkubatsion sexda 31 ta ap­
parat bo'lib, shundan 24 tasi VNIIPRX, 6 tasi Savin-Arxipov apparatlar. 
To'dako'l suv ombori maydoni 22 ming ga. Buxoro viloyati tabiiy suv- 
liklar maydoni 101 ming\ga «Buxorobaliq» hissadorlik jamiyati qoshi- 
dagi «Zarafshon» hovuz xo'jaligida, bor-yo'g'i 5—8 ta Savin-Arxipov 
apparati mavjud. Apparatning xarakteristikasi 28-jadvalda ko'rsatilgan. 
Shuning uchun ham iloji boricha har bir tabiiy suvliklar oldida 
mini inkubatsion sex tashkil qilish va o'txo'r baliqlarni ko'paytirish 
maqsadga muvofiqdir. O'simlikxo'r baliqlar uchun VNIIPRX appa­
rati qo'llaniladi. Bu apparatlarning soni Buxoro viloyatining suvliklari 
uchun 100 tadan ortiq bo'lishi kerak. Butting uchun inkubatsion sex- 
larni tabiiy suvliklarning yaqin joylarida qurish maqsadga muvofiq.
2 8 -jadval

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish