14 - O.Yu. Rashidov va bosh.
209
dorlar o'z mablag'larini saqlash ham da ularni ko ‘paytirish imkoniyatiga
ega bo'ladi;
— qimmatli qog'ozlar bozori kapitalning jamlanishi va m arkaz-
lashuvi ja ra y o n in in g tezlashishini t a ’m inlaydi. Bozor y o r d a m id a
iqtisodiyot tarm o q la ri o 'rta s id a kapitaln in g og'ib o 'tish i a m a lg a
oshiriladi;
— qimmatli qog‘ozlar bozori tarm oqlararo t o ‘siqlarni olib tash-
lashga xizmat qiladi. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi vaqtincha b o ‘sh pul
m ablag'lari ishlab ch iqarishn i bo shq a tarm o q lariga o g ‘ib o 't a d i .
Kapitalning bu oqimi buyaiq yoki ko‘rsatma asosida emas, balki aniq
bir iqtisodiy manfaat munosabatlari asosida amalga oshiriladi. V a q tin
cha bo'sh pul mablagMari zamonaviy va darom ad keltiruvchi ishlab
chiqarish korxonalariga investitsiya qilinadi ham da shu asosda iqtiso
diyot tarmoqlari tarkibida sifat siljishlari yuzaga keladi;
— qimmatli qog'ozlar bozori sarmoyadorlari, ya’ni m am lakat
aholisi, korxonalar va davlatning vaqtincha b o ‘sh pul mablagMarini
jam lab, uni kapitalga aylantirib, bu kapitalning oqilona va samarali
harakatini ta ’minlaydi;
- - qimmatli q o g‘ozlar bozori qimmatli qog'ozlarga bozorda shakl-
langan talab va tak lif asosida haqiqiy b o z o r bahosini belgilaydi.
Shuning u c h u n fond birjasi m am la k a t iqtisodiyotining ba ro m e tri
hisoblanadi;
— qimmatli q o g‘ozlar bozori aniq bir kapitalning (bank, savdo,
sanoat) harakatini faollashuviga imkoniyat yaratadi. Buning natijasida
iqtisodiyotda u yoki bu m uam m olarni hal etish imkoniyati paydo
boMadi;
— qimmatli qog'ozlar bozori yordam ida davlat budjeti taqchilligi
(defitsit) qoplanadi. Shuni ta ’kidlash lozimki, bu jarayonda muomalaga
qo'shim cha pul massasi emissiya qilinmaydi va shu asosida mamlakatda
inflatsiyani tartibga solib turish imkoniyati tugMldi;
— qimmatli qog'ozlar bozori m am lakatda yangi mulkdorlar sinfini
shakllantiradi. Ulushli qimmatli qog'oz (aksiyalar) xarid etib olgan
aksiyador korxonaning mulkdoriga aylanadi. Shu asosda aksiyadorlar
ko rx o n a n in g s a m a r a d o r ish lashid an m a n fa a td o r b o 'la d i, c h u n k i
korxonaning d a ro m a d topishi aksiyadorga dividend keltiradi. Shuning
u chun aksiyadorlar korxonalarning boshqaruvida faol ishtirok etadi.
Qim m atli q o g 'o z la r bozorining qanchalik rivojlanlanganligi va
samaradorligi u bajaradigan vazifalarni amalga oshirishi bilan uzviy
bog'liqdir.
Qimmatli q o g‘ozlar bozori ju d a murakkab ham da n oz ik tuzilmadir.
Ushbu bozorda u yoki bu turdagi qimm atli qog‘oz bilan savdo qilish,
savdoni tashkil qilish, uni olib borish va hisob-kitoblarni am alga oshirish
asosida qim m atli qog'ozlar bozorining quyidagi shakllarini ajratish
mumkin:
1. Qim matli qog'ozlarning birlam chi va ikkilamchi bozori;
2. Qimmatli qog'ozlarning uyushgan va uyushmagan bozori;
3. Qim matli qog'ozlarning birja va birjadan tashqari bozori;
4. Q im m atli qog'ozlarning a n ’anaviy va k om pyuterlashtirilg an
bozori;
5. Qimmatli qog'ozlarning m ud d atli va kassa bozori.
Q i m m a tl i q o g 'o z l a r n i n g b i r l a m c h i b o z o ri — b u q i m m a t l i
qog'ozlarning birlamchi emissiyasi va uning birinchi egalari o'rtasid a
joylashtirish jarayonidagi bozordir. Bu bozor uch un m a ’lu m tartib-
qoidalarbelgilangan. Emitent birlamchi emissiyada chiqarilgan barcha
qimmatli qog'ozlarni birlamchi investorlar o'rtasida to'liq joylashtirishi
shart. O'zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka k o 'ra birlam
chi emissiyaning birlamchi investorlar tarkibi quyidagilarni o 'z ichiga
oladi:
1. M ehnat jam oasi ulushi;
2. Davlat ulushi;
3. Xorijiy sarm oyadorlar ulushi;
4. Erkin savdo ulushi.
Biz yuqorida t a ’kidlab o'tgan investorlarning birlamchi emissiyadagi
egallagan salm og'i xo'jalik subvektining iqtisodiyotda egallagan o 'rn i
ham da ahamiyatiga bog'liqdir. Biz quyida qimmatli q o g 'o z la r bozo ri
ning investor tarkibini chizma orqali ko'rsatamiz.
Agarda emitent muomalaga chiqarilgan aksiyalarni to'liq joylashtira
olmasa, u bu aksiyalar risolasini (prospektini) bekor qilishi lozim.
Masalan, e m itent muomalaga yuz d o na aksiya chiqardi deylik. Belgi-
langan m u ddatda u to'qson d o n a aksiyani joylashtirdi. Q olgan o 'n
dona aksiyani joylashtira olmadi.
D em ak, e m ite n t bu birinchi aksiya risolasini b e k o r qilishi va
muomalaga ikkinchi to'qson d o n a aksiyani o 'z ichiga olgan risolasini
amalga oshirishi shart.
Shuni ta ’kidlash lozimki, birlamchi bozorda to'liq joylashtirilgan
aksiyalargina ikkilamchi bozorda savdoga qo'yiladi. U stav kapitalini
oshirish m aqsadida ikkinchi yoki uchinchi emissiya risolasini amalga
oshirish qimm atli qog'ozlarning birlamchi bozoriga kiradi.
Qim m atli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori — bu a w a l m uomalaga
chiqarilgan va hech b o'lm aganda bir marta olib sotilgan qimmatli
qo g ‘ozlar bozoridir. Ushbu bozorlarda qimmatli qog‘ozlarlar oldi-
sotdisi natijasida qimmatli qog‘ozlar amal qilish muddati bo‘yicha
o ‘z egasini o ‘zgartiradi, y a ’ni erkin ravishda q o ‘ld an -q o ‘lga o ‘tad.i.
Q im m atli qog'ozlarning ikkilamchi bozorining asosiy xususiyati uning
likvidligidir.
Bu bozorda qimmatli qog‘ozlarga bo'lgan haqqoniy talab va taklif
asosida baho belgilanadi. Qimmatli qog‘ozlar bu asosda o ‘z nom inal
qiymatidan bir necha m arta yuqori narxda sotihshi m umkin. Qimmatli
q og ‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari o ‘rtasidagi nisbat bu
mamlakatning iqtisodiy rivojlanganligi hamda fond bozori samaradorlik
darajasiga bogliqdir.
Qim m atli qog‘ozlarning uyushgan bozori — bu qimmatli qog'ozlar
bilan savdolarni savdo ishtirokchilari va uni tashkil etuvchi uchun
o ‘rnatilgan qat’iy tartib-qoidalar bilan amalga oshirilishidir. Bu bozorda
qim m atli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi bitimlari m a ’lum, aniq joyda,
belgilangan m uddatda va uning malakali ishtirokchilari tom onidan
amalga oshiriladi.
Q im m a tli q o g ‘o z la rn in g uyushm agan b ozori — bu q im m atli
q o g ‘o z la r b ilan sa v d o la rn i savdo ish tirokchilari o ‘rtasida q a t ’iy
belgilangan tartib-qoidalarsiz amalga oshirilishidir. Bu bozor m a ’lum
belgilangan joyda, m a ’lum m uddatda oldi-sotdini amalga oshirmaydi.
Q im m atli qog'ozlarning uyushmagan bozorida sotuvchi va xaridor
oldi-sotdisi fond birjasidan tashqarida o ‘zaro olib boriladi.
Q im m atli q og 'ozlarning birja bozori — bu fond birjasida o ‘zi
o ‘rnatgan tartib-qoidalar asosida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish
bozoridir. Birja bozori o ‘ziga xos investitsiya institutlari tom onidan
tashkil etilgan b o z o r b o ‘lib, unda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo
bitim la ri bu b o z o rn in g malakali ishtirokchilari to m o n id a n q a t ’iy
o 'r n a tilg a n ta r tib -q o id a la r asosida olib boriladi. Shuni ta ’kidlash
lozimki, birja b ozorida o ‘zi to m o n id an q o ‘yilgan talablarga javob
beradigan likvid va ishonchli qimmatli qog‘ozlar savdoga q o ‘yiladi.
Birja bozorining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— qimm atli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq aniq vaqtda va belgilangan
joyda amalga oshiriladi;
— q i m m a t l i q o g ' o z l a r b ila n s a v d o - s o t iq b e lg ila n g a n a n iq
ishtirokchilar, ya’ni fond bozorining malakali mutaxassislari tom onidan
olib boriladi;
— qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiq tartib-qoidalarining q a t’iy
belgilanganligi va bozor ishtirokchilarining unga amal qilishligi;
— qimmatli qog‘ozlar bilan savdo-sotiqni tashkil etilishining bunday
faoliyatini vakolatli davlat organi to m o n id a n maxsus litsenziyaga ega
bo'lgan muassasa olib borishligi.
Am aldagi q o n u n c h ilik k a asosan, O 'z b e k i s t o n Respublikasida
qimmatli qog‘ozlarning birja bozori «Toshkent» Respublika fond birjasi
va uning Q oraqalpog‘iston Respublikasi h a m d a viloyatlar markazla-
ridagi b o ‘limlaridan iborat.
Q im m atli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozori- bu qimmatli
qog‘ozlar bilan savdo-sotiq fond biijasidan tashqarida olib boriladigan
bozordir. Biijadan tashqari bozor tashkil etilishiga qarab ikki guruhga
bo'linadi:
— uyushgan birjadan tashqari bozor;
— uyushmagan birjadan tashqari bozor.
Qim matli qog‘ozlarning uyushgan birjadan tashqari bozori deganda
uning tashkilotchilar tom onidan o ‘rnatilgan tartib-qoidalar va savdoga
qo'yish shartlari asosida tuzilgan maxsus ko m py u ter tizimi tushuniladi.
Bu bozorda asosan o ‘rta va kichik e m itentlarning qimmatli qog‘oziari
savdoga q o ‘yiladi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda uyushgan birjadan
tashqari b o z o rn ing o ‘z tizim i s h ak llan gan . A Q S H d a bu bozorni
N A SD A Q — National Association o f Secuzities Dealers Autom ated
Security, K anadada C O A T C -C an ad ien O w e rth e -c o n te r A utom ated,
Singapurda SES D A Q -Singapore Stock E xchange And A utom ated
Q uotation System (система автом ати ческой к о т и р о в к и и д и ли н га
при С и н га п у р с к о й ф он дов о й б и р ж е) va Rossiyada RTS ( Р о с
с и й с к а я то р го в а я систем а) (Rossiya savdo tizim i) olib boradi.
0 ‘zbekisto n da uyushgan birjadan tash q ari b o z o rn i «Elsis-Savdo»
investitsiya instituti olib bormoqda. Shuni t a ’kidlash lozimki, qimmatli
qog'ozlarning uyushgan birjadan tashqari bozori zamonaviy kompyuter
texnologiyasi h am da yuqori kom m unikatsiya vositalari asosida tashkil
etilgan.
Q im matli qog‘ozlarning uyushmagan birjadan tashqari bozorida
esa to n d birjasida kotirovkaga javob b erm agan va savdoga qo'yilmagan
qimmatli qog‘ozlar savdo-sotig‘i amalga oshiriladi. Bu bozorda kerakli
moliyaviy bazaga ega bo'lmagan em iten tlarn in g qimm atli qog'ozlari
ham da kam daromadli qimmatli qog‘ozlar savdoga q o ‘yiladi. Bunday
bozorda alohida olingan brokerlik va dilerlik firmalari faoliyat ko‘rsa-
tadi. F o n d birjalari to m o n id a n q im m atli q o g ‘ozlarga q o ‘yiladigan
talablarning qattiqligi va savdoga cheklangan m iq do rda qimmatli
qog’ozlarning q o ‘yilishi natijasida uyushm agan birjadan tashqari
bozorlar tashkil topgan. Bu bozorturii mamlakatlarda turlicha, masalan
Londonda «uchinchi bozor», Parijda «ikkinchi bozor», Amsterdamda
«parallel bozor» deb nomlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, b a ’zi kichik
aksiyadorlik kompaniyalari o ‘z qimmatli qog'ozlarini a w a lo bu bozorda
savdoga q o ‘yib, uni kotirovka qilib, ko‘p hollarda rasmiy fond birjasida
savdoga chiqish imkoniyatiga ega b o ‘lmoqda.
Qimmatli qog'ozlarning a n ’naviy bozori — bu m a ’lum belgilangan
joyda (birjada), o'rnatilgan tartibda qimmatli qog'ozlar bilan savdo-
sotiq qilishdir. H ar bir davlatda fond birjalarining a n ’anaviy sifatlari
mavjud. Masalan, Tokio fond birjasida savdo-sotiq ovoz ham da irno-
ishora asosida olib boriladi. N yu-Y ork fond birjasida broker va dilerlar
o'zlari egallagan mavqega qarab turli rangdagi kostyum kiyadilar va
hokazo.
Q im m a tli q o g 'o z la r n in g k o m p y u te rla sh tirilg an b o zori bu —
qimmatli qog'ozlar bilan savdo-sotiq kompyuter tizimi orqali olib
boriladi. Bu bozorning quyidagi xususiyatlari mavjud:
— qim m atli qog'ozlarni sotuvchilar va xaridorlar uchrashadigan
jism oniy joyn in g yo'qligi, dem ak, ular o 'rtasida t o 'g 'rid a n -to 'g 'ri
muloqot mavjud emas;
— q i m m a t l i q o g 'o z l a r b ila n savdo s o tiq j a r a y o n i n i t o 'l i q
avtom atlashtirilganligi, sh un in g u c h u n hatn uning ishtirokchilari
qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilish uchun bu tizimga talabnoma
kiritish bilan cheklanadi.
A Q S H d a g i k o m p y u te rla s h tirilg an b o z o rd a 3700 ta qim m atli
qog'ozlar kotirovkasi bo'lib, bu tizimga 3300 ta malakali agentlar
birlashgan.
Qim matli qog'ozlarning kassa bozori — bu qimmatli qog'ozlar
bilan savdo bitimidagi hisob-kitobni birdaniga yoki 2—3 kun ichida
amalga oshirilishi ko'zda tutilgan bozordir. Bu bozor xorijiy davlatlarda
«kesh-bozor», «spot-bozor» deb nomlanadi. «Toshkent» Respublika
fond birjasida qimmatli qog'ozlar bilan savdo bitimlari bo'yicha hisob-
kitoblar «kassa bozor» tamoyiliga asoslanadi.
Qim matli qog'ozlarning muddatli bozori-bu qimmatli qog'ozlar
bilan savdo bitimlaridagi hisob-kitoblar turli m u dd atla rda amalga
oshirilishi k o 'z d a tutilgan bozordir. Bu bozorda qimmatli qog'ozlar
uch u n hisob-kitoblar 3 ishchi kunidan 3 oy m uddatgacha amalga
oshirilishi m um kin. Qimmatli qog'ozlarning muddatli bozori asosan,
hosilaviy q im m a tli q o g 'o z la r (o p s io n , fy ac h e rs) o l d i- s o td i s id a n
darom ad topish uchun qo'llaniladi.
Qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarini ushbu b ozorda faoliyat
ko'rsatish xususiyatiga asosan ikki tizimga ajratish mumkin:
— qimmatli qog‘ozlar bozorining u m u m iy infratuzilmasi;
— qimmatli qog'ozlar bozorining maxsus infratuzilmasi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining u m u m iy infratuzilmasi tarkibiga
qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda k o 'm a k -
lashuvchi muassasalar kiradi. Bunday muassasalar faoliyatisiz q im m atli
qog'ozlar bozori faoliyatini amalga oshirishi yoki u m u m a n m u m k in
emas yoki juda qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Bunday m uassa-
salarga nashriyotlar, informatsion agentliklar, gazeta va ju rn a lla r,
televizion va radiokompaniyalar, tijorat bankJari, auditor tashkilotlari,
notarial va advokat kontoralari h a m d a su g'u rta kompaniyalari kiradi.
Qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat ko'rsatish u ch u n bu muassasalar
maxsus malaka shahodatnom alari va litsenziyaga ega bo'lishi talab
etilmaydi.
Bu m uassasalar q im m atli q o g 'o z la r b o z o rid a o 'z in in g asosiy
faoliyatini yuritishlari uchun o'zlariga tegishli vakolatli davlat organidan
maxsus ruxsatnomaga ega b o iis h la ri lozim. Asosiy faoliyat ko'rsatish
uch u n notarial va advokat kontoralari O 'zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligidan, auditor va sug'urta kompaniyalari O 'zbekiston Respubli
kasi Moliya vazirligidan, tijorat banklari O 'z b e kisto n Respublikasi
Markaziy bankidan ham da nashriyotlar, gazeta va jurnallar O'zbekiston
Respublikasi Davlat Nashriyot Q o 'm i ta s id a n m axsus ru x sa tn o m a
olishlari lozim. Qim m atli q o g 'o z la r b o z o rid a bu k o 'm aklashu vch i
muassasalarning faoliyatiga ushbu bozordagi bitimlar ishtirokchilarining
hisob — kitoblarini amalga oshirish, e m ite n tla r hisobotlarini tekshirish
va uni rasmiy tasdiqlash, q im m atli q o g 'o z la r b o 'y ich a o 'rn a tilg a n
tartibda oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, rasmiylashtirish, bo'lajak
sarmoyadorlarga kerakli m a ’lu m o tla rn i yetkazish, fond bozoridagi
faoliyatni oshkora etish va boshqalar kiradi.
Qimmatli qog'ozlar bozorining maxsus infratuzilmasiga qimm atli
q o g 'o z la r bozorida o 'z faoliyatini asosiy faoliyat sifatida am alga
oshiruvchi maxsus malakali investitsiya institutlari kiradi. Bunday
maxsus investitsiya institutlariga quyidagilar kiradi:
1. Investitsiya maslahatchisi;
2. Investitsiya vositachilari;
3. Investitsiya kompaniyalari;
4. Investitsiya fondlari;
5. Boshqaruvchi kompaniyasi;
6. Depozitariylar;
7. Qimmatli qog'ozlarni reestrini saqlovchisi;
8. Hisob-kliring palatasi;
9. Qimmatli qog'ozlarning nominal saqlovchisi.
Biz yuqorida sanab o'tgan investitsiya institutlari qimmatli qog‘ozlar
bozorida amaldagi qonunchilikda ko'zda tutilgan va bu faoliyatni
amalga oshirish u c h u n maxsus litsenziya olgandan so‘ng ish yuritishi
m umkin. O 'z faoliyatida vakolatiga kirmagan operatsiyalarni amalga
oshirish qonun an taqiqlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan
investitsiya institutlari q im m atli q o g ‘ozlar bozorida faoliyat olib
borishlari u c h u n vakolatli davlat organlaridan maxsus litsenziyaga
h a m d a kontingentida maxsus malaka shahodatnomalariga ega bo ‘lgan
mutaxassislarga ega b o ‘lishi shart hisoblanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish m um kinki, qimm atli q og'ozlar
b o z o ri m a m la k a td a b ir y o 'la ikki vazifani am alga o sh irm o q d a .
Birinchidan, u iqtisodiyotning amal qilish samaradorligini oshirishga
ijobiy t a ’sir k o ‘rsatm oqda, ikkinchidan qimmatli qog‘ozlar bozori
yordam ida ijtimoiy xususiyatga ega b o ‘lgan qator muhim m uam m olar
hal etilmoqda. Bu omillar esa qimmatli qog'ozlar bozorini, uning
mohiyatini yanada chuqurroq o ‘rganishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |