A. Talab to‘g‘rimi?
B. Zararni kim qoplaydi?
80
Huquqshunoslik
V b o b
MEHNAT HUQUQI ASOSLARI
Mehnat huquqi tushunchasi, maqsadi, vazifasi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-
moddasiga binoan har bir shaxs
mehnat qilish, erkin
kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash
va
qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyala
nish
huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tar tibidan
yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari
majburiy mehnat taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunlarining
asosiy vazifalari:
Õodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’ti-
borga olgan holda mehnat bozorining samarali amal qi -
lishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini,
xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya
qilinishini, ish sifati yaxshilanishini kuchaytirishdan,
moddiy va ma
da niy turmush darajasini yuksaltirishdan
iboratdir.
Respublikamizda Konstitutsiya va mehnat muno
-
sabatlarini tartibga solib turuvchi qonunlarga asosan
maj buriy mehnat, ya’ni biror-bir jazoni qo‘llash bilan
tahdid qilish orqali ish berishga majburlash taqiq
la nadi.
Lekin harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonunlar
asosida, favqulodda holat yuz bergan sha
roit larda, sud-
ning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan va qonun-
da nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim
bo‘lgan ishlar majburiy mehnat hi sob lanmaydi.
Mehnat qonunlarida har bir shaxsning mehnat
huquqlarini himoya qilish kafolatlanishi tasdiqlangan.
Yana mehnat qonunlarining maqsad va vazifalariga
xalqaro shartnomalar, konvensiyalarning qoidalari res
-
81
V b o b. Mehnat huquqi asoslari
publikamizda qo‘llanishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslarning mehnat muno sabatlarini tartibga
solish ham kiradi.
Qonun bo‘yicha mehnat qilish huquqiga ega shaxlar
mehnat subyekti bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat kodeksiga va «Bola huquqlarining
kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi
2009-yil 24-dekabrdagi qonuniga binoan, mehnat qilish
huquqi 15 yoshdan beriladi. Demak, belgilangan yoshga
yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi
tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar meh-
natga oid munosabatlarning subyektlari bo‘lishi mumkin
(O‘zR MK, 14-modda).
Ish beruvchi quyidagi asoslarda mehnatga oid muno sa -
batlarning subyekti bo‘lishi mumkin:
1. Korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarki -
biy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida.
2. Mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan
xususiy korxonalar.
3. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda.
Mehnat qonunlarida xodimning va ish beruvchining
asosiy huquqlari va burchlari ko‘rsatilgan. Xodim o‘z
mehnatiga tegishli haq olish, mehnat ta’tillaridan foy-
dalanish, ijtimoiy ta’minot olish, malaka oshirish va
boshqa huquqlarga ega. Ish beruvchi korxonani boshqa rish
va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qi lish,
mehnat shartnomasini tuzish, xodimdan o‘z vazi
falarini
bajarishni talab qilish va boshqa huquqlarga ega.
Xodim va ish beruvchining o‘zaro munosabatlarini
tartib doirasida tutish, ikki tarafning manfaatlarini himoya
qilish maqsadida xodimlar va ish beruvchining korxona -
dagi vakillik organlari saylanib qo‘yiladi. Mehnat qonun-
larida bu vakillik organi vakolatlari keng ko‘rsatilgan.
82
Huquqshunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |