O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


XII bo‘lim. BALIQCHILIK XO‘JALIKLARINING



Download 17,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/188
Sana16.12.2022
Hajmi17,15 Mb.
#888621
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   188
Bog'liq
Husenov S.Q Baliqchilik

XII bo‘lim. BALIQCHILIK XO‘JALIKLARINING
BIOLOGIK ASOSLARI
Baliqchilik xo‘jaliklarining hozirgi holati va suv havzalarida baliq
mahsuldorligini oshirish chora-tadbirlari
Janubi-g‘arbiy Qizilqum cho‘li suvliklarida (quyi Zarafshon) baliq 
ovlash birinchi bo‘lib Quyimozor suv omborida 1950-yilda, so‘ngra 
1953-yilda To‘dako‘lda boshlangan. Demak, Buxoro hududida 58 yil- 
dan beri baliq ovlanib kelinmoqda. Baliq ovlashning birinchi yillarida 
suvliklarda baliq ovlash brigadalari bo'lmagan. Aniq ma’lumotlarga 
asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra baliq ovi birinchi bo‘lib 1953-yilda 
Kattaqo‘rg‘on suv omborida (baliq ovlash xo‘jaligi) tashkil qilingan.
Agarda 1953—1969-yillarda asosiy baliq ovlash Quyimozor va 
To‘dako‘lda shakllangan bo‘lsa, 1970-yildan boshlab Tuzkon, Qora-kir, 
Dengizko‘lda baliq ovlash brigadalari tashkil qilindi. Buning asosiy 
sababi, 1969—1970-yillarda ABM К I-II va Amu-Qorako‘l mashina 
kanalining ishga tushirilishidir. 1990-yillardan boshlab Og‘itma, De- 
vonxona, Zikri, Xaticha va Sho‘rko‘l suv ombori hududlarida ham baliq 
ovlash brigadalari tashkil qilindi.
Hududdagi barcha suvliklarini baliqchilik xususiyatiga qarab poli- 
kultura suvliklari sifatida klassifikatsiyalash mumkin. Bu suvliklarda 
tinch yoki yirtqich bo‘lmagan baliqlar 80—90% ni, yirtqich baliqlar 
10—20% ni tashkil qiladi. Ayniqsa, sudak o‘tgan asrning 80—90-yillari- 
da baliq ovining 15—20% ni tashkil qilgan. Hozirgi kunda esa uning 
ulushi 3-5% gacha tushib qolgan. Ilonbaliq (Ophiocephalus argus war- 
pachowskii) 1960-yillarda o‘simlikxo‘r baliqlar bilan birga qo‘shilib kel- 
gan. Hozirgi kunda bu tur Dengizko‘lning atrofidagi mayda ko'llarda 
(Jiydako‘l — 1000 gektar va Oynako‘1 — 1000 gektar) uchraydi. Lekin 
iloji boricha bu yirtqich baliqning ko'payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik 
kerak. Chunki baliqlarning eng xavfli kushandasi hisoblanadi. Lekin 
2000-yildan boshlab Samarqand xramulyasi (Varicorhinus heratensis 
steindachnere), turkiston mo‘ylovdori (Barbus capito concephalus, re- 
xoh-Pelecus cultrutus) keskin kamayib ketdi. Turkiston mo‘ylovdori va 
Orol mo‘ylovdorlari (Barbus brachycephalus) kabilar respublika «Qizil 
kitobi»ga kiritildi. Lekin Turkiston mo‘ylovdori Xaticha ko'lida hozirgi 
kunda baliq ovi 70—80% ni tashkil qildi. Shu munosabat bilan Xaticha 
qo'lida baliq ovlash to 2012-yilgacha taqiqlandi. Bu davrda turkiston 
mo‘ylovdorining biologiyasi yaxshilab o‘rganiladi va qizil kitobdan
297


chiqarish va ovlash masalasi hal qilindi. Aynan Xaticha koii sharoitida 
bu turning ko'p sonli ekanligining sabablari o‘rganiladi.
Hozirgi kunda baliq mahsuldorligi ancha past. Baliqchilik fermer 
xo‘jaligi uyushmasining rna’lumotiga qaraganda 1,0—1,5 kg/ga ni tash- 
kil qiladi. Keyingi yillarda (2000-yildan keyin) suv tanqisligi sababli ba­
liqchilik kohlarining gidrologik holati yomonlashgan. Bu ko‘Uar borgan 
sari sayozlashib bormoqda, bu esa yuksak suv o‘simliklari rivojlanishiga 
olib kelmoqda. Natijada kohlarning meliorativ holati ham yomonlash- 
moqda va koilar evtrafikattsiyaga duch kelmoqda. Evtrafikasiyaning 
oldini olish uchun suvliklarning biomeliorativ holatini yaxshilash kerak. 
Buning uchun mavjud ixtiofauna tartibida o‘simlikxo‘r baliq turlarini 
— oq amur, oq do'ngpeshana, chipor do'ngpeshanani tig‘iz o‘tkazish va 
ikki yashar zotlar bilan baliqlashtirish zarur, mayda razmerli baliqlar 
(15-20 g) ijobiy natija bermaydi. Agarda tabiiy baliqchiiikka asoslangan 
kohlarning gidrologiyasi va biomeliorativ holati yaxshilanmasa, baliq 
mahsuldorligi yanada kamayadi va baliq turlari yo‘qolib boraveradi. Biz 
quyida o‘tgan asrning yirik ixtiolog olimi M.A. Abdullayev (1989-y.) to- 
monidan tavsiya etilgan quyi Zarafshon suvliklari ixtiofaunasi ro‘yxatini 
keltiramiz (74-jadval).
O'zbekiston suvliklarida 70 dan ortiq baliq turlari mavjudligi 
G.K. Kornilov (1973) tomonidan qayd qilingan, A.A.Amonov esa Janu- 
biy 0 ‘zbekiston suvliklarida 56 baliq turlari borligini ko‘rsatgan.
74-jadval

Download 17,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish