I BOB. Latex dasturi.
1.1.
Latex dasturini o’rnatish va sozlash.
Hozirgi kunda ilmiy maqolalar, matematikaga doir qo’llanmalar yaratishda
juda ko’p matematik formulalar va turli xil obektlardan foydalanishga to’g’ri
keladi. Bunday hujjatlarni yaratish uchun juda ko’p matn muharrirlari mavjud.
Bunga Word matn muharririni misol keltirish mumkin. Word matn muharriri
matematik formulalarni yozishda, turli xil obektlarni joylashtirishda juda katta
imkoniyatga ega, lekin agar matematik formulalar, turli xil obyektlarni soni oshib
borsa, yaratilgan hujjatlarni hajmini oshirib yuboradi va ularni qayta ishlashda
qiyinchiliklarga uchrab qolish mumkin. Bundan tashqari yaratilgan hujjat hamma
kompyuterlarga, yoki hamma sistemalarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan
Wordda yaratilgan hujjatlar versiyasiga farq qilsa bir biriga to’g’ri kelmasligi
mumkin yoki Mathtypeda yozilgan formulalar bo’lsa to bu dasturni o’rnatmasak
bu hujjatlarni qayta ishlab bo’lmaydi. Biz yaratgan maqola, qo’llanma yoki boshqa
hujjatlarni internet tarmog’ida ham qo’yishimiz mumkin, bundan hamma
kompyuterlar foydalanishlari mumkin. Shuning uchun biz hujjatlarni shunday
tayyorlashimiz kerakki undan barcha kompyuterlar turli xil bo’lishidan qatiy nazar
foydalana olishlari kerak. Shularni hisobga olib yana bir dastur, Latex dasturi
yaratildi. Latex dasturi juda ko’p imkoniyatlarga ega. Bu dasturni imkoniyatlari
yuqoriligi, jurnallar, kitoblar tayyorlash imkoniyatlari juda yuqori sifatli ekanligini
hisobga olib, hozirgi kunda chet ellarda ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni Latex
dasturida yozib yuborishni talab qiladi. Latex dasturida tayyorlangan hujjatlarni
hajmi juda kichik bo’ladi, shuning uchun ularni qayta ishlash tez amalgam oshadi.
Bu dastur yordamida ilmiy maqolalar, kurs ishlarini, diplom ishlarini,
dissertasiyalarni juda chiroyli qilib tayyorlash mumkin. Albatta bu dastur bilan
ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak va biror bir
uslubiy qo’llanmadan foydalnishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda Latex dasturida
ishlash bo’yicha deyarli o’zbek tilida adabiyotlar yetarli emas, rus tilida yoki ingliz
tilida adabiyotlar juda ko’p. Shularni hisobga olib biz Latex dasturi bo’yicha
10
o’zbek tilida kerakli malumotlarni to’plab uslubiy qo’llanma tayyorlashni maqsad
qilib qo’ydik.
Amerikalik taniqli matematik va dasturchi Donald Knuth tomonidan Tex
dasturi yaratildi. Bu dasturni yaratishda Knut o’z oldiga shunday translyator
yaratishni maqsad qilib qo’ydiki, u har xil kompyuterlarda bir xil ishlashi kerak
edi. Leslie Lamport Tex bazasi asosida paketlardan foydalanib Latex dasturini
yaratdi.
Latex dasturi matematikaga doir ilmiy hujjatlarni juda yuqori darajada sifatli
qilib tayyorlash uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Kitob, o’quv qo’llanma,
ilmiy jurnallarni tayyorlashda ham juda katta imkoniyatlarga ega. Latexda
yaratilgan hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi va ularni qayta ishlash, tahrirlash
amallarini juda tez bajarish mumkin. Latex dasturi juda ko’pchilik kompyuterlarga
ishlaydi masalan IBM, Mac va boshqalar. Bundan tashqari juda ko’pchilik
sistemalarga ham ishlaydi masalan Windows, Unix, VMS va boshqalarni misol
keltirish mumkin. Bu dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi
o’rnatilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun biz birinchi bobni Latex dasturini
o’rnatish va uning imkoniyatlaridan foydalanishga bag’ishladik.
Latex dasturini o’rnatish uchun birinchi MikTex dasturini o’rnatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |