Hujjatga tayyor rasm joylashtirish
Sahifaga rasm joylashtirishda graphics paketidagi maxsus
\includegraphics[xususiyatlar]{fayl}
buyrug’idan foydalaniladi. Xususiyatlar-rasm xususiyatlarini aniqlaydi,bir
necha xususiyatlar vergul orqali ajratiladi.Xususiyatlar xususiyat=qiymat
ko’rinishda aniqlanadi.Bu qismni kiritish majburiy emas.
Bu buyruq ko’rsatilgan faylni eps – kengaytmali(agar dvips drayveri
o’rnatilgan bo’lsa) va pdf – kengaytmali(agar pdftex drayveri o’rnatilgan bo’lsa)
rasmlar orasidan qidiradi.Shuni ta’kidlab o’tish kerakki ko’rsatilgan rasmni
qidirish faqat joriy hujjat tex kengaytma bilan saqlanayotgan manzilda amalga
oshiriladi.Misol:
\includegraphics{kapalak}
Bunda asosiy faylimiz(tex kengaytmali) joylashgan katalogda kapalak.pdf
fayli joylashgan.Shu sababli rasm kengaytmasiz(.pdf bo’lgani uchun) ham
chaqirilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |