qavslar ichidagi formula o’lchami orasidagi farq juda katta.Bunday vaziyatlarda
qavs ichidagi formula bilan moslab olish uchun ochiluvchi qavsda \left, yopiluvchi
qavsda esa \right dan foydalaniladi.Yuqoridagi misolimizda bu buyruqlarni
yozish mumkin.\left va \right buyruqlarini nafaqat ( va ) ko’rinishdagi qavslarda
52
balki , boshqa bir necha ko’rinishdagi belgilarda ham ishlatish mumkin.Quyida
\left va \right buyruqlari yordamida o’lchami avtomatik o’zgaradigan belgilar
ro’yhati TEXdagi buyruq kodlari bilan keltirilgan:
Bu yerdagi \left\langle o’rniga \left< yozish mumkin.Xuddi shunday
\right\rangle o’rniga ham \right> yozish mumkin.Lekin boshqa vaziyatlarda < bilan
\langle bir ma’noda kelmaydi.Ayrim misollarda bitta qavs qatnashadi.Ularni
formulaga moslash uchun \left yoki \right buyruqlaridan keyin nuqta qo’yiladi,
bunda nuqta natijaviy sahifada ko’rinmaydi.Ikki va undan ortiq nuqtalar esa
natijaviy sahifaga chiqariladi.Masalan:
$$
M(f)=\left. \int\limits_a^b
f(x)\, dx\right/(b-a)
$$
Bu misoldagi \, buyrug’i f(x) va dx orasida bo’sh joy tashlaydi.Avtomatik
tarzda joy tashlanmaganligi sababli biz bu buyruqdan foydalanamiz.Yana bir
misol:
$$
\int\limits_a^b\frac12
(1+x)^{-3/2}=
\left.-\frac{1}{\sqrt{1+x}}
\right|_a^b
$$
53
Biz yuqorida ko’rib o’tgan misollarning barchasidan ko’rinib turibdiki, \left
va \right buyruqlari faqat qavslarni formulaga moslab beradi.Ayrim misollarda bu
buyruqlar yetarlicha qulayliklarga ega emasligi ko’rinadi.Masalan:
$\left| |x+1|-|x-1| \right|$
Bu misolda barcha modul belgilari bir xil bo’lganligi sababli,ularning qaysi
biri ichki modul va qaysi biri tashqi modul ekanligi bilinmaydi.Ajralib turishi
uchun asosiy modul belgisini balandroq qiliib yozish kerak.
Yana bir \left va \right ga doir misol:
$$
\left(
\sum_{k=1}^n x^k
\right)^2
$$
Bu misolda yig’indi formulasidagi qavslar juda baland yozilgan.Va albatta bu
ko’rinishga ta’sir qiladi.Mana shu muammolarni hal qilishda quyidagi Tex
buyruqlaridan foydalanish mumkin.Chap qavslar uchun \bigl , \Bigl , \biggl ,
\Biggl buyruqlaridan , o’ng qavslar uchun \bigr , \Bigr , \biggr , \Biggr
buyruqlaridan foydalanish mumkin.Bu buyruqlarning yozilish ham xuddi \left va
\right ga kabi.Masalan:
$ \Bigl| |x+1|-|x-1|\Bigr| $
Yig’indi haqidagi misolimiz esa quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
$$
\Bigl(
\sum_{k=1}^n x^k
\Bigr)^2
$$
54
Bu buyruqlardan foydalanganda qavslar shriftini avtomatik tarzda sinf va
unga mos xususiyatlarga ko’ra tanlaydi.Shuningdek hujjat yozuvi o’lchamiga mos
tarzda chiqaradi. Masalan:hujjat o’lchami 11pt yoki 12pt bo’lsa qavslarni ham
shunga mos tarzda qalinroq shriftda chiqaradi.O’lcham shrifti va o’lchamini
o’zgartirish uchun endi boshqa buyruqlardan foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: