O karimova huquqshunoslik



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/184
Sana15.02.2022
Hajmi360,45 Kb.
#449246
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
Bog'liq
huquqshunoslik

ustav va
nizom
qabul qilinadi. Bu hujjatlarda xodimning va ish
beruvchining burchlari ko‘rsatilgan.
Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajari -
shi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining
qo nu niy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi,
texno logiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika
xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi ta 
lablariga
rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab-
asrash i shart.
Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qo-
nunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartno-
masida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib
berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’min-
lashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi,
xodimlarning ehtiyoj va talablariga e’tibor bilan qarashi,
ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab bo 
-
rishi shart.


91
Korxonada doim ishlagan, mehnat intizomiga, meh -
nat tartibiga bo‘ysungan xodimlarga har xil turdagi
rag‘batlantirishlar qo‘llaniladi. Rag‘batlantirishlar qatori-
da davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun
davlat mukofotlariga taqdim etilishi, jamoa shartnomasi,
kelishuvlarida, ichki mehnat tartibi qoidalarida ko‘rsatil-
ganlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-
moddasiga binoan 
«xodimga mehnat intizomini buzganligi
uchun»
ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini
qo‘llashga haqli:
1. Xayfsan.
2. O‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi
qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik
foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari
ham nazarda tutilishi mumkin.
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida
xo dimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta inti-
zomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniq 
-
langandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan
boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini
hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi. 
Nojo‘ya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab
olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish
etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa sodir
etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni
qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr
bu muddatga kirmaydi.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (far mo -
yish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Respublika Mehnat Qonunlarida mehnat shartno-
masi taraflarining moddiy javobgarlik asoslari ko‘rsatil-
gan. Xodimga yetkazilgan zarar: ma’naviy (jismoniy yoki
V b o b. Mehnat huquqi asoslari


92
Huquqshunoslik
ruhiy azob 
lar), xodimning mehnat qilish imkoniya 
tidan
g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilish, xodimning sog‘li -
g‘i ga yetkazilgan zarar, mol-mulkiga yetkazilgan zarar
tur la ri da bo‘lishi mumkin. Ish be 
ruv chiga yetka 
zilgan
zarar lar asosan moddiy — mol-mulkiga nisbatan bo‘lib,
u kamay 
gan yoki yomon holatga kelganligi sababli,
xodim bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham, ish
beruv chi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to‘lashi
natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javob-
gar bo‘ladi.
Zarar yetkazgan taraflar yetkazilgan zararning og‘ir
oqibatiga, hajmiga, qonunda ko‘rsatilgan boshqa asos 
-
lariga ko‘ra zararni to‘la qoplash, zararni undirishdan
voz kechish, qisman zararni qoplashga majbur bo‘ladilar.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talabla riga
javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi ke -
rak. Ish beruvchi har bir xodimga mehnat shartnomasini
tuzishda va boshqa ishga o‘tkazishda xodimni 
mehnat
sharoitlari to‘g‘risida,
shu jumladan, 
kasb kasalliklari
va
boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli,
shu bilan bog‘liq
holda unga beriladigan 
imtiyoz
va 
kompensatsiyalar,
shuning dek, 
shaxsiy himoya vositalari
haqida xabardor qi -
lishi kerak.
Demak, xodim mehnat shartnomasini tuzish jara yo -
nida uning mehnati muhofaza qilinishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan tanishgan bo‘lishi lozim. Muho 
faza
turiga 
tibbiy ko‘rikdan vaqti-vaqti bilan o‘tib tu 
rish, sut,
davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r 
suv, shaxsiy
himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlanish va
boshqalar
kiradi.

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish