Savol va topshiriqlar
1. Azamat hech qayerda ishlamaydi. Mahalla posbonlari,
jamoatchilik unga ishlashi shart ekanligi, bo‘lmasa chora
ko‘rishlarini aytib, do‘q-po‘pisa qilishdi.
Azamat Konstitutsiya normalarini buzdimi?
Majburiy mehnat kimlarga qo‘llanadi?
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-moddasida
«Davlat tili — o‘zbek tili» ekanligini belgilangan. Davlat tili ni-
ma? Davlat tili to‘g‘risida qanday qonun hujjatlarini bilasiz?
3. «Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir»,
degan satrlar Konstitutsiyaning qaysi moddasida berilgan? Bu
jumlaning ma’nosini misollar bilan izohlab bering.
4. A. endi 18 yoshga to‘lgan edi. O‘zbekiston Res publikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga depu
tat saylash (24-
dekabr 2004-yil) vaqtida u saylovga qatnasha olmasligidan
juda afsuslandi. Hayotida ilk bor siyosiy huquqni amalga
oshirish vaqti u ishtirok etadigan jahon chempionati davriga
to‘g‘ri kelgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |