va demografik sabablar tufayli hududlarning rivojlanish darajasi turlicha.
B a ’zi hududlarda, y a ’ni Qoraqalpog'iston Respublikasida, Sirdaryo,
Jizzax va Xorazm viloyatlarida iqtisodiy rivojlanish darajasi sust rivoj-
langan va aksincha. Toshkent shahri, F arg‘on a , Toshkent va Navoiy
viloyatlarida iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori darajada. Bu omil
esa budjet darom adlarining yetarliligiga bevosita t a ’sir ko‘rsatadi.
Iqtisodiy to m o n d a n sust rivojlangan h u d u d lard a istiqomat etuvchi
aholining ijtiinoiy n e ’matlar bilan t a ’m inlash h a m d a ijtimoiy himoya
qilish xarajatlari bu hududda yaratilgan d a ro m a d d a n ko'pdir. Bunday
holatning oldini olish maqsadida m am lakatim iz davlat budjetidan bu
h ududlarning mahalliy budjetlariga yetarli m ab la g ‘lar (subvensiya,
dotatsiya shaklida) beriladi;
2. Jamiyatda ikki sohaning, y a ’ni moddiy va nom oddiy soha (sog‘-
i
liqni saqlash, maorif, fan, ijtimoiy t a ’m in ot, m udofaa, boshqaruv)
larning mavjudligi. M a ’lumki, n o m o d d iy s o h a d a milliy d aro m ad
I
yaratilmaydi, lekin nomoddiy sohaning zarurati va uni jam iyat uchun
kerakligini hech kim inkor eta olmaydi. Shu n i alohida t a ’kidlash
lozimki, keyingi vaqtlarda 0 ‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash
va m aorifni rivojlantirishga ju d a katta e ’tib o r berilm oqda. Bunga
m a m la k a tim iz d a 2005-y ilnin g « S ih a t-s a lo m a tlik y i 1 i» deb e ’lon
qilinganligi yorqin misol bo'ladi;
3. Jamiyatda, ya’ni aholi o'rtasid a turli ijtimoiy guruhlarning m av
judligi. Insoniyat rivojlanishi, ya’ni demografik holati aholining ijtimoiy
guruhlarga bo ‘iinishiga ham t a ’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida j a
m iyatda ko‘p farzandli oilalar, nafaqaxo'rlarning mavjudligi obyektiv
omildir. Bunday guruhlarni ijtimoiy tom o nd an him oya qilish davlatning
burchi hisoblanadi. Buni amalga oshirishda davlat eng a w a lo budjet
mablag'laridan foydalanadi.
Jam iyatda yaratilgan yalpi ijtimoiy m ahsulot va milliy darom adni
moliya yordamida qayta taqsimlanishi natijasida u m um davlat fondlari,
y a ’ni budjetlar ham d a b u djetdan tashqari fo n d la r shakllantiriladi.
B unday qayta taqsimlash natijasida no m od d iy sohada band b o ‘lgan
shaxslar moliya mablag'lari bilan t a ’minlanadi.
Jam iyatda yaratilgan milliy daro m adn i qayta taqsimlash natijasida
iqtisodiyot tarmoqlari tarkibining manfaatlari hisobga olinadi. Iqtiso-
diyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo'jaligi, energetika, transport)
jad al rivojlantirishga e ’tibor qaratiladi. U sh b u holatni 0 ‘zbekiston
Respublikasiga taqqoslansa, hozirda m am lak atim izda 60 foiz aholi
qishloq joylarida istiqomat qilishi va eksport tarkibida qishloq x o ‘jalik
Do'stlaringiz bilan baham: