O karimova huquqshunoslik


notarial tasdiqlash shart



Download 360,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/111
Sana23.06.2022
Hajmi360,45 Kb.
#695049
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111
Bog'liq
huquqshunoslik

notarial tasdiqlash shart:
1. Qonunda ko‘rsatilgan hollarda.
2. Taraflardan birining talabi bo‘yicha.
Masalan, uy-joy sotish-olish bitimi notarial tas-
diqlanishi shart. Vasiyatnoma ham notarial tasdiqla nishi
kerak. Shunday bitimlar borki, agar ular notarial tas-
diqlanmasa, haqiqiy emas deb tan olinadi.
Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya et-
maslik qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan holda gina
uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi. Bitimlar quyida-
gi holatda 
haqiqiy emas deb topiladi:
œ
qonun hujjatlarining talablariga muvofiq kelmaydi-
gan mazmundagi bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoki
axloq asoslariga atayin qarshi maqsadida tuzilgan bitim;
œ
o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan
bitim;
œ
o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vo -
yaga yetmagan shaxs tomonidan, uning ota-onasi, far-
zandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qili
nadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-
onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining da’vosi
bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topi 
lishi
mumkin;
œ
ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga
layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim;
œ
spirtli ichimliklarni yoki giyohvand moddalarni iste’-
mol qilish oqibatida muomala layoqati cheklangan fuqaro
tomonidan homiysining roziligisiz tuzilgan bitimni sud
haqiqiy emas deb topishi mumkin;
IV b o b. Fuqarolik huquqi asoslari


64
Huquqshunoslik
œ
garchi muomalaga layoqatli bo‘lsa-da, biroq bitim
tuzish vaqtida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna ol-
maydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda
bo‘lgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim;
œ
jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan yanglishish ta’sirida
tuzilgan bitim yanglishish ta’sirida harakat qilgan tarafning
da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi
mumkin;
œ
aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkin chi
taraf bilan yomon niyatda kelishishi ta’sirida tuzilgan
bitim, shuningdek, fuqaro og‘ir holatlar yuz berishi tufayli
o‘zi uchun noqulay shartlar bilan tuzishga majbur bo‘lgan,
ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan bitim;
œ
yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda,
nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim);
œ
yuridik shaxs tomonidan uning nizom maqsad lari ga
zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ulla 
-
nishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomo 
ni dan
tuzilgan bitim, uning muassisi (ishtirokchisi) yoki vakolatli
davlat organining da’vosi bo‘yicha sud tomonidan haqiqiy
emas deb topilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab
haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Fuqarolar, yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy mu 
-
nosabatlarini o‘rnatilgan, belgilangan muddatlarda amal -
ga oshiradi.
Qonun hujjatlarida yoki bitimda belgilangan, shu 
-
ning dek, sud tomonidan tayinlanadigan muddat kalen-
dar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki
soatlar bilan o‘lchanadigan vaqt davrining o‘tishi bilan
belgilanadi.
Da’vo muddati
— shaxs o‘zining buzilgan huquqini
da’ vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘l -
gan muddat.
Umumiy da’vo muddati uch yil deb belgilangan.
Ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo
muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzay 
tirilgan
maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin.


65

Download 360,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish