Baho valutasi va t o ‘lov valutasi.
Baho valutasi va t o ‘lov valutasi
tanloviga (baho darajasi, kredit bo'yicha foiz stavkasi katta-kichik-
lig id an farqli o ‘la r o q ) m a ’lum b ir d a r a j a d a b itim n in g v a lu ta
samaradorligi bog‘liqdir.
Eksport va import shartnom a baholari turlichadir hamda ular ushbu
shartnomalarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga
yetkazib berilishi bilan b o g ‘liq (ek sportyo r m am lakat o m b o rid a
saqlanishi, portgacha b o ‘lgan y o ‘l va portdagi saqlanish, chet eldagi
y o ‘1, xorijdagi o m b o r h a m d a im p o rty o rg a tov arlarn i y e tk azish
xarajatlari) q o 'sh im c h a xarajatlarga bog'liqdir. Tovarlar baholarini
aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:
1. Shartnomani tuzayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi hamda
ushbu shartnom a ijrosi mobaynida belgilangan baholar o ‘zgarmaydi.
Ushbu uslubjahon bozorida baholarning pasayishi tendensiyasi mavjud
bo'lgan paytda q o ‘llaniladi.
2. Shartnomaga q o ‘l q o ‘yilayotgan paytda bahoni (tovar yetkazilish
kuniga b o ‘lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida)
belgilash tamoyili qayd etiladi, bahoning o'zi esa bitimning ijrosi
m obaynida belgilanadi. U sh b u uslub o d a td a , bozor baholarining
ko ‘tarilishi tendensiyasida q o ‘llaniladi.
3. Shartnom a tuzilayotgan paytda baho q a t’iy belgilanadi, am m o
bozor bahosi shartnomadagi bahoga nisbatan, aytaylik, 5%dan ortiqroq
hajmga o'zgarsa, u o ‘zgarishi mumkin.
4. Xarajatlarni tashkil etuvchi elem entlar hajrnini o'zgarishiga
bog‘liq b o ‘lgan sirpanuvchan baho. Masalan, jihoz (asbob-uskuna)lar
yetk a z ib b e rilis h ig a b u y u r tm a b e rilg a n d a , y u q o r i k o n y u n k t u r a
sharoitlarida buyurtm achi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi (baho
o ‘zgarishining um u m iy chegarasi yoki baho «sirpanishi»ni xarajatlarning
bir qismiga va qisqa muddatga tarqalishini).
5.
Aralash shakli: bahoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi
esa sirpanuvchan shaklda o ‘rnatiladi.
Baho valutasi bu, tovarga b o ‘lgan baho ifodalanadigan valyutadir.
Tovarning bahosi q a t’iy belgilanadigan valutani tanlashda tovarning
turi va yuqorida aytib o ‘tilgan xalqaro hisob-kitoblarga t a ’sir etuvchi
omillar, ayniqsa hukumatlararo kelishuvlarning shartlari ham da Xalqaro
udum lar katta aham iyat kasb etadi. B a’zida sh a rtno m anin g bahosi,
valuta xavf-xatarlarini sug'urtalash maqsadida bir nechta (ikki va undan
ko ‘p) valutada yoki standart (S D R , EK Y u- 1999-yilda «Yevro»ga
o ‘zgartirilgan) valuta savatida ko'rsatiladi.
T o ‘lov valutasi bu, im portyor (yoki qarz oluvchi) majburiyatlari
so‘ndirilishi kerak b o i g a n valyutadir. Valuta kursining barqarorsizligi
sharoitida b a h o la r nisbatan b a rq a ro r bo 'lg an valu tada, t o ‘lov esa
odatda, im p ortyo r m am lakat valutasida belgilanadi. A garda b a h o
valutasi va to'lov valutasi o ‘zaro muvofiq kelmasa, u n d a sh a rtn o m a d a
bir valutani ikkinchi valutaga qayta hisoblanish kursi o ‘zaro kelishiladi
(yoki XVF S D R negizida qayd etiladigan pariteti, yoki valutalarning
bozor kursi b o ‘y ich a ). S h a r tn o m a d a qayta h iso b la n ish s h a rtla ri
belgilanadi:
1) m a ’lum bir turdagi to'lov vositasining kursi — trattasiz to'lovlar
vuzasidan telegraf pul o ‘tkazmasi yoki kredit bilan b o g ‘liq hisob-
kitoblar bo'yicha vekselni;
2) m a ’lum bir valuta bozorida (sotuvchi, sotib oluvchi yoki uchinchi
tarafning) tu z a tis h va m uvofiqlashtirishlar vaqti a n iq la b o lin a d i
(masalan, to ‘lov amalga oshirilishidan bir kun a w a l yoki to 'lo v kuni);
3) qayta hisoblash amalga oshiriladigan kurs kelishib olinadi: odatda,
o ‘rtacha kurs, b a ’zida valuta bozorini ochilishiga, yopilishiga b o ‘lgan
sotuvchi yoki sotib oluvchi kurslari, yoki kunning o 'rta c h a kursi.
To'lov shartlari tashqi iqtisodiy bitimlarning m u h im elem entidir.
Ularning ichida quyidagilar farqlanadi: naqdli t o ‘lovlar, kredit taq dim
etilishi bilan hisob-kitoblar, naqdli t o ‘lov bo'y icha opsionli kredit
(tanlov huquqi bilan).
Xalqaro h iso b -k itoblardagi n aqdli to 'lo v tu sh u n c h a s i d e g a n d a
eksport tovarlari sotib oluvchiga yetkazib berilganidan s o ‘ng ularga
pul toManishi yoki tovarlar shartnom a shartlariga m uvofiq yetkazib
berilganligi t o ‘g ‘risida guvohlik beruvchi hujjatlarga qarshi bo'lgan
t o ‘lov k o ‘zda tutiladi. Biroq zamonaviy sharoitlarda tovar importyor
mam lakatiga ko'p holatlarda to ‘lov amalga oshirilishi lozim b o ‘lgan
hujjatlardan aw a l yetib keladi va sotib oluvchi tovarlarni ularga haq
to ia n is h id a n a w a l saqlash (trast) tilxati, bank kafolati evaziga olishi
m um kin. Shunday qilib, tovarlar so‘nggi manzil portiga yetkazib
berilganidan so'ng to ‘lov amalga oshiriladi, tovarlar jo'natilganligi
to'g'risidagi ogohnomaga qarshi amalga oshiriladigan t o ‘lovlar bundan
m ustasno. K o ntragentlar kelishuviga h a m d a sotilayotgan tovarlar
xususiyatlariga bog‘liq bo'lgan holda importyor m a ’lum bir bosqichda
to'lovni amalga oshiradi: jo'natilish portida tovarlarni yuklash ishlari
tugaganligi tasdig‘ini olgandan so‘ng; tovar hujjatlarining komplekti
(schyot-faktura, konosam ent, sug'urta polisi va boshqalar)ga qarshi;
b a ’zida to'lovni 5—7 kunga, neft yetkazib berish b o ‘yicha esa 30
kunga kechiktirish bilan; so'nggi manzil bo'lg an portda importyor
to m o n id an tovarni qabul qilib olinib bo'lgandan so'ng. Tovarning
turiga bog‘liq bo'lgan holda b a ’zi holatlarda hisob-kitoblarning aralash
s h a r t la r id a n fo y d a la n ila d i: q ism a n h i s o b - k i t o b - t o v a r h u jjatlari
topshirilganidan so'ng amalga oshadigan to'lov; yakuniy hisob-kitob-
tovarlar qabul qilib olinganidan so'ng (tovarlar so'nggi manzil portiga
yetib kelganidan so'ng sotib oluvchi tom o n id an qabul qilib olinadi
va ularning sifat xarakteristikalari tekshiriladi, chunki transportirovka
davrida ularning sifati buzilgan bo'lishi m umkin).
Xalqaro to'lovlar valutalar o'zaro almashuvi ham da tashqi savdo
ishtirokchilari to m onidan bir-biriga kreditlar taqdim etish jarayonlari
bilan cham barchas bog'lanib ketadi. Xalqaro valuta-kredit va hisob-
kitob operatsiyalarining o'z a ro bog'liqligi ushbuda o'z ifodasini topadi.
Sotilayotgan tovarning turiga (masalan, mashinalar vajihozlar) ham da
sotuvchilar bozorida raqobatning kuchayishi va yangi mahsulot iste’mol
bozorlarini kengaytirish maqsadida ularning kreditdan foydalanishga
qaratilgan intilishlariga qarab tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha liisob-
kitoblar tijorat kreditidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Tijorat
krediti tovar sotuvchisi to m o n id an sotib oluvchiga bir necha oydan
5—8 yilgacha, alohida holatlarda esa bundan ham katta muddatlarga
taq d im etiladi. Tashqi savdo operatsiyalarida im portyor tijorat krediti
evaziga uni so 'n d irishg a qaratilgan, oddiy veksel shaklidagi qarz
m a jb u riy a tin i yozib b e ra d i yoki e ksportyor t o m o n i d a n berilgan
o'tkaziladigan veksellar-trattalarda to'lovni amalga oshirishga yozma
tarzdagi rozilik (aksept) beradi.
Tovar qiymatining m a ’lum bir qismiga tijorat hujjatlari taqdim
e tilg a n id a n s o ‘ng, q olgan qism iga esa s h a r t n o m a d a belgilangan
davrdan so‘ng haq t o ‘langanda tijorat krediti shaklidagi tovarlar uchun
hiso b-k itoblar naqdli to 'lo v la r bilan birgalikda am alga oshirilishi
m um kin. Tashqi savdo shartnomai ijrosining m a ’lum bir bosqichida
s h a rtn o m a d a g i taraflar, tijo ra t k re d itid a n t a s h q a r i, b ir-b irla rin i
majburan kreditlashlari mumkin. Masalan, bo‘nak shaklidagi to'lovlarda
im portyor eksportyorni, ochiq hisob-varaq b o ‘yicha hisob-kitoblarda
esa sotuvchi sotib oluvchini kreditlaydi.
H iso b-k ito b lar shartlarining m uqobil shakli n aqd li t o ‘lovning
opsionli kreditidir. Agarda importyor sotib olingan tovar uchun t o ‘lovni
kechiktirish huquqidan foydalansa, unda u naqdli t o ‘lovda taqdim
etiladigan diskont (skidka)dan m ahrum bo ‘ladi. Hisob-kitoblar xalqaro
m u o m alada ishlatiladigan turli xil t o ‘lov vositalari, y a ’ni veksellar,
t o ‘lov topshiriqnom alari, bank o 'tk az m ala ri ( p o c h ta va telegraf),
cheklar, plastik kartochkalari yordam ida am alga oshiriladi. Xorijiy
instrum entlar (Foreignitems, ingl.) — boshqa m am la k a td a deponentga
olingan ham da ushbu m am lakatda toManishi lozim b o ‘lgan cheklar,
veksellar (oddiy va o ‘tkaziladigan) va m u o m a la n in g boshqa kredit
vositalari. Shartnom a t o ‘lov shartlarining eng m u rak kab qismi b o ‘lib
hisob-kitob turini tanlash ham da ushbu hisob-kitoblami amalga oshirish
ikir-chikirlarini shakllantirib izohlash hisoblanadi. Kontragentlarning
b ir-b iriga q a ra m a-q a rsh i boMgan m an fa a tla rin i x alqaro iqtisodiy
m unosabatlarda o ‘zaro bog'lash va ularning to 'lo v m unosabatlarini
tashkil etish hisob-kitoblarning turli shakllaridan foydalanish orqali
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |